Etzaz Hussain

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Etzaz Husayn (norv.: Etzaz Hussain) 1993-yil 27-yanvarda Norvegiya poytaxti Osloda dunyoga kelgan. Asli pokistonlik boʻlgan norveg futbolchisi, „Molde“ klubi yarim himoyachisi hisoblanadi[1].

Etzaz Hussain Futbol
Umumiy maʼlumotlari
Ism sharifi Etzaz Hussain
Tugʻilgan 27-yanvar 1993-yil(29 yosh)
Oslo, Norvegiya
Fuqaroligi Flag Norvegii Norvegiya
Flag Pakistana Pakistan
Boʻyi 189 sm
Vazni 77 kg
Pozitsiyasi yarim himoyachi
Hozirgi jamoasi
Klub Flag Norvegii Molde
Raqami 16
Logotip Vikisklada Wikimedia Commonsdagi media fayllar

Jamoalardagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Husayn faoliyatini Angliyaning "Manchester United"klubida boshlagan[2]. Biroq yuqori raqobat tufayli u asosiy jamoada debyut qila olmadi. 2011-yilda u vataniga, „Volerenga“ jamosiga qaytdi[3]. Lekin u yerda ham uch oy davomida bir daqiqa ham maydonga tushmadi. Oʻsha yili Etazaz „Fredrikstad“ klubi bilan shartnoma imzoladi[4]. 25-aprel kuni u Tippeligda „Stabaek“ jamosiga qarshi debyut qildi[5]. 16-oktabr kuni „Xaugesund“ga qarshi kechgan duelda Husayn jamoasi safidagi ilk golini urdi[6].

2012-yilning yozida Etzaz „Molde“ klubiga koʻchib oʻtdi[7]. Transfer summasi 400 ming yevroni tashkil qildi. 4-avgust kuni „Sogndal“ga qarshi oʻyinda u yangi klubi safida debyut qildi[8]. 12-avgust kuni „Alesund“ga qarshi duelda Husayn „Molde“ tarkibida birinchi golini urdi[9]. Jamoa bilan Etzaz ikki marta chempionlik va Norvegiya kubogini qoʻlga kiritdi.

2016-yil boshida Husayn Turkiyaning „Sivasspor“ klubiga oʻtib, 2,5 yillik shartnoma imzoladi[10]. 16-yanvar kuni „Galatasaroy“ga qarshi oʻyinda u Turkiya Superligasida debyut qildi[11]. Oʻsha yilning yozida Etzaz Xorvatiyaning „Rudesh“ jamoasiga oʻtdi. 29-oktabr kuni „Solin“ga qarshi oʻyinda u Xorvatiya ikkinchi divizionida debyut qildi[12]. 2017-yil boshida Husayn „Molde“ga qaytdi. Oʻsha yilning yozida Etzaz „Odd“ klubiga ijaraga oʻtdi. 21-sentabr kuni „Tromso“ga qarshi oʻyinda u yangi jamoada debyut qildi[13]. Xuddi shu oʻyinda Husayn „Odd“ uchun birinchi golini urdi. Ijara muddati tugagach, u „Molde“ga qaytdi.

Statistika[tahrir | manbasini tahrirlash]

2022-yil 28-avgust holatida[14]
Jamoa Mavsum Liga Kubok Yevropa Boshqa Jami
Divizion Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar
Fredrikstad 2011 Tippeligaen 20 2 4 1 24 3
2012 12 3 2 1 14 4
Jami 32 5 6 2 38 7
Molde 2012 Tippeligaen 10 2 2 0 8 0 20 2
2013 22 2 6 1 3 0 31 3
2014 19 1 6 0 2 0 27 1
2015 27 1 3 0 11 2 41 3
Jami 78 6 17 1 24 2 119 9
Sivasspor 2015-16 Süper Lig 8 0 0 0 8 0
Rudeš 2016-17 FavBet Druga liga 3 0 1 0 4 0
Molde 2017 Eliteserien 13 1 4 1 17 2
2018 23 5 2 0 7 1 32 6
2019 15 4 2 0 8 1 0 0 25 5
2020 28 8 0 0 11 2 0 0 39 10
2021 27 2 1 0 4 1 0 0 29 2
2022 11 1 3 0 4 1 0 0 18 2
Jami 117 21 12 1 34 6 0 0 163 28
Odd (ijara) 2017 Eliteserien 11 3 0 0 0 0 11 3
Umumiy karerasida 249 35 36 4 58 8 0 0 343 47

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Sarwar, Shazia. „Årets vinnere av Blendprisen“ (Norwegian). Blend (2010-yil 3-oktyabr). 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 17-sentyabr.
  2. „Norsk 16-åring klar for United“ (no). dagbladet.no. Dagbladet (2009-yil 27-yanvar). 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 13-fevral.
  3. „Etzaz Hussain fra United til Vålerenga“ (no). tv2.no. TV 2 (2011-yil 18-yanvar). Qaraldi: 2012-yil 13-fevral.
  4. „Etzaz Hussain klar for FFK“ (no). fredrikstadfk.no. Fredrikstad FK (2011-yil 17-mart). 2011-yil 22-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 13-fevral.
  5. „Стабек VS. Фредрикстад 3:1“ (en). soccerway.com (2011-yil 25-aprel).
  6. „Хёугесунн VS. Фредрикстад 3:2“ (en). soccerway.com (2011-yil 16-oktyabr).
  7. „Fredrikstad selger Etzaz Hussain til Molde“ (no). tv2.no. Qaraldi: 2014-yil 14-aprel.
  8. „Мольде VS. Согндал 2:1“ (en). soccerway.com (2012-yil 4-avgust).
  9. „Олесунн VS. Мольде 0:1“ (en). soccerway.com (2012-yil 12-avgust).
  10. „Etzaz Hussain Medicana Sivasspor´da“ (tr). www.sivasspor.org.tr. Sivasspor (2016-yil 7-yanvar). 2018-yil 27-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 8-yanvar.
  11. „Галатасарай VS. Сивасспор 3:1“ (en). soccerway.com (2016-yil 16-yanvar).
  12. „Солин VS. Рудеш 2:0“ (en). soccerway.com (2016-yil 29-oktyabr).
  13. „Тромсё VS. Одд 2:2“ (en). soccerway.com (2017-yil 21-sentyabr).
  14. „Etzaz Hussain“ (no). nifs.no. A-pressen. Qaraldi: 2013-yil 17-mart.