Foydalanuvchi:Azizbek9220/Fatalist

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Fatalist[tahrir | manbasini tahrirlash]

taqdirga ishonuvchi, taqdir, peshonaga yozilgani, qismatga bitilgani sodir bo‘ladi deb xisoblaydi, fatalistlar (tarix fanida) - voqyealar sodir bo‘lishi muqarrar, uni muhokama qilish maqsadga muvofik emas deb xisoblovchilar. Fatalistlarning fikricha, tarix o‘zining avvaldan ma'lum yo‘lida g‘ildirab kelaveradi, unda hamma narsa qonuniy va zaruriy, inson esa shiddat bilan sodir bo‘layotgan bu jarayonda mayda va arzimas payrahadir (ya'ni inson tarixiy jarayonning sodir bo‘lishida hyech qanday rol o‘ynamaydi va unga ta'sir ko‘rsata olmaydi) deb xisoblaydilar.

Fatalizm[tahrir | manbasini tahrirlash]

(lotincha. fatalis — taqdirga oid) — hamma voqealarning azaldan belgilab qoʻyilganligi toʻgʻrisidagi taʼlimot; mavx.um taqdirga (antik stoitsizm), "peshonaga yozilgan" taqdiri azalga (islom va boshqadinlar) ga ishonish. Fatalist narsa va hodisalarning rivojlanishi, shu jumladan, insonning hayoti va oldindan belgilanganligi va binobarin, yangi imkoniyatlarning paydo boʻlishini inkor etadi. Falsafa tarixida Fatalistni iroda erkinligi qanday hal qilinganligiga qarab 3 asosiy turga ajratish mumkin: mifologik Fatalist. — irodani aqldan tashqarida, "qorongʻi taqdir" deb qaraydi; teologik Fatalist. — takdir xudo qudratiga bogʻliq, inson tugʻilishidan oldin uning kim boʻlishi, nimalar qilishi peshonasiga yozib qoʻyilgan deyiladi. Bu nazariya kalomnint eng muhim aqidalaridan hisoblanadi, u kalvinizm va yansenizmda oʻzining izchil ifodasini topgan; ratsionalistik Fatalist. (mexanistik determinizm bilan qoʻshiluvchi) — tasodifni va inson irodasi azaliy takdirning zarur sharti deb qaraydi. Uning namoyandalari (pifagorchilar, Demokrit, Nitsshe va boshqalar) doiraviy aylanishning muayyan davrasida voqealar mutlaq takrorlanishini taʼkidlaydi.