Father and Son

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
„Father and Son“
Cat Stevens qoʻshigʻi
„Tea for the Tillerman“ albomidan
Chiqarilgan sanasi 1970
Yozib olingan 1970
Janr Folk rok, soft rok
Davomiyligi 3:41
Leybl
Matn muallif(lar)i Cat Stevens
Prodyuser(lar) Paul Samwell-Smith
Cat Stevens singllari xronologiyasi
„Lady D'Arbanville“
(1970)
Father and Son
(1970)
„Wild World“
(1970)
Kliplari
„Father and Son“ (1970) YouTubeda
„Father and Son“ (2020) YouTubeda

Father and Son“ (tarjimasi „Ota va oʻgʻil“) — ingliz xonandasi va qoʻshiqnavisi Cat Stevens (hozirda Yusuf/Cat Stevens oʻlaroq maʼlum) ijro etgan qoʻshiq. Stevensning 1970-yil eʼlon qilingan „Tea for the Tillerman“ albomiga kiritilgan. Qoʻshiqda oʻgʻlining mustaqil hayot boshlash istagini tushuna olmayotgan ota hamda, oʻz navbatida, oiladan ketib, katta hayotgan qadam qoʻyish vaqti kelganini anlgab yetgan, ammo otasiga buni tushuntira olmayotgan oʻgʻil haqida soʻz boradi.

Stevens ota nomidan kuylaganda pastroq registrda, oʻgʻil nomidan kuylagan esa balandroq registrda kuylagan. Qoʻshiqni yozib olishda xonandaning gitarachisi hamda doʻsti Alun Davies ham ishtirok etgan. Davies qoʻshiqning oʻrtalaridan boshlab Stevensga joʻr boʻlib kuylagan.

„Father and Son“ qoʻshigʻi Stevensga katta shuhrat olib kelgan. Qoʻshiqni bugunga qadar oʻndan oshiq taniqli xonanda kaver qilgan. 2021-yilda „Father and Son“ qoʻshigʻi „Rolling Stone“ jurnali tuzgan „Tarixdagi eng yaxshi 500 qoʻshiq“ (inglizcha: Top 500 Best Songs of All Time) roʻyxatida 408-oʻrinni egallagan[1]. Shuningdek, qoʻshiq „Guardians of the Galaxy Vol. 2“ hamda „The Boat that Rocked“ (2009) filmlarida ishlatilgan.

1977-yilda Islom dinini qabul qilib, ismini Yusuf Islomga oʻzgartirgan Stevens 2007-yilda „Yusuf’s Café Session“ konserti davomida doʻsti Davies bilan qoʻshiqning yangi, jonli versiyasini yozgan. 2020-yilda yana bir yangi versiya yozilgan. „Tea for the Tillerman 2“ albomiga kiritilgan ushbu kaverda Stevens 22 yoshda boʻlganida yozib olingan original vokal hamda xonanda 72 yoshga toʻlganida yozib olingan yangi vokal qoʻllanilgan. 2020-yilgi versiya uchun multiplikatsion klip suratga olingan[2].

Kaverlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qoʻshiqni bir necha xonanda kaver qilgan. 1972-yilda britan xonandasi Sandie Shaw kaver yozgan. 1974-yilda amerikalik xonanda Johnny Cash oʻgay qizi Rosie Nix Adams bilan ashula matnini oʻzgartirib, „Father and Daughter“ (tarjimasi „Ota va qiz“) nomi bilan kuylagan. Qoʻshiq Cashning „Junkie and the Juicehead Minus Me“ albomiga kiritilgan.

1995-yil „Boyzone“ irland bolalar guruhi qoʻshiqni kaver qilgan. Mazkur versiya Britaniya singlllar xit paradida ikkinchi, Irlandiya singllar xit-paradida esa birinchi pogʻonagacha koʻtarilgan. Oʻsha yili ingliz xonandasi Francis Dunnery oʻzining „Tall Blonde Helicopter“ albomi uchun qoʻshiq kaverini yozgan.

2001-yilda „Me First and the Gimme Gimmes“ pank-rok guruhi „Stevens“ nomi bilan qoʻshiqni ijro etgan. 2004-yil amerikalik xonanda Leigh Nash ijro etgan versiya „Everwood“ teleseriali saundtrekiga kiritilgan. Oʻsha yili „Boyzone“ aʼzosi Ronan Keating oʻzining „10 Years of Hits“ terma albomi uchun qoʻshiqning yangi versiyasini yozgan. Ushbu versiyasini yozib olishda Yusuf/Cat Stevens ham ishtirok etgan. Keating ijrosidagi kaver Britaniya singllar xit paradida ikkinchi pogʻonagacha koʻtarilgan. 2006-yil ingliz qoʻshiqchisi Rod Steward oʻzining „Still the Same… Great Rock Classics of our Time“ albomi uchun „Father and Son“ qoʻshigʻi kaverini yozgan. 2007-yil resa „The Enemy“ guruhi oʻzining „Radio 1 Established 1967“ albomi uchun qoʻshiq kaverini hozirlagan.

2010-yilda amerikalik xonanda Rocky Votolato qoʻshiqni kaver qilgan. Oʻsha yili qoʻshiq Zac Brown Band guruhining „You Get What You Give“ albomiga bonus trek oʻlaroq kiritilgan. Nihoyat, 2012-yilda amerikalik qoʻshiqchi Elizabeth Gillies ham qoʻshiq kaverini yozgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Stone, Rolling; Stone, Rolling „The 500 Greatest Songs of All Time“ (en-US). Rolling Stone (2021-yil 15-sentyabr). Qaraldi: 2022-yil 5-iyul.
  2. „Father & Son: A Duet 50 Years in the Making“ (en-US). Yusuf / Cat Stevens. Qaraldi: 19-aprel 2021-yil.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]