Faqiriy (shoir)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Faqiriy (taxallusi; asl ismsharifi Ismoilxon Shayx Ibrohimxon oʻgʻli Shahrisabziy) (1910, Shahrisabz — 1980.4.1, Kitob tumani) — shoir. Naqshbandiya tariqati silsilasini davom ettiruvchi murshid darajasiga erishgan. F. oʻzbek va tojik tillarida ijod qilgan. Shoirning "Devon", "Bayoz", "Ashʼori mutafarriqot" ("Parokanda baytlar") kabi sheʼriy toʻplamlari, shayx sifatida yozib qoldirgan "Risolai tariqi zikr" ("Zikr odobi risolasi"), "Risolai tariqat" no’mli tasavvufiy risolalari hamda duoxonlik, tibbiyotga bagʻishlangan "Kitobi adʼiya min mujarraboti Xalili Ixvon" ("Xalil Ixvon tomonidan qoʻllangan duolar kitobi") deb nomlangan asari koʻlyozmasi saqlangan.

As; Bayozi Faqiriy, T., 2005.

Ad. Kattayev K., Mahsumi Aʼzam va Dahbed, Samarkand, 1994; Vohidov Sh., Shahrisabzlik xattot va shoirlar [Ming yillar merosi], T., 2002.