Fendi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
„Fendi“doʻkoni,Birlashgan Qirollik, Kowloon

Fendi (Italyancha talaffuzi: ˈfɛndi ) — moʻyna, tayyor kiyim, charm buyumlar, poyabzal, atirlar, koʻzoynaklar, soatlar va aksessuarlar ishlab chiqaruvchi hashamatli italyan moda uyi.

Fendi modalar uyiga 1925-yilda Rimda asos solingan[1].Fendi oʻzining moʻyna, moʻyna aksessuarlari va charm buyumlari bilan mashhur. 2001-yildan beri Fendi fransuz LVMH guruhining „Moda va charm buyumlar“ boʻlimining bir qismidir hisoblanadi. Uning shtab-kvartirasi Rimda, Palazzo della Civilta Italiana da joylashgan[2].

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Dastlabki yillar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Fendi modalar uyi 1925-yilda Adel va Edoardo Fendi (1904-1954) tomonidan Rimning Via del Plebiscito shahrida moʻyna va charm doʻkoni sifatida ochilgan[3].1932- yilda Adel va Edoardo Fendi Via Piaveda butik ochishdi. Keyinchalik bu doʻkon Rimdagi sayyohlar uchun mashhur joylardan biriga aylandi[4].

1946-yildan boshlab besh opa-singil Paola, Anna, Franka, Karla va Alda kompaniyaga ikkinchi avlodda oilaviy korxona sifatida qoʻshildi[5],ularning har biri 20 foizlik aksiyalarga egalik qiladi[6]. Karl Lagerfeld 1965-yilda Fendi kompaniyasiga qoʻshildi[7].Shundan soʻng u, moʻyna va ayollar tayyor kiyim kolleksiyalarining kreativ direktori boʻldi.[8]

1966-yilda Lagerfeld kompaniya logotipini[9] kvadrat ichidagi qoʻshaloq F shaklida yaratdi, keyinchalik bu turli talqinlarga sabab boʻladi. Shuningdek, 1966-yilda Fendi oʻzining birinchi yuqori moda toʻplamini taqdim etdi va Amerika Qoʻshma Shtatlari va Yaponiyada oʻz ofislarini kengaytirdi. 1969-yilda moʻynaning birinchi tijorat boʻlimi ishga tushirildi. Keyingi yillarda kosmetika va erkaklar aksessuarlari chiqarildi. 1977-yilda Fendi birinchi marta kiyim-kechaklarni, oʻzining tayyor kiyimlar toʻplami sifatida taqdim etdi[10].

1980-1990-yillar[tahrir | manbasini tahrirlash]

1980-yillarda Fendi oʻz assortimentlarini parfyumeriya (1985-yil)[4],koʻzoynak(1987-yil), jinsi shimlar va uy jihozlari bilan kengaytirdi[11].1989-yilda Fendi Nyu-Yorkdagi 5-avenyuda Amerika Qoʻshma Shtatlaridagi birinchi butikini ochdi.

1994-yilda Paola Fendi kompaniya prezidentligini singlisi Karlaga topshirdi[12].Silvia Venturini Fendi, modalar uyiga 1994-yilda qoʻshildi va oʻshandan beri Lagerfeld bilan birga aksessuarlar boʻyicha badiiy rahbar va ayollar boʻlimining hammuallifi sifatida faoliyat yuritmoqda.1997-yilda u barcha sotuvlar va mashhurlik rekordlarini ortda qoldiradigan mashhur model boʻlgan Baget sumkasini yaratdi[10].

