Kontent qismiga oʻtish

Filloglossum o'simligi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Filloglossum oʻsimligi
Ilmiy klassifikatsiyasi edit
Dunyo: Plantae
Tip: Tracheophytes
Kenja tip: Lycophytes
Sinf: Lycopodiopsida
Ajdod: Lycopodiales
Oilasi: Lycopodiaceae
Oilachasi: Huperzioideae
Turkumi: Phylloglossum

Kunze 1843
Turi:
P. drummondii
Tarixiy nomlanishi
Phylloglossum drummondii

Kunze 1843
Sinonimlari[1]


Phylloglossum, Lycopodiaceae oilasiga mansub, bugʻdoyga yuzaki oʻxshab ketadigan mayda oʻsimlik boʻlib, yupqa silindr shakldagi barglardan iborat holda, 2-5 sm uzunlikdagi er osti piyozcha hosil qilib oʻsadi. U bir nechtagacha poyachalar hosil qiladi va bitta markaziy poyachasi 5 sm balandlikdagi, uchida spora hosil qiluvchi konusga ega boʻlib, ilgari Lycopodiaceae oilasida yoki Phylloglossaceae oilasida turlicha tasniflangan, ammo soʻnggi genetik dalillar uning Huperzia turkumi bilan eng yaqin bogʻliqligini va Huperzia turkumi Phlegmariurus tarkibiga kirganligini koʻrsatadi.

Morfologik belgilar, shuningdek, rbcL maʼlumotlariga asoslangan molekulyar belgilar, Phylloglossumning Huperzia bilan yaqin turkumligini qoʻllab-quvvatlaydi. Spora morfologiyasi, sporangial epidermis morfologiyasi, fitokimyosi va xromosomalar sonidagi oʻxshashliklar Phylloglossum va Huperzia ning oʻzaro chambarchas bogʻliqligini koʻrsatadi.

Buni murakkablashtiradigan morfologik belgi, Phylloglossumda koʻp yillik ildizning mavjudligi boʻlib, oʻtmishda olimlar uni Lycopodiella turkumiga oʻxshashligi orqali adashtirgan. Phylloglossum Lycopodiaceae oilasi ichida koʻp yillik ildizga ega ekanligi bilan noyob, bu yangi organ sifatida ishlab chiqilgan qisqargan ildiz tizimidir[2].

Uning gametofiti dastlab fotosintez usuli bilan emas balki, mikoriza orqali oziqlanadi, u yetilgandan soʻng esa fotosintetik toj hosil qiladi[3].

Ushbu yagona tur, Phylloglossum drummondii (pigmy clubmoss) Avstraliya (janubi-gʻarbiy Gʻarbiy Avstraliya, janubiy Janubiy Avstraliya, Viktoriya va Tasmaniya) va Yangi Zelandiya (Shimoliy orol) da oʻsadi.

  1. Hassler, Michael (19 January 2023), „Phylloglossum“, World Ferns. Synonymic Checklist and Distribution of Ferns and Lycophytes of the World, 14.7
  2. Wikström, Niklas (July 2001). "Diversification and Relationships of Extant Homosporous Lycopods". American Fern Journal 91 (3): 150–65. doi:10.1640/0002-8444(2001)091[0150:daroeh]2.0.co;2. ISSN 0002-8444. https://www.biodiversitylibrary.org/part/230742. 
  3. Observations on the mature gametophyte of Phylloglossum (Lycopodiaceae)