Foydalanuvchi:Mirishkorlik/qumloq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Qadimgi dunyo davrida[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qarshi tarixining boshlanish davri miloddan avvalgi VIII—VII asrlarga borib taqaladi. Yaʼni ushbu davrda hozirgi Qarshi shahridan 5 km shimolda joylashgan Yerqoʻrgʻon xarobalari oʻrnida Nikshapa shahar-qal’asi paydo boʻlgan. Oʻsha paytda ushbu qal’a-shahar butun janubiy Soʻgʻdning poytaxti vazifasini bajargan. Shahar-qal’asi ikki qator mustahkam devor bilan oʻralgan boʻlgan. Uning birinchi devori miloddan avvalgi VI asrlarga taaluqlidir. Makedoniyalik Aleksandr bosqinidan soʻng qal’ada ikkinchi devor barpo etilgan. Ushbu devor qal’aning tashqi himoyaviy devori vazifasini bajargan.

Shahar markaz vazifasini bajargan shu sabali bu yerda hukmdor saroyi, shahar ibodatxonasi, maqbara boʻlgan. Shaharda kulollar, temirchilar mahallalarida hunarmandchilik rivojlangan. Shahar-qal’ada birinchilardan boʻlib ikki qavatli zardushtiylar dahmasi qurilgan, chunki oʻsha davrda Soʻgʻdda asosiy eʼtiqod qilinadigan din — zardushtiylik dini boʻlgan. Ushbu dahma qadimgi sharq meʼmorchilik uslubida qurilgan. Miloddan avvalgi III asrlarda bu yerda 10 metr uzunlikdagi piramida shakliga ega boʻlgan maqbara qurilgan. Ushbu maqbara Surx Koʻtaldagi maqbaraga oʻxshash tarzda qurilgan. Shaharda tasvirli muhrlar ham muomalada boʻlgan. Masalan bu yerda miloddan avvalgi V asrlar etrusklari madaniyatiga xos boʻlgan muhrlar shular jumlasidandir. Yana bu yerda bundan tashqari turli ilohlar, hukmdorlar, zodagonlar, qahramonlar tasvirlangan miniatyura asarlari ham topilgan.

1999-yilning kuzida Yerqoʻrgʻondan miloddan avvalgi VIII—VII asrlarga oid balandligi 3 metrdan ortiq devor qoldiqlari topilgan ushbu devor miloddan avvalgi VI asrlarda qurilgan devorga parallel qilib qurilgan. Yaʼni ushbu devordan soʻng miloddan avvalgi VI asrda qurilgan devor koʻtarilgan.

Yuqorida taʼkidlanganidek zardushtiylik asosiy din boʻlgan bu shaharda miloddan avvalgi II asrda zardushtiylikning ilk dahmalaridan biri qurilgan. Avval foydalanilib koʻp oʻtmay koʻmib tashlangan.

Qazishmalar davomida III—VI asrlarga taaluqli maʼbuda haykalining boʻlaklari topilgan. Oʻsha paytda ushbu maʼbuda shahar va uning atrofidagi viloyat homiysi boʻlgan. Haykal siniqlari bilan birgalikda yana Silen tasviri va qurbaqa haykalchasi, qoʻrgʻoshin qorishmasidan quyib tayyorlangan, ilon shakli, bir qancha bronza koʻzgu va oltindan tipratikan shaklida yasalgan chogʻroq kulon topilgan.