Fazliddin Shamsiddinov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Fazliddin Shamsiddinov (1916.13.1, Buxoro – 1980, Toshkent) — dirijyor, Oʻzbekiston (1965) va Qoraqalpogʻiston (1973) xalq artisti. Moskva Oʻzbek opera studiyasini (1941), Toshkent konservatoriyasini (1956) tugatgan. Ijodiy faoliyatini Oʻzbek davlat musiqali teatrida xonanda va aktyor sifatida boshlagan (1929–34). Yangiyoʻl teatri (1942–48), Muqimiy teatri (1948–53), Navoiy teatri (1956–61)da bosh dirijyor, Oʻzbek davlat simfonik orkestri (1953–56), Navoiy teatri (1941–42 va 1961-yildan), "Oʻzbekfilm"da (1955 – 71) dirijyor. 1958-yildan Toshkent konservatoriyasi, 1970-yildan Toshkent teatr va rassomlik sanʼati intida dare bergan. Shahrining dirijyorlik texnikasi oʻzining aniqligi, ravonligi, musiqiyligi, ijro uslubi har bir obrazni oʻziga xos musiqiy tavsif orqali ifodalanishi bilan ajralib turadi. Shamsiddinov "Tohir va Zuhra" (T.Jalilov) kabi musiqali dramalar, "Layli va Majnun" (R.Glier, T.Sodiqov), "Maysaraning ishi" (S.Yudakov), "Poltavalik Natalka" (N.Lisenko), "Karmen" (J.Vize), "Sugʻd elining qoploni" (I.Akbarov) singari operalar, "Momaqaldiroq soʻqmoklaridan" (qarangQorayev), "Francheska da Rimini" (P.Chaykovskiy), "Bolero" (M.Ravel) va boshqa baletlarni sahnaga tayyorlashda faol qatnashgan va dirijyorlik qilgan. U Oʻzbekiston kompozitorlari (M.Burbonov, Ik.Akbarov, S.Yudakov, S.Boboyev va boshqalar) simfonik asarlarining birinchi ijrochisi va targʻibotchisi sifatida ham tanilgan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]