Kontent qismiga oʻtish

Fevronya Baisheva

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Fevronya Baisheva
Tavalludi 8-iyul 1925-yil
Jabil naslegi, Megino-Kangalas tumani, Yoqut Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi
Vafoti 24-sentyabr 2017-yil(2017-09-24)
(92 yoshda)
Yakutsk, Rossiya
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR Rossiya bayrogʻi Rossiya
Kasbi xor dirijyori, xormeyster
Mukofotlari «Mehnatda jasorat ko’rsatgani uchun (Harbiy jasorati uchun) yubiley medali. Vladimir Ilich Lenin tavalludining 100 yilligi munosabati bilan ta’sis etilgan»

Fevronya Alekseevna Baisheva (1925 — 2017) — sovet va rus xor dirijyori, xormeyster. RSFSRda xizmat koʻrsatgan artist (1958). Saxa respublikasi (Yoqutiston) xalq artisti.

Fevronya Baisheva birinchi professional yoqut xor dirijyori boʻlgan[1][2].

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Fevronya Baisheva 1925-yil 8-iyulda Yoqut Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi, Megino-Kangalas tumani, Jabil naslegida tugʻilgan. Yetti yillik maktabni tugatgach, Yoqut feldsher-akusherlik maktabiga oʻqishga kiradi, ammo moliyaviy yetishmovchilik tufayli oʻqishni tark etishga majbur boʻlgan. 1941-yilda Fevronya Yoqut davlat teatrining musiqiy va vokal guruhiga xor artisti sifatida qabul qilinadi. 1951-yilda P. I. Chaykovskiy nomidagi Moskva davlat konservatoriyasining dirijyorlik va xor fakulteti milliy boʻlimini tamomlagan. Yoqutistonga qaytib kelgandan keyin Fevronya Baisheva Yoqut musiqa va sanʼat bilim yurtining dirijyorlik va xor boʻlimining asos solib, birinchi oʻqituvchisi boʻladi, oʻzining pedagogik faoliyatini Yoqut radio qoʻmitasi xori boshqaruvi bilan birlashtiradi[3]. 1956—1961-yillarda Moskva konservatoriyasida taniqli xor arbobi, professor A. V. Preobrajenskiy sinfida malakasini oshiradi. Fevronya Baisheva xormeyster sifatidagi faoliyati bilan bir qatorda oʻquv faoliyatini ham olib bordi, musiqa haqidagi radio va televideniye dasturlarida qatnashdi va „Bilim“ jamiyatida oʻqituvchi boʻlib ishladi. 1965-yildan 1987-yilgacha Yoqutiston respublikasi xor jamiyatining doimiy raisi, 1951—1988-yillarda davlat televideniye va radioeshittirish qoʻmitasi xor jamoasining bosh xormeysteri va badiiy rahbari, 1966—1968-yillarda madaniyat vazirining sanʼat boʻyicha oʻrinbosari, 1992-yildan 1994-yilgacha Yoqutiston xalqlari musiqa va folklor muzeyida oʻqituvchi boʻlib ishlagan[2]. Rus va yoqut tillarida kitoblar yozgan

Fevronya Baisheva 2017-yil 24-sentyabrda Yakutskda vafot etgan[3]

Mukofot va unvonlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • „Hurmat Belgisi“ ordeni;
  • „Mehnat faxriysi“ medali;
  • Vladimir Ilich Lenin tavalludining 100 yilligi munosabati bilan ta’sis etilgan medali;
  • RSFSRda xizmat koʻrsatgan artist (1958);
  • Saxa respublikasi (Yoqutiston) xalq artisti;
  • „SSSR Qurolli Kuchlarining madaniy aʼlochisi“, „SSSR televideniyesi va radiosi aʼlochisi“, „Umumrossiya xor jamiyati aʼlochisi“ koʻkrak nishonlari bilan taqdirlangan.
  • Yoqut Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi Oliy Kengashi Prezidiumi, KPSS Ulyanovsk viloyat qoʻmitasi va xalq deputatlari Yoqut viloyat Kengashi ijroiya qoʻmitasining faxriy yorliqlari bilan taqdirlangan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Первый якутский профессиональный хормейстер“. 2021-yil 24-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 24-sentyabr.
  2. 2,0 2,1 „Феврония Алексеевна Баишева“. 2021-yil 24-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 24-sentyabr.
  3. 3,0 3,1 „Ушла из жизни первый хормейстер Якутии“. 2021-yil 24-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 24-sentyabr.