Kontent qismiga oʻtish

Flotsam (roman)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Flotsam
Fayl:FlotsamNovel.jpg
AQShdagi birinchi nashri
Asl nomi Liebe deinen Nächsten
Muallif(lar) Erix Mariya Remark
Tarjimon(lar) Denver Lindley
Til nemischa
Janr(lar)i urush, harbiy
Nashriyot Little, Brown (US)
Hutchinson (UK)
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi 1939-yil, sentabr Collier’s Weekly
1941-yil, mart Little, Brown and Company
ISBN 0449912477

Flotsam (nemischa: Liebe deinen Nächsten) nemis yozuvchisi Erix Mariya Remark tomonidan yozilib, 1939-yilda nashr etilgan roman. Roman milliy sotsializm davrida Germaniyani tark etgan bir qancha muhojirlarning oʻzaro bogʻliq boʻlgan hayotiiy hikoyalarini tasvirlaydi.

Syujet[tahrir | manbasini tahrirlash]

Avstriya politsiyasi Vena shahridagi pansionatga reyd oʻtkazadi. Yosh yigit Kern va mulohazali Jozef Shtayner pasportlari yoʻqligi uchun hibsga olinadi va mamlakatdan haydab chiqariladi. Pragada Kern Rut Holland bilan tanishib qoladi va unga oshiq boʻladi. Uch muhojir yaxshiroq hayot izlab butun Yevropa bo‘ylab sayohat qilishadi. Asar yakunida Shtayner oʻz vataniga qaytadi va kasallikdan aziyat chekayotgan xotinidan xabar oladi soʻng Germaniyada vafot etadi. Kern va Rut esa poyezdda Parijdan chiqib Ispaniyaga yoʻl olishadi

Film[tahrir | manbasini tahrirlash]

1941-yilda roman asosida So Ends Our Night (Shunday qilib bizning kechamiz tugadi) nomli Fredrik Mart va Margaret Sullavan ishtirokida film suratga olingan

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]