Foydalanuvchi:Asadbek Soataliyev/Ishoq ibn Rahvayh

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Is’hoq ibn Rohavayh

“Shayx al-Mashriq Is’hoq ibn Rohavayh” (arab xattotligida)
Unvoni Amir al-moʻminin fil-hadis[1]
Shaxsiy maʼlumotlar
Tavalludi

161-hijriy sana

Marv,  (milodiy 777–778)[2]
Vafoti

Sha’bon, 238-hijriy sana,

Nishopur (milodiy 852–853)[3]
Dini Islom
Era

Islomning oltin davri

(Ilk Abbosiylar davri)
Hudud Xuroson
Imom Asariy[4]
Asosiy qiziqish(lar)i Hadis[5], Tafsir[6], Fiqh[7]
Mashhur ish(lar)i Al-Musnad


Abu Ya’qub Is’hoq ibn Ibrohim ibn Maxlad al-Xanzaliy (أبو يعقوب إسحاق بن إبراهيم بن مخْلد الحنظلي), xalq orasida Isxoq ibn Rohavayh (إسحاق بن راهويه, 161–238 AH[2][3])) nomi bilan tanilgan, Xuroson imomi va faqihi boʻlgan.

Sufyon Savriy va Dovud Zohiriy bilan bir qatorda u “Lison al-arab” asarida “bir kishi choʻriga uylanib, undan farzand koʻrgan boʻlsa, u ham, bola ham ozod boʻladi va bolani qul qilib boʻlmaydi” degan fikrni ilgari surgan olim sifatida tilga olinadi. Bu oʻsha davrdagi aksariyat faqihlarning qarashlariga zid edi. U Ahmad ibn Hanbalning ilm oʻrganish uchun safarlarida hamrohlik qilgan doʻsti va shogirdi ham edi[8].

Ta’siri[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ibn Rohavayh Imom Buxoriyni hozirda “Sahihi Buxoriy” deb nomlanuvchi asarini yozishga ilhomlantirgan edi. Imom Buxoriy aytadi: “Ustozimiz Ishoq ibn Rohavayh: “Kimdir Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning sahih hadislari boʻyicha bir kitob yozsa”, dedilar. Bu mening yuragimda g‘alayon paydo qildi va men “Al-Jome’ as-Sahih” hadislarini to‘plashga kirishdim”[9].

Asarlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Is’hoq ibn Rohavayh tafsir, hadis va fiqhga oid quyidagi kitoblarni yozgan: [10]

* Al-Musnad (المسند)

  • Al-Jome’ al-Kabir (الجامع الكبير)
  • Al-Jome’ as-Sag’ir (الجامع الصغير)
  • Al-Musannaf (المصنف)
  • Al-Ilm (العلم)
  • At-Tafsir al-Kabir (التفسير الكبير): yoʻqolgan asar

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. أمير المؤمنين في الحديث
    Al-ʻAsqalānī, Aḥmad ibn ʻAlī Ibn Ḥajar. Fatḥ al-Bari sharḥ Ṣaḥīḥ al-Bukhārī — 6 bet. 
  2. 2,0 2,1 Ibn Rāhwayh, Isḥāq (1990), Balūshī, ʻAbd al-Ghafūr ʻAbd al-Ḥaqq Ḥusayn (muh.), Musnad Isḥāq ibn Rāhwayh (1st-nashr), Tawzīʻ Maktabat al-Īmān, 57–59-bet
  3. 3,0 3,1 Ibn Rāhwayh, Isḥāq (1990), Balūshī, ʻAbd al-Ghafūr ʻAbd al-Ḥaqq Ḥusayn (muh.), Musnad Isḥāq ibn Rāhwayh (1st-nashr), Tawzīʻ Maktabat al-Īmān, 208-bet
  4. Melchert, Christopher „Chapter 1: The Traditionalists of Iraq“,. The Formation of the Sunni Schools of Law, 9th-10th Centuries C.E. Koninklijke Brill, Leiden, The Netherlands: Brill Publishers, 1997 — 6 bet. ISBN 90-04-10952-8. 
  5. Ibn Rāhwayh, Isḥāq (1990), Balūshī, ʻAbd al-Ghafūr ʻAbd al-Ḥaqq Ḥusayn (muh.), Musnad Isḥāq ibn Rāhwayh (1st-nashr), Tawzīʻ Maktabat al-Īmān, 78–103-bet
  6. Ibn Rāhwayh, Isḥāq (1990), Balūshī, ʻAbd al-Ghafūr ʻAbd al-Ḥaqq Ḥusayn (muh.), Musnad Isḥāq ibn Rāhwayh (1st-nashr), Tawzīʻ Maktabat al-Īmān, 77–78-bet
  7. Ibn Rāhwayh, Isḥāq (1990), Balūshī, ʻAbd al-Ghafūr ʻAbd al-Ḥaqq Ḥusayn (muh.), Musnad Isḥāq ibn Rāhwayh (1st-nashr), Tawzīʻ Maktabat al-Īmān, 104–109-bet
  8. Ibn Rāhwayh, Isḥāq (1990), Balūshī, ʻAbd al-Ghafūr ʻAbd al-Ḥaqq Ḥusayn (muh.), Musnad Isḥāq ibn Rāhwayh (1st-nashr), Tawzīʻ Maktabat al-Īmān, 67–70-bet
  9. قال البخاري : كنا عند إسحاق بن راهويه فقال : لو جمعتم كتاباً مختصراً لصحيح سنة النبي صلى الله عليه وسلم . قال : فوقع ذلك في قلبي فأخذت في جمع الجامع الصحيح[manba kerak]
  10. Ibn Rāhwayh, Isḥāq (1990), Balūshī, ʻAbd al-Ghafūr ʻAbd al-Ḥaqq Ḥusayn (muh.), Musnad Isḥāq ibn Rāhwayh (1st-nashr), Tawzīʻ Maktabat al-Īmān, 211–215-bet