Bahmaniylar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Bahmaniylar – oʻrta asrlarda Hindistonda hukmronlik qilgan sulola. B. sulolasining asoschisi Hasan Zafarxon boʻlib, Abu Muzaffar Alouddin shoh nomi bilan taxtga chiqqan. Dastlab Gul-bargani, keyin (1429-yildan) Bidorni oʻziga poytaxt qilgan. B. davlati Dekan mulkdorlarining Dehli sultonligiga qarshi qoʻzgʻoloni natijasida vujudga kelib (1347), hukmronlik musulmon mulkdorlari qoʻliga oʻtdi va harbiy tu-zum joriy etildi. Yosh sultonlar Nizomshoh (1461 – 63) va Muhammadshoh Shning otalngʻi (regenti) va vaziri Mahmud Xovan davrida B. davlati anchagina qudratli edi. Mahmud Xovan asli Eron savdogarlaridan boʻlib, keyinchalik B. saroyida vazirlik darajasiga kutarilgan. Mulkdorlarniig oʻzaro ku-rashi, ayniqsa Vijayanagar davlati bilan doimiy urushib turishi natijasida B. zaiflashdi. 15-asr oxiri – 16-asrningboshida B. davlati Bijopur, Golkonda, Bidor, Bsror va Ahmadnagar sultonliklariga ajralib ketdi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil