Yerqoʻrgʻon

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Yerqoʻrgʻon — qad. shahar harobasi (mil. av. 9—8-asrlar — mil. 6-asr). Qarshi sh.dan 10 km shim.da joylashgan. Tarixiy manbalarda Baxl, Bolo, Valaam, Nashebolo deb tilga olingan. Ye.da dastlab Turkiston arxeologiya havaskorlari toʻgaragi aʼzolari (L. I. Zimin, I. Kastanye), keyinchalik arxeologlar A. I. Terenojkin (1946), S. K. Kabanov (1946—72 tanaffus b-n), Ya. Gʻulomov (1959—64), M. Ye. Masson (1963—64) tekshirishlar olib borgan. 1973 y.dan Oʻzbekiston FA Arxeologiya institutining Qashqadaryo ekspeditsiyam kazish ishlari olib boradi. Ye. harobasi kalʼa va shahristondan iborat boʻlib, umumiy mayd. 150 ga, burjlar bilan mustahkamlangan 2 qator mudofaa devori bilan oʻralgan. Ichki devori (bal. 8 m gacha) beshburchak tarxli boʻlib, taxminan 40 ga maydonni uragan atrofi xandaq boʻlgan. Unda qalʼa, saroy majmuasi, ibodatxona, kulollar mahallasi, turar joylar va b. joylashgan. Kulollar mahallasidan bir necha xona, ustaxona qazib ochilgan, uning tagidan eng qad. mudofaa devori krldikdari topildi (mil. av. 8—7-asrlar). Ibodatxona sella (sajdagoh), bir necha kichik xona hamda ayvondan iborat boʻlgan. Shahar ikkinchi qator devorlari ichidan daxma, maqbara, temirchilar mahallasi kavlab oʻrganilgan. Qazish vaqtida sopol idish (xum, xumcha, hoʻqacha, kosalar, tova, qozon, togʻora, qadah va b.), diniy marosimlarda ishlatiladigan asboblar, maʼbudalarning sopol haykalchalari, Naxshab tangasi (3—6-asrlar), sugd yozuvi namunalari, muxr nusxasi topilgan.

Adabiyot[tahrir]

  • Isamiddinov M. X., Suleymanov R. X., Yerkurgan, T., 1984;
  • Suleymanov R. X., Drevniy Naxshab, T., 2000.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. Rustam Sulaymonov. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil