Estoniyada inson huquqlari
Estoniyada inson huquqlari (estoncha: Inimõigused Eestis) — Estoniya Respublikasi konstitutsiyasining ikkinchi bobida belgilangan. Davlat (Oliy) sudida ombudsman („adliya kansleri“ yoki „huquq kansleri“) va konstitutsiyaviy nazorat hay’ati mavjud.
Estoniyada inson huquqlari hukumat darajasida himoya qilinadi. Biroq, qamoqda saqlash sharoitlari, politsiya kuchlarining haddan tashqari koʻp ishlatilishi va bolalarga nisbatan zoʻravonlik kabi baʼzi sohalarda xavotirlar mavjud[1]. Estoniyadagi inson huquqlari darajasi Yevropada inson rivojlanishida nuqsoni boʻlgan oʻrta sinf demokratiyasi sifatida tasniflangan[2]. Fuqarolarga Estoniya hukumati tomonidan ratifikatsiya qilingan konstitutsiya, qonun hujjatlari va inson huquqlari boʻyicha shartnomalar asosida qogʻozdagi asosiy huquqlar kafolatlanadi. 2023-yilga kelib Estoniya matbuot erkinligi boʻyicha dunyoda 8-oʻrinni egallagan[3].
Estoniyadagi Human Rights Watch, 1993-yilda Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti va 2008-yilda BMTning Inson huquqlari boʻyicha Oliy komissari kabi qator xalqaro va inson huquqlari tashkilotlari koʻzga koʻrinadigan muammolar yoki harakatlarni aniqlamagan. Inson huquqlarini muntazam ravishda suiisteʼmol qilish yoki etnik sabablarga koʻra kamsitish, boshqalari, masalan, 2009-yilda Xalqaro Amnistiya tashkiloti „immigrantlar va ruslar etnik estoniyaliklardan koʻra ishsizlikdan deyarli ikki baravar koʻp qiynalayotgani“ haqida xabar bergan[4].
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Shimoliy salib yurishlari va Boltiqboʻyi mintaqasida Germaniya hukmronligi davridan beri sakkiz asr davomida estonlarning shaxsiy inson huquqlari va etnik birlik sifatida jamoaviy huquqi muntazam ravishda buzilgan. Buning ortidan Rossiya imperiyasining ikki asrlik istilosi va Sovet Ittifoqining yarim asrlik mustabidi davrida Estoniyada inson huquqlarini rivojlantirish uchun sharoit yuzaga kelgan.
1918-yilda Rossiya imperiyasining parchalanishi natijasida Estoniya mustaqillikka erishgan. Davlatning 1920-yilda qabul qilingan birinchi konstitutsiyasi oʻsha davrda standart boʻlgan fuqarolik va siyosiy huquqlarning kafolatlarini oʻz ichiga olgan[5]. 1925-yildagi Madaniy avtonomiya toʻgʻrisidagi qonun eston millatiga mansub boʻlmagan fuqarolarning jamoaviy huquqlarini himoya qilish uchun innovatsion qonunchilik namunasi boʻlgan[5]. Shuningdek, Estoniya SSRning 1940 va 1978-yillardagi konstitutsiyalarida inson huquqlariga oid qoidalar boʻlsa-da, ularda huquqiy mexanizmlar yoʻq edi.
Estoniya xalqaro inson huquqlari tizimida
[tahrir | manbasini tahrirlash]2010-yil oxirigacha Inson huquqlari boʻyicha Yevropa sudi Estoniyaga qarshi qoʻzgʻatilgan ishlar boʻyicha 23 ta qaror chiqargan (2001-yildan beri)[6]. 19 ta holatda Inson huquqlari boʻyicha Yevropa konvensiyasi yoki uning protokollarini kamida bir marotaba buzganligini aniqlagan. 2001-yilda Estoniya Birlashgan Millatlar Tashkilotining Inson huquqlari boʻyicha Oliy komissarligiga doimiy vakil yuborgan.
