Oʻzbek davlat musiqali teatri

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Oʻzbek davlat musiqali teatri — Oʻzbekistonda dastabki musiqali teatrlardan. 1929-yil Samarqandda M.Qoriyoqubovning Oʻzbek davlat sayyor konsert etnografik truppasi negizida tashkil topgan (1931-yil Toshkentga koʻchirilgan). Tarkibida K.Yashin, X.Nosirova, B.Mirzayev, B.Fayziyev, Mullaqandovlar, A.Chetvertakov, M.Turgʻunboyeva, I.Oqilov, G.Rahimova kabi sanʼatkorlar faoliyat koʻrsatgan. Repertuar asosini musiqali drama va musiqali komediya ("Halima", "Oʻrtoqlar", "Farhod va Shirin", "Arshin mol olon" kabi)lar, shuningdek, konsert dasturlari tashkil qilgan. 1930-yil Moskvada gastrolda boʻlib, xalq ijodi olimpiadasida muvaffaqqiyatli qatnashgan. Uning ijodiy kuchlari negizida hozirgi Navoiy teatri, Muqimiy teatri tashkil qilingan.