Foruq Tojiyevich Sodiqov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Foruq Tojiyevich Sodiqov (1946.31.12, Toshkent) — dirijyor. Oʻzbekiston xalq artisti (1999). Toshkent konservatoriyasini xalq cholgʻulari ijrochiligi (1970) va operasimfonik dirijyorligi (1976) ixtisosliklari boʻyicha tugatgan. Mukimiy teatrida sozanda (1966—68), Toshkent konservatoriyasida pedagog (1969—91), T. Jalilov nomidagi Oʻzbekiston davlat akad. xalqcholgʻulari orkestrining badiiy raxbari va bosh dirijyori (1976 yildan), ayni paytda, Toshkent konservatoriyasi (1985 yildan) va Madaniyat institutida dotsent (1997 yildan), professor (2000 yildan). Dirijyor repertuaridan oʻzbek kompozitorlari (M. Ashrafiy, S. Yudakov, M. Leviyev, T. Qurbonov, M. Tojiyev va boshqalar) asarlari, xalq cholgʻulari orkestriga moslashtirilgan jahon (J. Bize, P. Sarasate, M. Glinka, P. Chaykovskiy, A. Borodin va boshqalarning) hamda oʻzbek mumtoz ("Girya", "Chuli Iroq", "Yovvoyi Chorgoh", "Beboqcha" kabi) asarlari urin olgan. S. rahbarligidagi orkestr ijrolari Oʻzbekiston, Tojikiston va boshqa mamlakatlar radio fonojamgʻarmalariga, 18 ta grammplastinkaga yozilgan. Sodiqov chet el (Rossiya, Qozogʻiston, Tojikiston va boshqalar) orkestrlariga dirijyorlik qilgan. Markaziy Osiyo davlatlari, Koreya, Fransiya va boshqa mamlakatlarda gastrolda boʻlgan. Sodiqov hayoti va ijodiga bagishlangan "Musiqiy palitra" (1983, "Oʻzbektelefilm" studiyasi) filmi suratga olingan.