Foydalanuvchi:Abrortdshu/Gujarot saltanati

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Hindistonda 1396-yilda Gujarot saltanati paydo bo'ldi (1396-1572-yillar). Aslida bu saltanat Dehlidan 1377-yildayoq ajralgan edi. XIV asrning I yarmida uning poytaxti Sulton Ahmad shoh qurgan Ahmadobod shahri bo'lib, bu shahar vaqt o'tgani sari Hindistonning yirik iqtisodiy markazlaridan biriga aylandi.

Saltanat ichki tarixining muhim omillaridan biri mahalliy Rajput knyazlari bilan bo'lgan doimiy urushlar bo'lib, ular ko'pincha tashqaridan yordamga, aniqrog'i, Gujarot hukmdorlari bilan raqib bo'lgan Malva va Baxmaniylar sultonlariga tayanar edi.

Gujarot saltanati Mahmud Begar (1458-1511-yillar) hukmdorligi davrida eng yuksak taraqqiyot darajasiga erishadi. Bunda davlatning tashqi savdo aloqalarining gullab-yashnashi kuzatiladi. Gujarotning savdo jihatidan jozibadorligi Hindistonga intilgan yevropaliklar aynan shu hududda o'z faktoriyalarini barpo etadilar.

Gujarot mo'g'ullar imperiyasiga 1573-yilda qo'shib olinadi.

Manba[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Бойназаров Ф. Кадимги дунё тарихи. Дарслик. 2004
  2. Gʻofurov A. Hindiston.Fagʻona davlat universiteti.2009
  3. Lafasov M. Jaxon tapixi (1918-2008). T.. 2010