Kontent qismiga oʻtish

Foydalanuvchi:Bintu Zoir/qumloq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
„Defektolog Dilorom Jabborova“ning sud ishi
Soha jinoyat ishi
Oʻtkazilgan joyi Toshkent shahar Yunusobod tumani sudi[1].
Boshlanish sanasi 2024-yil 27-fevral[2].


Defektolog Dilorom Jabborovaning sud ishi[3]— ijtimoiy tarmoqlarda o‘zini defektolog, duduqlanib gapiradigan bolalarni davolovchi mutaxassis sifatida tanitib faoliyat yuritib kelayotgan Dilorom Jabborova ustidan ochilgan jinoiy ish[4].

Logoped Dilorom Jabborova 2023-yil dekabr oyida Jizzax shahrida o‘tkazilgan seminarda ishtirok etib,seminar davomida bir bolani qo‘rqitish, tahqirlash bilan davolamoqchi bo‘layotgani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib ketib ko‘pchilikning e’tirozlariga sabab bo‘ldi[5][6]. Ushbu holat xorijlik mutaxassislarni ham befarq qoldirmadi. Xususan, Rossiyadagi nutq markazlari tarmog‘i rahbari, 40 yildan buyon shu sohada faoliyat yuritib kelayotgan Natalya Shutova bunday kishilarni “shamanlar” deya atadi. Qolaversa, O‘zbekistonda defektologiya sohasining yetakchilaridan biri hisoblangan Ubayda Fayziyeva ham - Biz Rossiyadan qolishmaydigan darajada tajribaga egamiz, logopedlarimiz juda katta yutuqlarga erishayapti.Bolalarni bunday yo‘l bilan davolash usuli esa fanda mavjud emas, bu kabi usullar bolani battar nogiron qilib qo‘yishi mumkin deya fikr bildirgan[7].

Defektolog Dilorom Jabborova orada bir muddat ish faoliyatini to'xtatib,biroz vaqt o'tib yana davom ettirdi. Jizzax viloyatida tashkillashtirilgan treninglari endilikda respublikamizning boshqa bir qator viloyatlarida ham bir necha kunlab o‘tkazilayotgani, hatto qo‘shni respublikalarda ham yaqin kunlarda shunday treninglar rejalashtirilganligi ma'lum bo'ldi. Bolalar ombudsmani bu haqda xabar berdi[8]. Biroq bu faoliyatni o‘rganishni o‘z nazoratiga olgan Bolalar ombudsmani kiritgan so‘rov asosida Dilorom Jabborovaning ish uslubiga ilmiy va kasbiy baho berish uchun defektolog va logopedlardan iborat ishchi guruh tuzildi. Ularning tekshiruvlariga ko'ra, pedagogning ish usuli mutlaqo ilmiy asoslanmagan, murakkab duduqlanish muammosiga tor va ibtidoiy yondashuvda ekani, duduqlanishni bartaraf etishda qo‘llayotgan ruhiy va jismoniy zo‘ravonlik usulari bolalarning sog‘lig‘i va tarbiyasiga jiddiy zarar keltirishi hamda pedagogika qoidalariga butunlay zid ekanligi aniqlandi. Uning bolani so‘kinish va qo‘rqitish usulida davolash holati ilmiy asoslanmagan hamda pedagogika qoidalariga zid ekanligi aniqlanib, odamlarni aldash va ishonchini suiiste’mol qilishda ayblanib, firibgarlik bo‘yicha jinoiy ish ochildi[9][10].

2024-yilning 27-fevral kuni jinoyat ishlari boʻyicha Yunusobod IIO FMB tergov bo‘limi tomonidan jinoyat ishi yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borildi[11][12][13]. Dilorom Jabborovga nisbatan Jinoyat-protsessual kodeksining 168-moddasi 1-qismi (Firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan[14][15]. Surishtiruv ishlari davpmida Dilorom Jabborovaning bolalar duduqlanishi muammosiga oid har qanday faoliyat bilan shug‘ullanishi to‘xtatilishi kerakligi aytilib, u bu kabi xizmat ko‘rsatishni qayta davom ettirmaslik yuzasidan tegishli tartibda ogohlantirilgan[16].

  1. „Defektolog Dilorom Jabborovaning sud ishi“. https://www.gazeta.uz. Gazeta.uz. Qaraldi: 2024-yil 20-iyul.
  2. „Defektolog Dilorom Jabborovaning sud ishi“. https://kun.uz. Kun.uz. Qaraldi: 2024-yil 20-iyul.
  3. „Defektolog Dilorom Jabborovaning sud ishi“. https://www.gazeta.uz. Gazeta.uz. Qaraldi: 2024-yil 20-iyul.
  4. „Defektolog Dilorom Jabborovaning sud ishi“. https://kun.uz. Kun.uz. Qaraldi: 2024-yil 20-iyul.
  5. „Defektolog Dilorom Jabborovaning sud ishi“. https://qalampir.uz. Qalampir.uz. Qaraldi: 2024-yil 20-iyul.
  6. „Defektolog Dilorom Jabborovaning sud ishi“. https://www.gazeta.uz. Gazeta.uz. Qaraldi: 2024-yil 20-iyul.
  7. „Defektolog Dilorom Jabborovaning sud ishi“. https://kun.uz. Kun.uz. Qaraldi: 2024-yil 20-iyul.
  8. „Defektolog Dilorom Jabborovaning sud ishi“. https://kun.uz. Kun.uz. Qaraldi: 2024-yil 20-iyul.
  9. „Defektolog Dilorom Jabborovaning sud ishi“. https://kun.uz. Kun.uz. Qaraldi: 2024-yil 20-iyul.
  10. „Defektolog Dilorom Jabborovaning sud ishi“. https://kun.uz. Kun.uz. Qaraldi: 2024-yil 20-iyul.
  11. „Defektolog Dilorom Jabborovaning sud ishi“. https://www.gazeta.uz. Gazeta.uz. Qaraldi: 2024-yil 20-iyul.
  12. „Defektolog Dilorom Jabborovaning sud ishi“. https://qalampir.uz. Qalampir.uz. Qaraldi: 2024-yil 20-iyul.
  13. „Defektolog Dilorom Jabborovaning sud ishi“. https://www.gazeta.uz. Gazeta.uz. Qaraldi: 2024-yil 20-iyul.
  14. „Defektolog Dilorom Jabborovaning sud ishi“. https://uzreport. Uzreport. Qaraldi: 2024-yil 20-iyul.
  15. „Defektolog Dilorom Jabborovaning sud ishi“. https://www.gazeta.uz. Gazeta.uz. Qaraldi: 2024-yil 20-iyul.
  16. „Defektolog Dilorom Jabborovaning sud ishi“. https://uzreport. Uzreport. Qaraldi: 2024-yil 20-iyul.