Folklend urushi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish
Folklend urushi
Falklands, Campaign, (Distances to bases) 1982.jpg
Orollarning Buyuk Britaniya tomonidan qaytarib olinishi koʻrsatilgan xarita
Sanalar 1982-yil 2-aprel - 14-iyun
Joy Folklend, Janubiy Jorjiya, Janubiy Sandvich orollari, yaqin dengiz va havo hududlari
Natija Buyuk britaniya gʻalabaga erishdi
Raqiblar
 Birlashgan Qirollik  Argentina
Yoʻqotishlar
7 ming harbiylar (piyoda kuchlar)[1] 13 ming harbiylar (piyoda kuchlar)[2]

 

Folklend urushi (inglizcha: Falklands War, shuningdek, Malvin urushi, ispancha: Guerra de las Malvinas; 1982 yil 2-aprel — 14-iyun) — Argentina va Buyuk Britaniya oʻrtasidagi Janubiy Atlantikadagi ikkita Britaniya dengiz hududi : Folklend orollari, shuningdek Janubiy Jorjiya va Janubiy Sandvich orollari uchun oʻn hafta davom etgan urush. U 1982-yil 2-aprelda Argentinaning Folklend orollarini (ertasi kuni Janubiy Jorjiya va Janubiy Sandvich orollari) bosib olishi va oʻzi daʼvo qilgan suverenitetni oʻrnatishga urinishi bilan boshlandi. 5-aprel kuni Britaniya hukumati orollarga desant tushirish oldidan Argentina harbiy-dengiz kuchlari va havo kuchlariga hujum qilish uchun harbiy-dengiz kuchlarini yubordi. Toʻqnashuv 74 kun davom etdi va 1982-yil 14-iyunda Argentinaning magʻlubiyati bilan yakunlandi. Janglar davomida jami 649 nafar argentinalik va 255 nafar britaniyalik harbiy xizmatchi, shuningdek, Folklend orollarining uch nafar fuqarosi halok boʻldi.

Ikkala davlat ham rasman urush eʼlon qilmagan, ammo Britaniya va Argentina hukumatlari orollarni urush zonasi deb tasdiqlaganlar va davlatlar oʻrtasidagi urush va harbiy harakatlar deyarli faqat bahsli hududlar va orollar joylashgan Janubiy Atlantika bilan cheklanganligini rasman tan olgan.

Urush sabablari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Folklend orollari ikki marta kashf etilgan: 1690-yilda ingliz dengizchilari va 1694-yilda fransuzlar (fransuzlar ularni oʻz ona shahri San-Malo nomi bilan Malvin deb nomlashgan). 19-asr boshidan (mustaqillikka erishgandan keyin) Argentina bu orollarni oʻziniki deb hisoblagan. 1833-yilda Malvin orollarining Buyuk Britaniya tomonidan bosib olinishi Argentina aholisining noroziligiga sabab boʻlgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Fremont-Barnes G. The Falklands 1982: Ground operations in the South Atlantic (Osprey Campaign № 244), p. 20.
  2. Fremont-Barnes G. The Falklands 1982: Ground operations in the South Atlantic (Osprey Campaign № 244), p. 19.