Fayzi Shohismoil
Fayzi Shohismoil | |
---|---|
Tugʻilishi |
10-noyabr 1938-yil (82 yosh) Ahiska, Gruziya SSR, SSSR |
Vafoti |
15-avgust 2015 (77) Toshkent O‘zbekiston |
Fuqaroligi |
Andoza:Country data the Soviet Union Sovet Ittifoqi → ![]() |
Kasbi | shoir, jurnalist, tarjimon |
Universitet | Toshkent Davlat Universiteti jurnalistika fakulteti |
Mukofotlari |
![]() |
Fayzi Shohismoil (10-noyabr 1938-yilda tugʻilgan) — shoir, jurnalist va tarjimon. Bolaligi Oʻzbekistonning Samarqand viloyati Mitan (hozirgi Ishtixon) tumanida oʻtdi. Soʻngra Toshkent viloyati Yangiyoʻl tumanida oʻsib ulgʻaydi. Harbiy xizmatda boʻldi. Toshkent universitetining jurnalistika fakultetini bitirdi. Respublika markaziy gazetalarida adabiy xodim, boʻlim mudiri, masʼul kotib, muxarrir oʻrinbosari, Oʻzbekiston teleradio kompaniyasida chet ellarga eshtirishlar radiostansiyasida boʻlim mudiri, bosh muharrir, direktor oʻrinbosari, „Jahon adabiyoti“ jurnalida masʼul kotib boʻlib xizmat qildi. Koʻplab sheʼrlari respublika, viloyat, tuman, gazetalarida chop etildi. Bolalar shoiri, xalqaro sharhlovchi, tarjimon sifatida tanildi. „Adashboy“, „Irmoqlar“, „Choʻqqi bilan suxbat“, „Bizning olam“, „Yigʻloqi bulut“, „Bahor qoʻshiqlari“ sheriy toʻplamlari bosib chiqdi. Bolalar va kattalar uchun oʻnlab qoʻshiqlar muallifi, „Mehnat shuhrati“ ordeni sohibidir.
Kitoblari[tahrir]
- „Adashboy“ she`rlar to‘plami 1973-yil.
- „Irmoqlar“ she`rlar to‘plami 1978-yil.
- „Yoshlik bayozi 80“ she`rlar to‘plami 1980-yil.
- „Mening uchqur toychogʻim“ she`rlar va ertaklar to‘plami 1985-yil.
- „Qoʻshiqlar toʻplami“ maktab yoshidagi bolalar uchun qo‘shiqlar to‘plami 1983-yil.
- „Bizning olam“ bolalar uchun she`rlar to‘plami 1988-yil.
- „Yigʻloqi bulut“ bolalar uchun she`rlar to‘plami 1991-yil.
- „Guldasta“ bolalar uchun she`rlar to‘plami 2010-yil.
- „Buvim ertak aytganda“ bolalar uchun she`rlar to‘plami 2020-yil.
Manbalar[tahrir]
![]() |