Foydalanuvchi:Gavhar Sharofiddinovna/Marrakesh muzeyi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
{{{nomi}}}
Joylashuvi {{{joylashuvi}}}
Location Marokash






Marrakesh muzeyi (arabcha: متحف مراكش) - Marokashdagi Marrakech shahrining eski markazida joylashgan tarixiy saroy va muzey. O'zining diqqatga sazovor arxitekturasidan tashqari, muzey, turli xil tarixiy san'at obyektlari, shuningdek, mahalliy hamda zamonaviy san'at asarlari kabi [1] [2] to'plamlari bilan mashhur.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Muzey Dar Mnebhi ( arabcha: دار منبهي ) saroyida joylashgan bolib‎, XX-asr boshlarida Mehdi al-Mnebhi [3] [4] tomonidan qurilgan. Al-Mnebhi Mnabha qabilasidan bo'lgan va 1900-yildan 1908-yilgacha Sulton Moulay Abd al-Aziz davrida harbiy vazir bo'lib, Sultonning sevimli vaziri o'rnini egallagan. Al-Mnebhaning Fesdagi Mnebha saroyi kabi boshqa inshootlari ham bo'lgan.Uning Marrakeshdagi saroyi keyinchalik, Fransiya nazoratidagi janubiy Marokkoning avtokratik hukmdori Pasha Tami El-Glaui oilasi tomonidan egallab olingan. Bu vaqt ichida al-Mnebhi Marokashdan tashqarida edi va Londonda elchi bo'lib ishlagan. 1956-yilda Marokash mustaqilligi tiklangach, saroy davlat mulkiga oʻtgan, 1965-yilda esa qizlar maktabiga aylantirilgan. Bir muncha vaqt qarovsiz qolgandan so'ng, saroy Umar Benjelloun fondi tomonidan keng qamrovli ta'mirlandi va 1997 yilda muzeyga aylantirildi.

Arxitektura[tahrir | manbasini tahrirlash]

Saroy XIX-asr oxiri va XX-asr boshlarida Marokash arxitekturasi namunasi boʻlib, oʻsha davrda badavlat elita tomonidan qurilgan koʻplab saroylardan biri edi[3]. Saroy katta markaziy hovlidan iborat boʻlib, u dastlab daraxtlar ekilgan ochiq bogʻ [3] boʻlgan, ammo bugungi kunda toʻliq asfaltlangan va ustki qismi tom bilan qoplangan. Hovli markazida bir nechta favvoralar joylashgan, ularning yon tomonida yopiq galereyalar va devor favvoralari mavjud. Ular rangli zellige koshinlari hamda bo'yalgan va o'yilgan sadr yog'ochlari bilan bezatilgan. Qolaversa, hovlining oʻrtasiga dekorativ geometrik va arab naqshlari bilan bezatilgan mis parchalaridan iborat ulkan qandil oʻrnatilgan. Turli xonalar ichki hovlidan ajralib turadi, jumladan, ba'zi xonalar yog'och va shlyapa bilan yanada hashamatli bezatilgan. Saroy tomida menzeh (pavilon) li ayvonlar bo'lib, u yerdan shaharni ko'rish mumkin bo'lgan. Bundan tashqari, saroyda katta saroylarga xos boʻlgan koʻplab xonalar, masalan, oshxona va hamam (hammom) boʻlgan, ular bir-biridan oʻziga xos gumbazli va joylar bilan ajralib turgan [3] [1] [2].

Muzey kolleksiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Marrakesh muzeyida qurollar, gilamlar, kiyim-kechaklar, Fez kulolchilik buyumlari, berber zargarlik buyumlari, kabi Marokashning turli mintaqalaridan an'anaviy san'at buyumlarining boy to'plami mavjud. Muzeyda zamonaviy san'at ko'rgazmalari, shuningdek, oshxona va hammom mavzusidagi boshqa tadbirlar o'tkaziladi. Ba'zan muzey binosida teatrlashtirilgan tomoshalar va konsertlar beriladi [5] [1] [6] [2] [7] [8].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 1,2 „Musée de Marrakech | Marrakesh, Morocco Attractions“ (en). Lonely Planet. Qaraldi: 2022-yil 25-iyul.
  2. 2,0 2,1 2,2 The Rough Guide to Morocco, 9th, Rough Guides, 2010 — 359 bet. ISBN 9781848369771. 
  3. 3,0 3,1 3,2 3,3 Wilbaux, Quentin. La médina de Marrakech: Formation des espaces urbains d'une ancienne capitale du Maroc. Paris: L'Harmattan, 2001 — 290–291 bet. ISBN 2747523888. 
  4. "Le quartier ibn Yūsuf". Bulletin du patrimoine de Marrakech et de sa région. March 2019. https://www.academia.edu/39197821. 
  5. Historique — Expositions — Plan du musée (information plaque posted near entrance of the museum)
  6. „Marrakech Museum - Opening Hours, Price and Location in Marrakech“ (en). www.introducingmarrakech.com. Qaraldi: 2022-yil 25-iyul.
  7. „Guide | Marrakech : Le musée de marrakech“. www.espace-maroc.com. Qaraldi: 2022-yil 25-iyul.
  8. Guide du Routard: Marrakech – Montagnes du Haut Atlas et Essaouira. Hachette Tourisme, 2020 — 132 bet. ISBN 9782017868958. 

[[Turkum:Afrika davlatlari]] [[Turkum:Marokash Qal'alari]] [[Turkum:Saroy-muzeylar]]