Foydalanuvchi:Diwikiped/qumloq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Fil
Qazilma davri: Pleystotsendan–hozirgacha
Tanzaniyaning Mikumi milliy parkidagi Afrika buta fillarining urg'ochi vakili
Biologik klassifikatsiya
Domen: Eukariotlar
Olam: Hayvonlar
Tip: Xordalilar
Sinf: Sut emizuvchilar
Turkum: Xartumlilar
Katta oila: Elephantoidea
Oila: Fillar
Tirik fil turlarining taqsimlanishi
Tirik fil turlarining taqsimlanishi
Ostturlar


Fargʻona qizi — ilk bor 1948-yil taqdim etilgan sovet ijtimoiy dramatik filmi. U rejissyor Nabi Gʻaniyev boshchiligida surʼatga olingan va „Toshkent kinostudiyasi“da ishlab chiqarilgan.

Film ssenariysi Nabi Gʻaniyev va Miyail Melkumovga tegishli boʻlib, unda fargʻonalik qiz Dilbarning orzu-kechinmalari va bu yoʻldagi bosib oʻtgan maʼlum yoʻli hikoya qilinadi. Film premyerasi dastlab 1948-yil 24-dekabrda Rossiyaning Moskva shahrida boʻlib oʻtadi.

Fargʻona qizi filmi bir necha marta tanqidlarga ham uchragan. Film, shuningdek, o‘zbek kino ijodkorlarining urushdan keyingi yillarda zamonaviy mavzularda olingan ilk ijodiy izlanishi edi.

Syujeti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Film syujetida fargʻonalik kolxozchi qiz – Dilbarning ruhiyatida sodir boʻlgan oʻzgarishlar hikoya qilinadi. Dastlabki kadrdan boshlab u yirik planda koʻrinadi. Mayda oʻrilgan sochlar ustidan iroqi doʻppi kiygan qahramon rolini aktrisa Yulduz Rizayeva ijro etadi. Bu qizning orzusi – kolxoz raisi boʻlgan onasiga „Oltin yulduz“ medali topshiriladigan teatr binosiga kirish va tantanada ishtirok etish edi. Biroq Dilbarga bilet topilmaydi. Mashinada onasi bilan Toshkentga kelgan Dilbar shaharning goʻzalligini koʻrib, havasini yashirmaydi.

Zavodda injener boʻlib ishlaydigan akasi Sobirjon va onasi Jamol opa tantanali kechaga kirib ketishganidan so'ng, Dilbarning ruhiyatida katta oʻzgarish roʻy beradi. U orden va medallar bilan taqdirlangan ayollarga havas qilib, ularday boʻlishni orzu qiladi.

Film davomida paxta dalalarida yosh-u qari birdek koʻtarinki kayfiyat bilan mehnat qilayotgani aks etadi. Dilbarning otasi Jabbor ota nomdor paxtakor bo'lib, uning rafiqasi Jamol opa shu kolxozda rais bo'lib ishlaydi. Kichik bir sabab tufayli Jabbor ota xotinidan arazlaydi. Uning ustiga, majlisda Dilbar dadasining brigadasidan chiqishini, oʻzi alohida yangi yer olib, mashinalar yordamida xirmon koʻtarmoqchiligini aytadi. Qizi va rafiqasini toʻgʻri tushunmagan Jabbor ota uydan bosh olib ketadi. Film soʻngida esa Jabbor ota qilgan xatosini tushunib, uyiga va kolxozga qaytadi. Dilbar esa film boshida oʻzi orzu qilganidek, Toshkentdagi onasi taqdirlangan oʻsha teatrda „Sotsialistik mehnat qahramoni“ unvonini oladi[1].

Rollarda[tahrir | manbasini tahrirlash]

• Yulduz Rizayeva — Dilbar (bosh qahramon) • Asad Ismatov — Jabbor ota • Xadicha Ismatova — Jamol opa • Rahim Pirmuhamedov — Polvon • Maxsum Yusupov — Olimjon (agronom) • Gʻulom Aʼloyev — Sobir

Suratga olish guruhi[tahrir | manbasini tahrirlash]

• Rejissyor — Nabi Gʻaniyev • Ssenariy mualliflari — Nabi Gʻaniyev, Miyail Melkumov • Operator — Vasiliy Simbirtsev • Kompozitor — Aleksey Kozlovskiy • Rassom — Valentin Sinichenko

  1. Shohida Eshonboboyeva. „Kecha urilgan “Fargʻona qizi” bugun ham kaltak ostida – bir film tarixi“. Oyina.uz (2024-yil 29-fevral). Qaraldi: 2024-yil 22-mart.