Evgeny Ustyugov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Evgeny Ustyugov
Shaxsiy maʼlumotlari
Fuqaroligi  Rossiya
Tavallud sanasi 4-iyun 1985-yil (1985-06-04) (38 yosh)
Krasnoyarsk
Sport
Qaysi sport (Biatlon)

Evgeniy Romanovich Ustyugov (ruscha: Евгений Романович Устюгов; 1985-yil 4-iyunda tugʻilgan) — rossiyalik sobiq biatlonchi. Changʻichilar oilasida tugʻilgan Ustyugov biatlon bilan uch yoshida tanishgan. U oʻz faoliyatini 2005-yilda oʻsmirlar oʻrtasidagi turnirlarda boshlagan, uch yildan soʻng Yevropa chempionatida professional boʻlgan. 2010-yilgi Qishki Olimpiada oʻyinlarida 15 km koʻrinishdagi ommaviy start erkaklar oʻrtasidagi poygada Olimpiya chempioni boʻlgan. 2010-yilgi Olimpiada oʻyinlari oldidan uning shaxsiy musobaqada jahon chempionatidagi eng yaxshi marrasi 20-oʻrin hisoblangan.

Anton Shipulin, Aleksey Volkov va Dmitriy Malyshko bilan birgalikda 2014-yil Rossiyaning Sochi shahrida boʻlib oʻtgan qishki Olimpiya oʻyinlarida erkaklar oʻrtasidagi estafetada oltin medalni qoʻlga kiritgan. 2013—2014-yilgi Jahon chempionati yakunlanganidan soʻng, Ustyugov faoliyatini yakunlaganini eʼlon qilgan[1].

2020-yil fevral oyida u doping qoidabuzarligi sababli 2013—2014-yilgi mavsumdagi barcha natijalar, jumladan, 2014-yilgi Olimpiada oʻyinlaridan diskvalifikatsiya qilingani eʼlon qilingan[2]. 2020-yil oktyabr oyida yangi sinovlar tufayli uning Vankuverdagi 2010-yilgi medali ham doping tufayli bekor qilinishi maʼlum boʻlgan[3][4].

Yoshligi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Evgeniy Ustyugov 1985-yil 4-iyunda Sovet Ittifoqining Krasnoyarsk shahrida sportchi oilasida tugʻilgan; onasi Olga Rudolfovna va otasi Roman Valeryevich changʻi sporti boʻyicha professional boʻlgan. Ustigov va uning ukasi Aleksandr uch yoshida changʻi uchishni boshlaganlar. Ustyugov klub sportida qatnashmagan, chunki ular uydan juda uzoqda boʻlgan. Uzoq vaqt davomida changʻi uchish, shuningdek, toqqa chiqish va togʻ changʻisi uning sevimli mashgʻulotlari hisoblangan. Maktabda u tez-tez sport tadbirlarida qatnashgan. Biatlon oyinlariga boʻlgan istedodini1997-yilda „Пионерская правда“ (Pionerskaya Pravda)[5] tadbirida kashf etgan. Uning oilasi Ustigovning professional biatlonchi boʻlish istagiga rozi boʻlishgan; uning birinchi murabbiyi Viktor Ermakov hisoblanadi.

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ustyugov oʻzining birinchi oʻsmirlar chempionatida 2005-yilda Finlandiyaning Kontiolahti shahrida qatnashib, yakkalik bahslarida 12-oʻrinni, sprint va taʼqib qilish bahslarida mos ravishda 42 va 36-oʻrinlarni egallagan. Meyn shtatining Presk-Ayle shahrida oʻtkazilgan yoshlar oʻrtasidagi biatlon boʻyicha jahon chempionatida u estafetada ikkinchi, yakka va taʼqib qilishda birinchi va sprintda toʻrtinchi oʻrinni egallagan[6]. Langdorf-Arbersee shahrida boʻlib oʻtgan Yevropa chempionatida Ustyugov estafeta bahslarida gʻolib boʻlgan[7]

Ustuygov 15 km ommaviy start musobaqasida gʻalaba qozongan(2010-yil 21-fevralda Vankuver)

Biatlon natijalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Barcha natijalar Xalqaro biatlon ittifoqidan olingan[8].

Olimpiya oʻyinlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

2 ta medal (1 ta oltin, 1 ta bronza)

Musobaqa Yakkalik Sprint Taʼqib qilish Ommaviy start Estafeta Aralash edtafeta
Kanada2010-yil Vankuver 4 15 15 DSQ (1-chi) DSQ (3-chi)
Rossiya2014-yil Sochi 38 16 5 19 DSQ (1-chi)

Jahon chempionatlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

2 ta medal (2 ta kumush)

Musobaqa Yakkalik Sprint Taʼqib qilish Ommaviy start Estafeta Aralash estafeta
Janubiy Koreya2009-yil Pxyonchxan 55 47 20 6
Rossiya2011-yil Xanti-Mansiysk 13 29 12 Kumush Kumush 6
Germaniya2012-yil Ruhpolding 50 30 DNS 10
Chexiya2013-yil Nové Město 48 9 16 16 4

Oʻsmirlar/yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionati[tahrir | manbasini tahrirlash]

3 ta medal (2 ta oltin, 1 ta kumush)

Musobaqa Yakkalik Sprint Taʼqib qilish Estafeta
Finlandiya2005-yil Kontiolahti 12 42 36
Qoʻshma Shtatlar2006-yil Presk oroli Oltin 4 Oltin Kumush

Shaxsiy gʻalabalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

3 ta gʻalaba

Mavsum Sana Manzil turi Daraja
2009—2010-yil



2009-yil 20-dekabr SloveniyaPokljuka 12.5 km taʼqib qilish Biatlon boʻyicha Jahon kubogi
2010-yil 9-yanvar GermaniyaOberhof 10 km sprint Biatlon boʻyicha Jahon kubogi
2010-yil 21-fevral KanadaVankuver 15 km ommaviy start Qishki Olimpiya oʻyinlari

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Retiring From Biathlon: Part 1, the Men“. International Biathlon Union (23-aprel 2014-yil). 2014-yil 8-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 4-avgust 2014-yil.
  2. „Russia to lose Sochi Olympic gold medal in new doping case“. AP NEWS (15-fevral 2020-yil). Qaraldi: 15-fevral 2020-yil.
  3. „Vancouver 2010 athlete to be stripped of Olympic gold medal | Offside“ (inglizcha). dailyhive.com. Qaraldi: 30-oktabr 2020-yil.
  4. „CAS Decision: Evgeny Ustyugov Found Guilty of AD-Rule Violation“ (26-oktabr 2020-yil).
  5. „ru:Евгений Устюгов: я полностью доволен – занял самое высокое место на Кубке мира в карьере“ (ruscha). Агентство спортивной информации «Весь спорт» (28-mart 2009-yil). 2014-yil 22-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 1-fevral 2011-yil.
  6. „IBU Datacenter“. International Biathlon Union. 2014-yil 28-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 12-dekabr 2012-yil.
  7. „ru:"Ижевской винтовке" дан старт“ ["Izevsk Rifle" started] (ruscha). Russian Biathlon Union (20-dekabr 2007-yil). 2013-yil 21-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 4-fevral 2011-yil.
  8. „Evgeny Ustyugov“. IBU Datacenter. International Biathlon Union. Qaraldi: 18-iyul 2015-yil.