Kontent qismiga oʻtish

FC Dnipro

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
FC Dnipro
Toʻliq nomi Футбо́льний Клуб «Дніпро́»
Dnipro futbol klubi
Laqabi Qayiqlar
Asos solingan 1918 (106 yil avval) (1918)
Tugatilgan 2019[1]
Dnipro-Arena, Dnipro
Sigʻimi 33,993
Egasi Ihor Kolomoyskiy
Prezident Ihor Kolomoyskiy
Direktori Oleksandr Poklonskiy[2]
Vebsayti Klub sayti

Dnipro futbol klubi (ukraincha: Футбо́льний Клуб «Дніпро́») — Dnipro shahrida tashkil etilgan futbol klubi.

2018-yilda FIFA tomonidan Dnipro futbol klubi futbolchilar va menejerlarga vaʼda qilingan pul kompensatsiyalarini toʻlamaganligi uchun koʻplab qonuniy daʼvolar tufayli bankrot boʻlishga majbur boʻldi. Hozirgi paytda SC Dnipro-1 futbol klubi Dnipro futbol klubining norasmiy oʻrinbosari hisoblanadi[3].

Klub 1918-yilda tashkil etilgan. Sovet ittifoqi davrida klub SSR koʻngillilar sport jamiyati(inglizcha: Soviet Volunteer Sports Society) „Metallurg“ aʼzosi boʻlgan (shundan keyin Metallurg/Metalurh va Stal nomlarini olgan) va 1961-yilgacha Petrovskiy Dnipropetrovsk metallurgiya zavodi tomonidan moliyalashtirilgan. Keyinchalik klub Janubiy Yuzhmash mashinasozlik zavodi tomonidan qoʻllab-quvvatlandi va ruscha Dnepr, ukraincha Dnipro nomlari bilan faoliyat yuiritib kelmoqda. Dnepr nomi bilan xalqaro musobaqalarda qatnashgan. Sovet ittifoqi davrida klub Ukrainada joylashgan ikkinchi raqamli eng muvaffaqiyatli klub boʻlib, Sovet ittifoqining eng yuqori ligasida 1983 va 1988-yillarda gʻalaba qozongan. Sovet Sotsialistik Respublikalari Ittifoqi qulaganidan soʻng klub xususiylashtirilgan.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

BRIT[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub 1918-yilda Petrovskiy fabrikasi tomonidan tashkil etilgan va BRIT(ruscha: Брянский рабочий индустриальный техникум) deb nomlangan. Klub Katerynoslav hududiy chempionatida ishtirok etgan. BRIT klubi uy uchrashuvlarini „Sokil“ stadionida oʻtkazgan, bu kichik stadion Pushkin va Yuriy Savchenko koʻchalarining kesishmasida joylashgan. Bu stadionda BRIT klubidan tashqari yana toʻrtta klub uy uchrashuvlarini oʻtkazgan.

Petrovets — Stal — Metalurg[tahrir | manbasini tahrirlash]

Birinchi jahon urushi boshlanganida BRIT futbol klubi 1925-yil 9-mayga qadar tarqatib yuborilgan. Klub nomi 1926-yilda „Petrovets“ga oʻzgartirilgan va shu nomi bilan birinchi mavsumda ishtirok etgan. Klub 1936-yilda birinchi SSSR Oliy Ligasida Stal nomi bilan qatnashgan. 1947-yilda jamoa Dnipropetrovskning boshqa klubi Dnipropetsk Dynamo bilan birlashgandan soʻng SSSR Oliy Ligasida yana ishtirok etadi. 1949-yildan 1961-yilgacha jamoa Metallurg deb nomlangan. 1950-yildan 1952-yilgacha u yomon natijalar tufayli havaskorlar oʻrtasidagi chempionatga tushurilgan. 1954-yilda Metalurg Dnipropetrovsk USSR kubogining yarim finalida Spartak Yerevan klubi tomonidan tormor etilgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]