Foydalanuvchi:Dilamour/qumloq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Webster universiteti Toshkent filiali[tahrir | manbasini tahrirlash]

Webster universiteti Missuri shtatining Webster Groves shahridagi asosiy kampusiga ega xususiy universitet bo’lib, uning Amerika Qo'shma Shtatlari, Yevropa, Osiyo va Afrika mamlakatlarida bir nechta kampuslari mavjud[1]. Universitetning Toshkentdagi filiali 2018—2019-o’quv yilida o’z faoliyatini boshladi[2]. 2019-yil avgust oyida universitet Alisher Navoiy shoh ko‘chasi manzilidagi rekonstruksiya qilingan binoga ko‘chdi.

Mavjud ta’lim dasturlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Webster universiteti Toshkent filiali quyidagi yo'nalishlar bo'yicha bakalavriat ta'lim dasturlarini taqdim etadi[3]:

  1. BS Business Administration — biznes boshqaruvi (bunda bitiruvchilar o'z bizneslarini boshqarishlari, kompaniyalarda boshqaruv lavozimlarini egallashlari va loyihalarni boshqarishlari mumkin. Talabalar biznesda keng tarqalgan turli muammolarni hal qilish uchun tahliliy vositalar va jarayonlardan foydalanadilar);
  2. BA Economics — iqtisod (bunda bitiruvchilar bank, moliya, sug'urta, davlat sektorlarida ish topishlari mumkin. Talabalar resurslarni ishlab chiqarish, taqsimlash va iste'mol qilishni belgilovchi omillarni o'rganadilar. Ular siyosat o'zgarishlarining iqtisodiyotga qanday ta'sir qilishini tushunadilar, global iqtisodiyot bo'yicha kuchli bilim bilan birga analitik fikrlashni rivojlantiradilar);
  3. BA Media Communications — media kommunikatsiyalari (bunda bitiruvchilar kommunikatsiya zarur bo‘lgan har qanday joyda – yirik kompaniyalarda marketing bo‘limlarida, matbuot xizmatlarida, ommaviy axborot vositalarida, reklama agentliklarida ishlashlari mumkin); Websterda talabalar jamoatchilik bilan aloqalarga strategik yondashuv, maqsadli kontent yaratish va axborotni tanqidiy tahlil qilish bilan bog'liq ko'nikmalarga ega bo'ladilar.
  4. BA International Relations — xalqaro munosabatlar (bunda bitiruvchilari xalqaro tashkilotlarda, yirik kompaniyalarda ishlash malakasiga ega bo’ladilar. Talabalar xalqaro boshqaruv institutlari o‘rtasidagi murakkab munosabatlarni o‘rganadilar, jahon mamlakatlari va xalqaro birlashmalarning ichki va tashqi siyosatiga ta’sir etuvchi huquqiy, tarixiy, ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy omillarni tahlil qiladilar); Webster talabalari, shuningdek, jahon hamjamiyatining dinamikasi, strukturaviy xususiyatlari va gumanitar muammolarini o'rganadilar.

Quyidagi magistratura mutaxassisliklari ham taqdim etiladi:

  1. MBA — biznes boshqaruvi;
  2. MBA — loyihalarni boshqarishga e'tibor qaratilgan biznes boshqaruvi;
  3. MA Media Communications — media kommunikatsiyalari;
  4. MA Ingliz tilini ikkinchi til sifatida o'qitish — ingliz tili o'qituvchilarini tayyorlash dasturi.

O’qitish tizimi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Universitet ta’lim jarayonlariga akademik direktor John Grenjer va ijrochi direktor Rasul Rahmonov boshchilik qiladi[4]. Shuningdek, o’quv dasturlari orasiga “Xalqaro munosabatlar” va “Axborot texnologiyalari” kabi yo‘nalishlar bo‘yicha bakalavriat va magistratura yo‘nalishlarini qo’shish rejalashtirilgan. Webster universiteti Toshkent filialida bugungi kunda bakalavriat va magistratura ta’lim darajasida ja’mi 550 nafar talaba tahsil olmoqda[5]. Filial yiliga ikki marta talabalarni qabul qiladi. Shu tartibda, qabul qilingan guruhlar avgust yoki yanvar oyida o'qishni boshlaydilar.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Webster universitetining Toshkent shahridagi filiali O’zbekiston Prezidentining 2019-yil 20-martdagi qarori bilan tashkil etilgan[6]. Hujjat bilan Toshkent shahridagi Webster universitetida Ta’lim dasturlarini amalga oshirish markazi tashkil etildi. Markaz ta’sischilari Webster universiteti (AQSh) hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligidir.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • www.webster.edu/uzbekistan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Study Abroad Programs | Webster University“. www.webster.edu. Qaraldi: 2020-yil 3-avgust.
  2. „Tahkent hosts Webster university’s oficcial opening ceremony“.
  3. „WEBSTER UNIVERSITY EDUCATIONAL PROGRAMS CENTER TO BE CREATED IN TASHKENT“.
  4. „TDPU va Vebster universitetlari hamkorligida onlayn seminar tashkil etildi“.
  5. „Webster University Tashkent Achieves Record Enrollment Growth“.
  6. „TOSHKENT SHAHRIDA VEBSTER UNIVERSITETINING TA’LIM DASTURLARINI AMALGA OSHIRISH MARKAZINI TASHKIL ETISH TO‘G‘RISIDA“.