2020-yil mart oyida Estoniya koronavirus pandemiyasi tufayli Inson huquqlari boʻyicha Yevropa konvensiyasi hamda Fuqarolik va siyosiy huquqlar toʻgʻrisidagi paktdan vaqtincha chiqishini eʼlon qilgan.
Milliy ozchiliklarning huquqlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]2007-yilda „Amnesty International“ xalqaro inson huquqlari tashkiloti „kam sonli soʻzlashuvchilarga ega ozchilik vakilari til sinovidan choʻchishadi“ deb taʼkidlagan[7]. Amnesty International Til inspeksiyasini „barcha estoniyaliklarning oʻz huquqlaridan teng foydalanishiga toʻsqinlik qiluvchi repressiv va jazolovchi organ“ deb atagan[7].
Inson huquqlari faollari Estoniya hukumatini 2007-yil fevralida Til qonuniga kiritilgan tuzatishlarni qayta koʻrib chiqishga va „repressiv, jazolovchi va oʻta jirkanch choralar“dan koʻra konstruktiv harakatlarga oʻtishga undagan[7].
Inson huquqlari himoyachilariga koʻra, Estoniyada ishga joylashish uchun „qattiq til talablari“ BMT, Yevropa Kengashi va fuqarolik jamiyati vakillari tomonidan tanqid qilingan. „Amnesty International“ tashkiloti „boshqa ozchiliklar mehnat bozorida noqulay ahvolda“ va ularning ishsizlik darajasi „nomutanosib darajada yuqori“ degan xulosaga kelgan[7].
Inson huquqlari boʻyicha shartnomalarda ishtiroki
[tahrir | manbasini tahrirlash]Estoniya Yevropa Kengashi[8] va BMTning inson huquqlari boʻyicha asosiy shartnomalarida ishtirok etadi[9]. BMTning irqiy kamsitishning barcha shakllariga barham berish toʻgʻrisidagi xalqaro konvensiyasi (Estoniya 1991-yilda konvensiyaga qoʻshilgan, 2010-yildan individual shikoyatlarga ruxsat berilgan), Fuqarolik va siyosiy huquqlar toʻgʻrisidagi xalqaro pakt (1991-yilda qoʻshilgan), iqtisodiy, pjtimoiy va madaniy huquqlar toʻgʻrisida xalqaro pakt (1991), Ayollarga nisbatan kamsitishning barcha shakllariga barham berish toʻgʻrisidagi konvensiya (1991), Qiynoqlar va boshqa shafqatsiz, gʻayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala yoki jazoga qarshi konvensiya (1991), Bola huquqlari toʻgʻrisidagi konventsiya (1991), Barcha mehnat migrantlari va ularning oila aʼzolarining huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida xalqaro konvensiya (Latviya ushbu Konvensiyani imzolamagan), Nogironlar huquqlari toʻgʻrisidagi konvensiya (Parlament tomonidan 2012-yilda ratifikatsiya qilingan) va boshqa shu kabi inson huquqlari boʻyicha konvensiyalarga qoʻshilgan.
Estoniya Yevropa Kengashi Inson huquqlari va asosiy erkinliklarini himoya qilish toʻgʻrisidagi Yevropa konvensiyasi (1996-yilda ratifikatsiya qilingan), Yevropa ijtimoiy xartiyasi (2002-yilda ratifikatsiya qilingan), Qiynoqlar va gʻayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala yoki jazoning oldini olish toʻgʻrisidagi Yevropa konventsiyasi (1996-yilda ratifikatsiya qilingan), Mintaqaviy yoki ozchilik tillari boʻyicha Yevropa Xartiyasi (imzolanmagan), Milliy ozchiliklarni himoya qilish boʻyicha doiraviy konvensiya (imzolanmagan), Biologik va tibbiy yutuqlarni qoʻllash bilan bogʻliq inson huquqlari va qadr-qimmatini himoya qilish toʻgʻrisidagi konvensiya (2002-yilda ratifikatsiya qilingan) va boshqa inson huquqlari boʻyicha hujjatlarga qoʻshilgan.
