Fanat Qahramonov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Fanat Qahramonov
Shaxsiy maʼlumotlari
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Tavallud sanasi 23-dekabr 1996-yil (1996-12-23) (27 yosh)
Samarqand viloyati
Sport
Qaysi sport Boks

Fanat Dilshodovich Qahramonov (tugʻ. 23-dekabr 1996-yil Samarqand, Oʻzbekiston) — oʻzbek bokschisi, oʻrta vaznda ishtirok etadi. Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi.

Martaba[tahrir | manbasini tahrirlash]

2018-yilda 75 kg vazn toifasida Fanat finalda Odiljon Aslonovni magʻlub etdi va Oʻzbekiston chempioniga aylandi.[1][2] .

2019-yilda Yekaterinburg (Rossiya) shahrida boʻlib oʻtgan boks boʻyicha jahon chempionatida 75 kg vazn toifasida moʻgʻulistonlik bokschi Davaanyamin Davaasurenni 5:0 hisobida magʻlub etgan [3][4] . 1/16 da u avstraliyalik Adrian Kammaranoni ham 5:0 hisobida magʻlub etdi. Ammo 1/8da braziliyalik Ebert Konseysanga 3:2 hisobida yutqazdi [5] . Oʻsha yili Oʻzbekiston chempionati finalida buxorolik bokschi Odiljon Aslonovga 2:3 hisobida magʻlub boʻldi[6].

2020-yilda Amman shahrida (Iordaniya) boʻlib oʻtgan Osiyo va Okeaniya bokschilari oʻrtasidagi lisenziya turnirida 75 kilogrammgacha boʻlgan vazn toifasida Fanat Qahramonov chorak finalda eronlik bokschi Seyidshahin Musaviyga yutqazib qoʻydi [7] .

Qahramonov 2021-yilda Tokioda (Yaponiya) boʻlib oʻtadigan yozgi Olimpiya oʻyinlariga litsenziya olishga muvaffaq boʻldi. U 75 kilogrammgacha boʻlgan vazn toifasidagi start jangida gruziyalik bokschi Giorgiy Xarabadzega qarshi ringga koʻtarilib, ishonchli gʻalabaga erishdi. 1/8-da u boks boʻyicha 2017-yilgi jahon chempionati kumush medali sovrindori qozogʻistonlik Abilxon Amanqul bilan uchrashdi. Biroq, u uni yenga olmadi va 5:0 [8][9] hisobida magʻlub boʻldi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „В Самарканде определили чемпионов республики по боксу“ (ru). uztag.info. Qaraldi: 2021-yil 27-iyul.
  2. 2018-12-17 11:48:00. „Fanat Qahramonov ham chempionga aylandi“ (uz). sports.uz (2018-yil 17-dekabr). Qaraldi: 2021-yil 27-iyul. [sayt ishlamaydi]
  3. Sputnik Узбекистан. „Узбекистан стартовал с победы на ЧМ по боксу в России“ (ru). Sputnik Узбекистан (9-sentyabr). Qaraldi: 2021-yil 27-iyul.
  4. „Киличев: конкурентами Кахрамонова на ЧМ будут боксеры Кубы и России“ (ru). Спорт РИА Новости (9-sentyabr). Qaraldi: 2021-yil 27-iyul.
  5. „Кахрамонов Фанат / Fanat Kakhramonov“ (ru). news.sportbox.ru. Qaraldi: 2021-yil 27-iyul.
  6. „Стали известны имена победителей чемпионата Узбекистана по боксу“ (ru). UzReport.news. Qaraldi: 2021-yil 27-iyul.
  7. „Фанат Кахрамонов не смог воспользоваться последним шансом“ (ru). Olamsport.com. Qaraldi: 2021-yil 27-iyul.
  8. „Фанат Кахрамонов победил грузинского боксёра (фото)“ (ru). Repost. Qaraldi: 2021-yil 27-iyul.
  9. Tokyo 2020 Summer Olympics — Athletes, Medals & Results (PDF), 2021-07-22da asl nusxadan (PDF) arxivlandi, qaraldi: 2021-11-02 {{citation}}: no-break space character in |title= at position 27 (yordam)