Kontent qismiga oʻtish

Feliks Dzerjinskiy haqida hikoyalar

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Feliks Dzerjinskiy haqida hikoyalar
Asl nomi Рассказы о Феликсе Дзержинском
Muallif(lar) Yuriy German
Tarjimon(lar) Xayrulla Ergashev
Til ruscha
Janr(lar)i hikoyalar
Nashr etilgan sanasi 1947
Nashriyot „Detgiz“
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi 1978

Feliks Dzerjinskiy haqida hikoyalar“ (ruscha: Рассказы о Феликсе Дзержинском) – rus yozuvchisi Yuriy German qalamiga mansub hikoyalar seriyasi. Rus inqilobchisi va siyosatchisi Feliks Dzerjinskiyning hayoti va revolyutsion faoliyatiga bagʻishlangan. Hikoyalarni German Maksim Gorkiy tavsiyasi bilan yoza boshlagan. 1938-yildan boshlab jurnallarda eʼlon qilingan hikoyalar 1947-yil Leningrad shahrida „Detgiz“ nashriyotida toʻplam oʻlaroq chop etilgan.

Hikoyalar asosida 1956-yil „Za tyuremnoy stenoy“ (ruscha: За тюремной стеной) pyesasi yozilgan. Pyesa 1950-yillarning oxiri, 1960-yillarning boshida bir necha teatrda sahnalashtirilgan[1]. Shuningdek, 1963-yil rejissyor Meri Andjaparidze hikoyalar asosida „Slushay-ay!..“ (ruscha: Слуша-ай!..) filmini suratga olgan. Filmda hikoyalardagi kabi sovet mafkurasiga mos ravishda Dzerjinskiy obrazi ideallashtirilgan boʻlib, adabiyotshunos Lev Levin filmda „haqiqiy inqilobiy koʻtarinkilik“ borligini eʼtirof etgan[2].

Hikoyalarni Xayrulla Ergashev oʻzbek tiliga tarjima qilgan. Oʻzbekcha nashr 1978-yil Toshkent shahrida Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyotida chop etilgan. Oʻzbekcha toʻplamga ruscha nashrdagi 27 hikoyaning faqat 11 tasi kiritilgan.

Oʻzbekcha tarjimasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Asarni oʻzbek tiliga 1955-yil Leningrad shahrida „Detgiz“ nashriyoti chop etgan ruscha nashridan Xayrulla Ergashev tarjima qilgan. Oʻzbekcha nashrga ruscha nashrdagi 27 hikoyaning faqat 11 tasi kiritilgan. Oʻzbekcha nashr 1978-yil Toshkent shahrida Gʻafur Gʻulom nomidagi adabiyot va sanʼat nashriyotida chop etilgan.

  • „Repetitor“
  • „Boshmoqlar“
  • „Hovli sayri“
  • „Turmadagi qoʻzgʻolon“
  • „Qochish“
  • „Novominsk qissasi“
  • „Anhor“
  • „Bolalar“
  • „Suratlar“
  • „Poʻstin“
  • „Tor koʻchada“
  1. Файнберг, Рахиль. Юрий Герман: критико-биографический очерк. Ленинград: Советский писатель, 1965 — 262-bet. 
  2. Левин, Лев. Дни нашей жизни: книга о Ю. Германе и его друзьях. Москва: Советский писатель, 1984 — 416-bet.