Defektologiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Defektologiya (lot. defectus -nuqson va ...logiya) — jismoniy va ruhiy nuqsonli bolalar rivojlanishining psixofizik xususiyatlarini oʻrganish, ularga maxsus taʼlim-tarbiya berish, undagi nuqsonlarni yoʻqota borish qonuniyatlarini oʻrganuvchi fan. Koʻr va koʻzi ojiz, kar va qulogʻi ogʻir, aqli zaif, tayanch-harakat appa-ratida nuqsoni bor, nutq kamchiligiga ega boʻlgan bolalar D. fani obʼyek-tidir. Shunga koʻra D. 4 alohida sohaga boʻlinadi: surdopedagogika (kar va qulogʻi ogʻir bolalarni oʻqitish, tarbiyalash usullarini oʻrganadi), tiflopedagogika (koʻr va koʻzi ojiz bolalarni oʻqitish va tarbiyalash masalalarini tadqiq etadi), oligofrenopedagogika (akli zaif bolalarni oʻqitish va tarbiyalash qonuniyatlarini ishlab chiqadi), logopediya (nutq kamchiliklari boʻlgan bolalarni oʻqitish hamda tarbiyalash nazariyasi va amaliyoti bilan shugʻullanadi). Dastlab surdopedagogika va tiflopedagogika paydo boʻlgan (1770 y. karlar uchun Ispaniyada, 1784 y. koʻrlar uchun Parijda maxsus muassasa ochilgan). Keyinchalik logopediya va oligofrenopedagogikaga asos solingan. Nuqsonli va psixofizik kamchiligi bor bolalarning ruhiy qonuniyatlarini oʻrganuvchi maxsus psixologiya, shuningdek, taʼlimtarbiya berish, nuqsonlarni tuzatish, tiklash vositalarini ishlab chiquvchi surdotexnika va tiflotexnika ham D.ga kiradi. D. anatomiya, fiziologiya, patofiziologiya, nevrologiya, nevropatologiya, eshitish, koʻrish va nutq pa-tologiyasi, maktab gigiyenasi, umumiy va pedagogik psixologiya, ped., til-shunoslik, bolalar psixologiyasi va b. fanlar bilan uzviy bogʻlangan. D.ning asosiy vazifasi nuqsonli bolalarni aniklash, tashhis usullarini ishlab chiqish, ular uchun maxsus va mujassamlashtirilgan taʼlimtarbiyani tashkil etish, aqliy va jismoniy kamchiliklarni yoʻqotish vositalarini izlab topish, amalda qoʻllash, ularni hayotga tayyorlash, ijtimoiy foydali insonlar qilib yetishtirishdan iborat.

Oʻlkamizning buyuk alloma, shoir va mutafakkirlari, xususan Ibn Sino, Forobiy, Yusuf Xos Hojib, Navoiy, Amir Temur va b. D.ni izchil va atroflicha muayyan yoʻnalishda oʻrganmagan boʻlsalar ham, oʻz asarlarida defektologik holatlarning aks etishi, namoyon boʻlishi, rivojlanishi, oʻzgarishlari toʻgʻrisida qimmatli fikrlar bildirishgan. Oʻzbekistonda D.ning ilmiy-nazariy, metodik va amaliy tadqiqrtlari bilan G. Sh. Aytmetova, Ye. D. Gordiyenko, L. R. Moʻminova, R. Shomaxmudova, Gʻ. Shoumarov va b. shugullangan. Jismoniy va ruhiy nuqsonli bolalarni jamiyatga foydali kishilar qilib tarbiyalash uchun Oʻzbekistonda maxsus maktabgacha tarbiya muassasalari, maxsus maktablar, maxsus internat maktablar mavjud. Toshkent pedagogika universitetinnng ped. va defektologiya fakultetida maxsus maktab va muassasalar uchun defektolog kadrlar tayyorlanadi (1967 y.dan).

Lola Moʻminova.

Adabiyot[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil