Xormeyster

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Xormeyster (xor va nem. Meister — usta, rahbar) — xor dirijyori, rahbari. X. kasbi 19-asr oʻrtalaridan dunyoviy xor sanʼati va konsert ijrochiligi jadal rivoji tufayli qaror topdi. Ungacha X. vazifalari cherkovda faoliyat koʻrsatgan kantor, regent hamda kapelmeysterlar bajargan.

Oʻzbekistonda S. Valenkov, A. Sultonov, B. Umidjonov, A. Hamidov, N. Qoziyev, Sh. Yormatov, S. Shodmonov, J. Shukurov kabi X.lar tanilgan.