Farhod Mannopovning oʻlimi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Farhod Mannopov
Soha Vaynerlik, blogerlik
Oʻtkazilgan joyi  (Toshkent, Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston)
Boshlanish sanasi 5-mart, 2023-yil
Tugash sanasi 5-mart, 2023-yil
Qatnashuvchilar Alijon Xisamov

2023-yilnng 5-martida Farhod Mannopov ismli bloger vafot etgan[1]. U Mittivine nomi bilan ham tanilgan. Maʼlumotlarga qaraganda, u bir necha kun avval basseynda burni va boshidan jarohat olgan. Shundan keyin, burnini operatsiya qildirish maqsadida Chilonzor tumanida joylashgan xususiy klinikalarda operatsiya qilingan. Operatsiyadan soʻng 36 soat davomida[2] u koma holatidan chiqa olmagan[1]. Oʻlimga sabab narkozni ko‘p berib yuborish sabab bo‘lgani aytilgan[3][4].

Oʻsha kunning oʻzidayoq Bosh prokratura Mannopov oʻlimi yuzasidan tekshiruv boshladi[5]. Prokuraturaning Matbuot xizmati xabariga koʻra oʻlimga aloqadar shaxslarni batafsil soʻroq qilish, koʻp vaqt talab qilinadigan murakkab ekspertizalar tayinlash, undan tashqari bir qator tergov harakatlarini oʻtkazmasdan qonuniy toʻxtamga kelish imkoni yoʻqligi sababli jinoyat kodeksining 116-moddasi[6] (Kasb yuzasidan oʻz vazifalarini lozim darajada bajarmaslik) 4-qismi „a“ bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan[7][8][9].

Keyinroq Mannopov vafot etgan klinika faoliyati to‘xtatildi. Sog‘liqni saqlash vazirligi boshqarma boshlig‘i Jaloliddin Asomiddinovning ma’lum qilishicha, MSKT tekshiruvlar va o‘tkazilgan laborator tahlillardan so‘ng Mannopovda gaymor bo‘liqlari giperplaziyasi, burun to‘sig‘ining qiyshayishi, pastki va o‘rta burun chig‘anoqlari giperplaziyasi aniqlangan[10][11].

Vafotidan soʻng xotirasiga va nomidan qilingan ishlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Poytaxt koʻchalaridan birida Farhod Mannopov xotirasiga bagʻishlangan graffiti paydo boʻldi[12].
  • Farhod Mannopov hotirasiga bagʻishlab Oʻzbekistondagi ommaviy qoʻshiqlar ijrochilari boʻlgan Uzmir va Mira tomonidan „Mittilar“ nomli qoʻshiq kuylandi[13][14].
  • Farhod Mannopov hotirasiga bagʻishlab qoʻshiqchi Saidahmad Umarov „Xotira“ nomli qoʻshiq kuyladi[15].
  • Farxod Mannopov nomidan Afrikdagai talabalarga Qurʼon tarqatildi[16].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 „“MittiVine” asoschisi Farhod Mannopov vafot etdi“ (2023-yil 5-mart). Qaraldi: 2023-yil 9-mart.
  2. „Bloger Farhod Mannopovning o‘limi yuzasidan jinoiy ish ochiladimi?“ (2023-yil 5-mart). Qaraldi: 2023-yil 27-mart.
  3. „Farhod Mannopovning o‘limiga narkozni ko‘p berib yuborish sabab bo‘lgani aytilmoqda“ (2023-yil 5-mart). Qaraldi: 2023-yil 27-mart.
  4. „Bosh prokuratura Farhod Mannopovning o‘limi yuzasidan ma’lumot berdi“ (2023-yil 5-mart). Qaraldi: 2023-yil 27-mart.
  5. „Prokuratura Farhod Mannopov o`limi bilan bog`liq holat bo`yicha tekshiruv boshladi“ (2023-yil 5-mart). Qaraldi: 2023-yil 27-mart.
  6. „Farhod Mannopov o‘limi ortidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi“ (2023-yil 6-mart). Qaraldi: 2023-yil 27-mart.
  7. „Farhod Mannopovning oʻlimi yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi“ (2023-yil 6-mart). Qaraldi: 2023-yil 27-mart.
  8. „Mittivine асосчиси Фарҳод Маннопов вафот этди“ (2023-yil 5-mart). Qaraldi: 2023-yil 27-mart.
  9. „Bloger Farhod Mannopovning oʻlimi yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi“.
  10. „Mittivine – Farhod Mannopov vafot etgan klinika faoliyati to‘xtatildi“ (2023-yil 12-mart). Qaraldi: 2023-yil 27-mart.
  11. „“Star Med” клиникасининг фаолияти вақтинча тўхтатилди“ (2023-yil 11-mart). Qaraldi: 2023-yil 27-mart.
  12. „Farhod Mannopov xotirasiga bag‘ishlangan graffiti“. https://daryo.uz.
  13. „UZmir, Mira - Farhod Mannopov Mittivine Hotirasiga aytilgan tarona“. https://muzdo.net.
  14. „Uzmir va Mira - Mittilar (Farhod Mannopov Xotirasiga)“. https://muzfm.tv. 2023-yil 31-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 31-mart.
  15. „Saidahmad Umarov - Xotira (Farhod Mannopov)“. https://www.youtube.com.
  16. „Фарход Маннопов номларидан Африкадаги талабаларга қуръон тарқатилди.“. https://t.me/mittivines.