Fedor Detengof
| Fedor Detengof | |
|---|---|
| Tavalludi |
14-sentyabr 1898 Rossiya imperiyasi, Moskva |
| Vafoti |
1973-yil 31-oktabr Toshkent |
| Fuqaroligi | Rossiya Imperiyasi va SSSR |
| Kasbi | Shifokor |
| Sohasi | Psixatriya |
| Ish joylari | Toshkent tibbiyot akademiyasi |
| Mukofotlari |
|
Fedor Fedorovich Detengof (1898-yil 14-sentabr, Moskva — 1973-yil 31-oktabr, Toshkent ) — psixiatr, tibbiyot fanlari doktori, professor, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi. Oʻzbekistonda psixiatriya fanining asoschilaridan biri. 1940-yildan Toshkent tibbiyot akademiyasining psixiatriya kafedrasi mudiri. 1962-yildan 1972-yilgacha Toshkent shahar bosh psixiatri[1].
U 1969-yilda Toshkent sud-psixiatriya ekspert komissiyasining boshqa aʼzolari bilan birgalikda Moskvada oʻtkazilgan statsionar sud-psixiatriya ekspertizasining xulosasini rad etishda jasorat koʻrsatgani bilan mashhur. U komissiya bilan birgalikda mashhur sovet dissidenti Pyotr Grigorenkoning ruhiy salomatligi joyida ekanligini tasdiqladi. Independent Psychiatric Journal muharrirlari Detengofni "siyosiy maqsadlarda psixiatriyadan keng miqyosda foydalanish yillarida mahalliy psixiatriya sharafini saqlab qolgan" inson deya ta'riflashgan.
Biografiya
[tahrir | manbasini tahrirlash]Asli gollandiyalik bo‘lgan mashhur attor oilasida tugʻilgan. 1920-yilda Moskva davlat universitetining tibbiyot fakultetini tamomlagan, soʻngra psixiatriya klinikasida klinik ordinaturada oʻqigan. Korsakov va G.I. Rossolimo rahbarligida asab klinikasida stajirovkani tamomlagan, shu vaqtda tuman narkologi boʻlib ishlagan[2].
1925-yildan 1927-yilgacha Detengof ruhiy kasal bemorlar uchun sanatoriyda rezident, keyinroq Moskvadagi bolalar psixonevrologiya klinikasida, Birinchi shahar psixiatriya kasalxonasida va Gannushkina nomidagi ilmiy-tadqiqot institutida ilmiy xodim boʻlib ishladi. 2-Moskva tibbiyot instituti fakulteti pediatriya kafedrasi assistenti bo‘lib ishlagan.
1938-yilda Detengof surunkali epidemik ensefalitda ruhiy kasalliklarning klinik koʻrinishi va kechishi boʻyicha doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi. 1940-yilda Toshkent tibbiyot akademiyasining psixiatriya kafedrasi mudiri etib saylandi va shu yerda 30 yildan ortiq mehnat qildi.
U ekzogen psixozlar, shizofreniya klinikasi va ruhiy kasalliklarni davolash sohasida ilmiy tadqiqotlar bilan shugʻullangan. Oʻzbekiston SSRda psixiatriya yordamini tashkil etishga katta eʼtibor berdi.
1969-yilda Detengof oʻzining sud-psixiatriya ekspert komissiyasi (E. B. Kogan, A. M. Slavgorodskaya, I. L. Smirnova) bilan Pyotr Grigorenkoni tekshirib, uning sogʻlom ekanligini e'lon qildi.
Uch oy oʻtgach, Grigorenko Serbskiy institutiga statsionar sud-psixiatriya ekspertizasiga yuborildi. U bilan birga Detengof Moskvaga chaqirildi, u yerda G. Morozov va D. Lunts unga bosim o‘tkazib, ekspertiza natijasini oʻzgartirishni buyurishdi. Yu S. Savenko, bu stress keksa Detengofning oʻlimini tezlashtirganini aytgan[3][4].
Mukofotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Uch marotaba Mehnat Qizil Bayroq ordeni bilan taqdirlangan.
Vafoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]1973-yil 13-aprel kuni Toshkentda vafot etgan. Toshkentdagi Botkin qabristoniga dafn etilgan.
Adabiyot
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Члены комиссии: Е. Б. Коган, А. М. Славгородская, И. Л. Смирнова.
- ↑ „Детенгоф Федор Федорович (1898.14.IХ - 1973.31.Х)“. 2023-yil 24-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 24-noyabr.
- ↑ „Федор Федорович Детенгоф“.
- ↑ „Воспоминания о Фёдоре Фёдоровиче Детенгофе“.
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Olim haqidagi ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |