Fatehabad (Panjob)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Fatehabad
shaharcha
31°22′48.000″N 75°5′51.000″E / 31.38000000°N 75.09750000°E / 31.38000000; 75.09750000 G OKoordinatalari: 31°22′48.000″N 75°5′51.000″E / 31.38000000°N 75.09750000°E / 31.38000000; 75.09750000 G O
Mamlakat Hindiston
Shtat Panjob
Tuman Tarn Taran
Panjob viloyati Majha
Aholisi
 (2011)
8 860
Zichligi auto kishi/km2
Pochta indeks(lar)i 143407
Fatehabad xaritada
Fatehabad
Fatehabad

Fatehobod - Panjob shtatining Tarn Taran tumanidagi kichik shaharcha. Hindistondagi Tarn Taran Sahib shahridan 20 km uzoqlikda joylashgan[1].

Tarixiy ahamiyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Fatehobod bir paytlar poytaxt Kapurthalaga ko'chirilgunga qadar Ahluvalia Mislning poytaxti bo'lgan. Bu shahar Tarn Taran va Amritsardan kattaroqdir. Shahar dastlab chegara qal’asi bo‘lib, u yerda doimiy ravishda G‘aznaviy garnizoni joylashgan. Bu hudud Mahmud G‘aznaviy davrida, hatto undan oldin ham mavjud bo‘lganligi ma’lum. Fatehobod nomi Ahluvaliya Mislning Fatehobod musulmon gubernatori ustidan qozongan g‘alabasini anglatadi, deb ishoniladi. Taxminlarga ko'ra, Muhammad G'oriy bu yerga o'z qo'shinlarini joylashtirgan va shaharni harbiy qarorgoh bo'lgan kasbahga aylantirilgan. Jassa Singx, 1718-yilda Bhadr Singx oilasida tug'ilgan, Ahluvalia Misl asoschisi Sadhu Singx Ahluvaliyaning nabirasi, Bhag Singxning jiyani bo'lgan. U 1772-yilda Kapurthala davlatining asoschisi edi. 1755-yilda Ahluvalia Misl Jullundur mugʻal gubernatori Adina begni magʻlub etib, Fatehobodni egallab oladi.

Strategik ahamiyatga ega bo'lgan eski shaharga mo'g'ullar va keyingi hukmdorlar tez-tez tashrif buyurishgan, mo'g'ullar qo'shinlar va karvonlar manfaati uchun Imperator saroyini[2] qurganlar, bundan keyinbir qancha boshqa binolar qatorida karvonsaroy ham vayronaga aylantirilgan. Boburiy hukmdor Jahongir kuchlari tomonidan eski shahar hududlari vayron qilingan.

Fatehobod, shuningdek, birinchi sikx gurusi, Guru Nanak tabiatni olqishlash maqsadida Gurbani asarini yozgan joy sifatida ham tanilgan[3].

Fatehobod mashhur urdu shoiri Mehr Lal Soni Ziyo Fatehobodiy oilasi istiqomat qilgan joydir. Bu shahar Guru Angad Dev va Guru Amar Das bilan bog'langan Goindval Sahib hamda Xadur Sahib yaqinida joylashgan.

Geografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Fatehobod Xadur Sahibdan 4 km masofada, xuddi shu nomdagi tehsil shtab-kvartirasida joylashgan. Yaqin atrofdagi qishloqlar Xothian, Xvaspur, Xan Chhapri va Bharovaldir.

Demografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hindistonning 2011-yilgi aholini ro'yxatga olish ma'lumotlariga ko'ra, Fatehobodda 1649 ta uy xo'jaligi mavjud bo'lib, aholining umumiy soni 8,860 kishini tashkil etgan. Ulardan 4,674 (53%) nafari erkaklar va 4186 (47%) nafari ayollar edi. 6 yoshgacha bo'lgan aholi soni 1084 kishini tashkil qilgan. Fatehobodning savodxonlik darajasi Panjobdagi ko'rsatkich 75,84 foizga nisbatan past ya'ni 71,04 foizni tashkil etadi. Fotehobodda erkaklar savodxonligi 74,37%, ayollarning savodxonlik darajasi 67,31% ni tashkil etadi. Jinsiy nisbat har ming erkakka 896 ayolni tashkil qiladi[4].

Transport[tahrir | manbasini tahrirlash]

Fatehobodga eng yaqin temir yo'l stansiyalari Goindval Sahib temir yo'l stansiyasi bo'lib, u shahardan 1,5 km masofada joylashgan[5].

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Ziyo Fatehobodiy

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Fatehabad (Tarn Taran)
  2. Punjab :: District Courts
  3. „FATEHABAD District Amritsar“. 2012-yil 8-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 27-mart.
  4. „India Census 2011“. Qaraldi: 2016-yil 7-noyabr.
  5. „India rail Info“. Qaraldi: 2016-yil 7-noyabr.