Kontent qismiga oʻtish

Valentin Sinichenko

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Valentin Sinichenko
Tavalludi 15-fevral 1914
Vafoti 29-iyun 1976
Fuqaroligi SSSR

Valentin Emmanuilovich Sinichenko (1914.15.2, Odessa 1976.29.6, Toshkent) — kino rassomi, Oʻzbekiston xalq rassomi (1965). Odessa rassomlik institutining tasviriy sanʼat studiyasini tugatgan (1937). 1941-yildan Toshkentda. Toshkent kinostudiyasi (1958-yildan „Oʻzbekfilm“)da rassom, postanovkachirassom, bosh rassom (1964—76). S.ning dastlabki mustaqil ishi — „Qutlugʻ qon“ filmi (1956). Kino i.ch. texnikasini mukammal egallagan S. zamon, davr ruhini hamda voqeahodisalarning taʼsirchanligini oshirish, rejissyor maqsadini kadrda aniq ifoda etish, hayotiy muhitni koʻlamli, ishonarli tuzish imkoniga ega boʻlgan: „Furqat“ (1959), „Samolyotlar kuna olmadi“ (1963), „Fidoyi“ (1966), „Ikki dil dostoni“ (1966), „General Rahimov“ (1968), „Falokat oyoq ostida“ (1971), „Ikki soldat haqida qissa“ (1976) va boshqa Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1977).