Faysal masjidi

Bu maqolani tinglang
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Masjid
Faysal masjidi
urdu: شاہ فیصل مسجد
Fayl:'By @ibneAzharʼ-Faisal Mosque -Islamabad-Pakistan (115).JPG
Mamlakat  Pokiston
Shahar Islomobod
Maktab yoʻnalishi Sunniylik
Masjid turi Jomeʼ-masjid
Meʼmoriy uslub Islom meʼmorchiligi
Binokor Pokiston qurilish tashkiloti
Meʼmor Vedat Dalokay
Binokorlik tashabbuschisi Faysal ibn Abdulaziz as-Saud
Homiylar Saudiya Arabistoni
Maqomi Milliy masjid
Bino maydoni 5 000 м²
Hajmi 300 000
Minoralar soni 4
Minoralar balandligi 90 metr
Holati amalda

Koordinatalari: 33°43′47.02″N 73°02′13.74″E / 33.7297278°N 73.0371500°E / 33.7297278; 73.0371500 G O

Faysal masjidi (urdu: شاہ فیصل مسجد) — Pokistonning Islomobod shaharida joylashgan jome-masjid, dunyoning eng yirik masjidlaridan biri. Uning maydoni 5 ming kv.m., 300 ming namozxonni oʻz bagʻriga sigʻdira oladi.

Qurilishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Saudiya Arabistoni podshohi Faysal ibn Abdulaziz as-Saud 1966-yilgi Pokistonga tashrifi paytida Islomobodda masjid qurishni taklif etgan. Tez orada masjid loyihasi uchun tanlov eʼlon qilingan va unda turk meʼmori Vedat Dalokay loyihasi gʻolib boʻlgan. Masjid qurilishi Saudiya hukumati tomonidan moliyalashtirilgan. Qurilish 1976-yilda boshlangan va 1986-yilda tugagan. Qurilish tashabbuskori Faysal 1975-yilda vafot etgani uchun masji va unga eltadigan yoʻl uning nomi bilan atalgan. Qurilish hozirgi hisobda 120 million dollarga tushgan[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Faisal Mosque, 2011-05-03da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2015-02-21

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ushbu maqolani tinglang (1 daqiqa)
Spoken Wikipedia icon
Bu audiofayl ushbu maqolaning 5-iyul, 2022-yil(2022-07-05) sanasidagi versiyasi asosida yaratilgan boʻlib, shu sanadan keyin amalga oshirilgan tahrirlarni aks ettirmaydi.