Estoniyada xristianlik dini

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Estoniyada xristianlik dini mamlakatda eng keng tarqalgan din hisoblanadi. Estoniyada koʻpgina Yevropa mamlakatlari kabi aholisining koʻp qismi xristianlik diniga eʼtiqod qiladi.

Estoniyalik nasroniylar soni haqidagi maʼlumotlar turlicha. Pew Research Center maʼlumotlariga koʻra, 2010-yilda Estoniyada 550 000 nasroniy yashagan, bu Estoniya aholisining 41,3 % ni tashkil etgan[1][2]. J. G. Meltonning „Dunyo dinlari entsiklopediyasi“ 2010-yilda nasroniylarning ulushini 72,4 % deb maʼlumotlarni aytib oʻtgan[3]. Estoniyaa davlatida xristianlik diniga eʼtiqoq qiluvchi aholi mamlakat boʻylab bir tekisda tarqalgan. Estoniya mamlakatida jahonning koʻpgina mamlakatlari singari diniy va millatlar aro bagʻrikenglik taʼminlangan boʻlib har bir davlat fuqorolari oʻz eʼtiqodlariga koʻra erkin yashashlari mumkin. Estoniyada shuningdek xristianlik dinidan tashqari nisbatan migratsiya hisobiga Islom dini ham tarqalgan, shuningdek Estoniya davlati fuqorolari orasida ateist (dinsizlar) ham keng tarqalgan.

2000-yilda Estoniyada 29 xil nasroniy konfessiyalariga mansub 567 ta xristian cherkovlari va ibodat joylari mavjud boʻlgan[4].

Estoniyaliklar bilan bir qatorda, mamlakatda istiqomat qiluvchi ruslar, virular, ukrainlar, belaruslar, finlar, litvaliklar, latvlar, polyaklar, nemislar, armanlar va boshqa millatlar ham xristianlik diniga eʼtiqod qiladi.

1989-yildan buyon mamlakatda katoliklar, pravoslavlar va protestantlarni birlashtirgan Estoniya cherkovlar kengashi faoliyat yuritib kelmoqda. Estoniya davlatining konservativ evangelist cherkovlari Butunjahon Evangelist Alyansi bilan bogʻliq boʻlgan Estoniya Evangelist Alyansiga birlashtirilgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Global Christianity“ (en). The Pew Forum on Religion & Public Life (2011-yil 19-dekabr). 2013-yil 22-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 13-may.
  2. „Christian Population as Percentages of Total Population by Country“ (en). The Pew Research Center's Religion and Public Life Project (12-19-2011). 2012-yil 7-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 25-dekabr.
  3. J. Gordon Melton. Religions of the World: A Comprehensive Encyclopedia of Beliefs and Practices. Oxford, England: ABC CLIO, 2010 — 168 bet. ISBN 1-57607-223-1. 
  4. Patrick Johnstone, Jason Mandryk „Estonia“,. Operation World 2001, Operation World Series. London: Paternoster Publishing, 2001. ISBN 1-8507-8357-8. 

Shuningdek[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Estoniyada din
  • Estoniyada katoliklik
  • Estoniyada pravoslavlik