Nazorat paketini sotish[tahrir | manbasini tahrirlash]

1999-yilgacha, Prada va LVMH dunyodagi eng yirik hashamatli tovarlar guruhi Fendi kompaniyasining 51 foizini 545 million dollarga sotib olguniga qadar Fendi oilasi tomonidan boshqariladigan kompaniya edi. Uning raqobatchisi Gucci tender jarayonida yutqazdi[13][14].Shartnomaga koʻra, Prada va LVMH, agar opa-singillar sotishga qaror qilsalar, Fendi kompaniyasining 49 foizidan birini sotib olishlari shart edi[15].Brend 2001-yilda va 2002-yilda taxminan yana 20 million yevro yo‘qotdi[16]. 2002-yilda Prada oʻzining 25,5 foiz ulushini LVMHga 265 million dollar evaziga sotishga rozi boʻldi[17]. 2002-yilda LVMH kompaniyaning qoʻshimcha 15,9 foizini sotib oldi[18]. Taʼsischilar oilasining aʼzosi boʻlgan Karla Fendi 2008-yilgacha rais va kam ulush egasi sifatida faoliyat yuritishda davom etdi[19].

2007-yil 19-oktyabrda Fendi oʻzining bahor-yoz kolleksiyasini taqdim etish uchun Buyuk Xitoy devorini tanladi va u yerda 88 ta model bilan birinchi moda namoyishini oʻtkazdi[20][21][22].

2009-yilda Silvia Venturini Fendi Peekaboo sumkasini yaratdi va Baget sumkasi bilan taqqoslanadigan darajada muvaffaqiyatga erishdi[23][24].

Fendi Kids brendi 2011-yil bahor/yoz oylarida oʻzining ilk namoyishini amalga oshirdi[25].Oʻsha yili Fendi yangi parfyumeriyasini — Fan di Fendini chiqardi[26].

2010-yillar[tahrir | manbasini tahrirlash]

2014-yilda Fendi oʻzining podium modasini namoyish qilish uchun dronlardan foydalanishni rejalashtira boshladi[27]. 2013-yildan 2021-yilgacha kompaniya Safilo bilan Fendi quyoshdan saqlaydigan koʻzoynaklar va optik linzalarni loyihalash, ishlab chiqarish va butun dunyo boʻylab tarqatish boʻyicha brendni litsenziyalash shartnomasiga ega boʻldi[28].

2015-yilda Fendi Karl Lagerfeld bilan ellik yillik biznesini nishonladi va Parijdagi Champs-Elysées teatrida moʻynali kiyimlarga bagʻishlangan birinchi yuqori moda koʻrgazmasini tashkil etdi[29][30]. Keyinchalik brend oʻzining 90 yilligini Rimdagi Trevi favvorasida moda namoyishi bilan nishonladi [31][32]va bosh qarorgohini Palazzo della Civiltà Italiana ga koʻchirishni rejalashtirdi[33].

2017-yilda Fendi Farfetch elektron tijorat platformasi bilan hamkorlikda buyurtma asosida tayyorlangan sumkalar dizayni uchun modalar do‘konini ochdi[34].

Soʻnggi oʻzgarishlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

2018-yilga kelib, Fendi yillik sotuvlar hajmini 1 milliard yevroga (1,2 milliard dollar) chiqardi[35] va butun dunyo bo‘ylab 3000 nafar xodimga ega bo‘ldi, jumladan, Italiyadagi 400 ga yaqin charm va mo‘yna ishlab chiqarish uchun ixtisoslashtirilgan atelyelar va 215 do‘kondan iborat tarmoqni qoʻl ostida boshqardi[36].

2021-yilda Fendi Rimdagi Venera ibodatxonasini restavratsiya qilishni yakunladi, bu qadimgi Rimdagi eng katta bino edi[37].

Maʼlumotnomalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „The History of Fendi“ (en). US. 2022-yil 24-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 24-fevral.
  2. Fendi Relocates To A Roman Palace
  3. Chevalier, Michel „3“,. Luxury Brand Management, second, Singapore: John Wiley & Sons, 2012 — 53 (of 316) bet. ISBN 978-1-118-17176-9. 
  4. 4,0 4,1 Fendi, 90 anni di storia italiana
  5. „Fendi perfumes and colognes“. Fragrantica.com. Qaraldi: 2011-yil 24-oktyabr.
  6. John Tagliabue (October 13, 1999), French-Italian Alliance Takes Controlling Stake in Fendi New York Times.
  7. Findley. „The History of Fendi“ (en). journal.williamgeorge.com. Qaraldi: 2022-yil 24-fevral.
  8. Bergin, Olivia. „Karl Lagerfeld to launch new, accessible line“. The Telegraph (2011-yil 24-oktyabr). 2011-yil 4-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 24-oktyabr.
  9. „Fendi-evolution, mezzo secolo di logomania“. 2022-yil 24-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 24-noyabr.
  10. 10,0 10,1 Fendi rewind, storia del brand che celebra il lusso dell’artigianalità
  11. Luisa Zargani (October 5, 2021), Fendi Previews New Home Collection in Rome Women's Wear Daily.
  12. FENDI INVESTIGATED British Vogue, 2 December 2003.
  13. „Dior, Fendi frenzy helps luxury group LVMH extend its reach“. Reuters (2021-yil 26-iyul). Qaraldi: 2021-yil 4-avgust.
  14. Suzy Menkes (October 13, 1999), Prada and LVMH Join Forces to Buy Italian Fashion House Fendi International Herald Tribune.
  15. John Tagliabue (October 13, 1999), French-Italian Alliance Takes Controlling Stake in Fendi New York Times.
  16. Tracie Rozhon (October 22, 2003), A Struggling LVMH Unit Looks Beyond the Handbag; But Fendi Insists That Leather and Fur Are Forever New York Times.
  17. Prada Selling Fendi Shares to LVMH Associated Press, November 24, 2001.
  18. LVMH Adds Another 15.9 Percent of Fendi Women's Wear Daily, July 9, 2002.
  19. Tracie Rozhon (October 22, 2003), A Struggling LVMH Unit Looks Beyond the Handbag; But Fendi Insists That Leather and Fur Are Forever New York Times.
  20. Seminal Moments: When Fendi Conquered the Great Wall of China
  21. fendi at the great wall of china
  22. Chinaʼs Great Wall gets first major fashion show
  23. The story of Silvia Venturini Fendi’s Peekaboo bag: from tongue-in-cheek accessory to timeless design icon
  24. Silvia Venturini Fendi Reflects on Designing the Peekaboo Bag, 10 Years Onwards
  25. The Story of Fendi
  26. Stephanie Epiro and Jennifer Weil (February 9, 2009), LVMH Pulling Fendi Scent Women's Wear Daily.
  27. Zargani, Luisa. „Fendi Partnering With Google to Livestream Runway Show“. WWD (2014-yil 18-fevral). Qaraldi: 2014-yil 24-fevral.
  28. Isla Binnie (June 10, 2013), Eyewear maker Safilo and fashion house Fendi agree brand license Reuters.
  29. Fendi’s 'haute fourrureʼ closes Paris couture week
  30. Haute Fourrure 2017: Fendi
  31. „contribution%20of%202.18%20 million%20euros. Fendi celebrates 90 years with runway show at Trevi Fountain“. 2022-yil 24-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 24-noyabr.
  32. Fendi celebrates its 90 years at the Trevi Fountain
  33. Stephanie Kirchgaessner (October 22, 2015), Fendi rejects criticism over new HQ in Mussolini propaganda building The Guardian.
  34. Rachel Arthur. „Customized Luxury: Fendi Turns To Digital For Bespoke Handbag Launch“. Forbes (2017-yil 29-noyabr). Qaraldi: 2018-yil 27-mart.
  35. Sudip Kar-Gupta and Sarah White (February 20, 2018), LVMH taps Dior’s Brunschwig to lead luxury brand Fendi Reuters.
  36. Sudip Kar-Gupta and Sarah White (February 20, 2018), LVMH taps Dior’s Brunschwig to lead luxury brand Fendi Reuters.
  37. Salibian. „Fendi Unveils Restoration of Rome’s Temple of Venus and Rome“ (en-US). WWD (2021-yil 20-dekabr). Qaraldi: 2022-yil 6-mart.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Rasmiy sayti
  • Fendi — brand and company profile at Fashion Model Directory