Fogel

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Fogel
Robert Chernikin
Umumiy maʼlumot
Tavalludi 28-iyul 2001-yil (2001-07-28) (22 yosh)
Kashirskoye, Rossiya
Fuqaroligi Rossiya bayrogʻi Rossiya
Kasbi xonanda
Leybl

ACE MUSIC

Warner Music Russia
Janr hip-hop pop

Fogel (haqiqiy ismi: Robert Chernikin; 2001-yil 28-iyulda tugʻilgan, Kashirskoye) – rossiyalik qoʻshiqchi. Karyerasidagi birinchi katta xit 2019-yil 29-mayda chiqarilgan „MaIoletnyaya lyubov“ qoʻshigʻi boʻlgan[1]. Shundan soʻng, „Leto 17“, „Sredi starix domov“, „Sterva“ va boshqalar kabi bir xil muvaffaqiyatli singllar paydo boʻldi, ular „Lyubol, Pt. 1“ birinchi studiyaviy albomiga kiritilgan. Albom 2020-yil 21-fevralda chiqarilgan va chiqqanidan keyin VK Musicda [2] 24 soat ichida milliondan ortiq tinglangan.

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Chernikin Robert Igorevich 2001-yil 28-iyulda Magadan shahrida tugʻilgan. Oʻzining soʻzlariga koʻra, onasi uning uchun yaxshiroq kelajakni xohlagan va oʻgʻlining advokat yoki davlat xizmatida boʻlishini orzu qilgan. Like FM radiosiga bergan intervyusida musiqachi oʻrta maktabda oʻz biznesini ochish gʻoyasi boʻlgannini qayd qiliab oʻtadi. Taʼtilni qishloqda buvisi bilan oʻtkazgandan soʻng, oʻn besh yoshli Robert oʻzining birinchi biznes loyihasini yaratdi va Novorossiyskdagi eng yosh tadbirkor sifatida mashhur boʻldi. Eminem qoʻshiqlari bilan tanishganidan keyin xip-xop madaniyatiga boʻlgan ishtiyoqi Robertning hayotini kutilmaganda oʻzgartirdi. Oʻz ishini Instagramda joylashtirdi va 2017-yilda Generation M ijodiy uyushmasi vakillari Robert bilan bogʻlanishadi [3]. Generation M bilan hamkorlik oʻzining singllarini keng taqdim etishga yordam berdi va 2019-yil may oyida Robert prodyuserlarga „Ostanus rassvetom“ trekining parchasini yuborganidan soʻng, Warner Music Russia leybli bilan shartnoma imzolaydi. Xonandaning chinakam birinchi xiti 2019-yil 29-mayda chiqarilgan va nafaqat striming xizmatlari chartlarida, balki radiostansiyalarda ham qoʻyilgan „MaIoletnyaya lyubov“ singli boʻlgan. Keyinchalik kompozitsiya platina statusini oldi. 2019-yil kuzida chiqarilgan „Leto 17“ kompozitsiyasi va uning videoklipi qoʻshiqchiga katta shuhrat olib keldi, Robert shouga taklif qilina boshlandi. Buning ortidan „Tramvayami domoy“, „Revnuyu“, „Sredi starix domov“ va „Sterva“ singllarini chiqaradi. 2019-yil oxirida Robert Moskvaga koʻchib oʻtdi. 2020-yil 21-fevralda xonandaning birinchi studiyaviy albomi „Lyubov, Pt. 1“, oldingi barcha singllarni, shuningdek, yangi qoʻshiqlarni oʻz ichiga olgan. 24 soat ichida albom VK Musicda milliondan ortiq tinglangan. Trek roʻyxatidagi qoʻshiqlarning aksariyati akustik gitara bilan yozilgan. 2020-yil 7-may va 19-iyun kunlari xonandaning ikkita yangi singli chiqdi: „Malchik“ va „Vipusniki“[4]. 20-may va 27-iyun kunlari Fogel oʻz muxlislari uchun ikkita onlayn kontsert uyushtiradi va u yerda birinchi marta yangi singllarni jonli ijroda ijro etadi[5]. 2020- yil 4-sentabrda chiqarilgan „Ostanovite muziku“ qoʻshigʻi „Rejissyor“ mini-albomining singliga aylandi. 2020-yil 8-dekabrda „Privichka“ singli, 2021-yil 26-fevralda „Durakam vezyot“ singli va 30-aprelda „Bez isterik“ singli paydo boʻldi. 2021-yil 23-iyul „Bogatimi“ va 2021-yil 3-sentyabrda „Bogatimi 2“ qoʻshiqlari chiqadi.

Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

2021-yil mart oyida Fogel Diane Aster bilan oʻzaro munosabatda ekanliklarini tasdiqlaydi. Juftlik olti oydan beri birga ekanliklarini aytishadi. 2023-yil mart oyida Robert va Diana ajralishlarini eʼlon qilishdi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Песня 17-летнего рэпера из Новороссийска обогнала в чарте хиты Ольги Бузовой и Артура Пирожкова“. Комсомольская правда (2019-yil 17-iyul). 2019-yil 17-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 17-iyul.
  2. „Рецензия: Фогель - «Люболь, Pt. 1»“. InterMedia (2020-yil 2-mart). 2020-yil 3-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 2-mart.
  3. „Фогель“ (2019-yil 4-sentyabr). 2020-yil 4-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 4-sentyabr.
  4. „Фогель делится подростковыми переживаниями в новом треке «Выпускник»“. Cosmopolitan (2020-yil 19-iyun). 2020-yil 7-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 19-iyun.
  5. „От «МАЛОЛЕТНЕЙ ЛЮБВИ» до «МАЛЬЧИКА»“. Комсомольская правда (2020-yil 20-may). 2020-yil 7-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 20-may.