Hisobot berish tartib-qoidalari boʻyicha soʻnggi nashr etilgan hujjatlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ekspert organi | Estoniya hisoboti | Ekspert organi hujjati |
Inson huquqlari qoʻmitasi | 2018 | 2019 |
Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar qoʻmitasi | 2017 | 2019 |
Irqiy kamsitishlarga barham berish qoʻmitasi | 2019[10] | 2014[11] |
Qiynoqlarga qarshi qoʻmita | 2011 | 2013[12] |
Bolalar huquqlari qoʻmitasi | . | 2017[13] |
Ayollarga nisbatan kamsitishlarga barham berish qoʻmitasi | 2015 | 2016[14] |
Ijtimoiy huquqlar boʻyicha Yevropa qoʻmitasi | 2020 | 2019—2020[15] |
Qiynoqlarning oldini olish boʻyicha Yevropa qoʻmitasi | hisobga olinmagan | 2019[16] |
FCNM maslahat qoʻmitasi | 2019 | 2015[17] |
Irqchilik va murosasizlikka qarshi Yevropa komissiyasi | hisobga olinmagan | 2015 |
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Polity IV Country Report 2010: Estonia. Vienna: Center for Systemic Peace, 2010.
- ↑ „Statistics of the Human Development Report“. en:United Nations Development Programme (2008). Qaraldi: 2009-yil 5-iyun.
- ↑ „Estonia | RSF“ (en). rsf.org (2023-yil 1-dekabr). Qaraldi: 2023-yil 15-dekabr.
- ↑ „Amnesty International Report 2009“. en:Amnesty International (2009). 2009-yil 10-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 5-iyun.
- ↑ 5,0 5,1 Toivo Miljan, Historical dictionary of Estonia, Scarecrow Press, 2004, p253
- ↑ Estonia: Press country profile European Court of Human Rights Press Unit, 2011
- ↑ 7,0 7,1 7,2 7,3 Document — Estonia: Language police gets more powers to harass | Amnesty International
- ↑ Dogovori Soveta Yevropi o pravax cheloveka, v kotorix Estoniya uchastvuet[sayt ishlamaydi] i podpisannie Estoniey[sayt ishlamaydi]
- ↑ „UN human rights treaties“. 2016-yil 16-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 3-yanvar.
- ↑ „доклад CERD/C/EST/12-13“. 2020-yil 11-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 9-aprel.
- ↑ „Заключительные замечания Комитета по ликвидации расовой дискриминации CERD/C/EST/CO/10-11“. 2017-yil 29-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 16-yanvar.
- ↑ Vivodi i rekomendatsii Komiteta protiv pitok
- ↑ „Concluding Observations - CRC - Estonia“. 2017-yil 29-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 7-aprel.
- ↑ „Treaty bodies Download“. 2017-yil 30-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 7-aprel.
- ↑ „Заключения ЕКСП 2019 года (приняты в 2020 г.) по докладу Эстонии по статьям 7, 8, 16, 17, 19, 27, 31 ПЕСХ“. 2020-yil 11-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 9-aprel.
- ↑ Doklad YeKPP po vizitu v 2017 g.
- ↑ „Мнение Консультативного комитета по Четвёртому докладу Эстонии“. 2016-yil 1-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 9-yanvar.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OHCHR portalida Estoniyada inson huquqlari
- Yevropa Kengashi tomonidan Estoniya boʻyicha hujjatlar Ru: Inson huquqlari boʻyicha komissar
- Irqchilik va murosasizlikka qarshi Yevropa komissiyasi tomonidan Estoniya boʻyicha hujjatlar
- Estoniya boʻyicha hujjatlar
- Yevropada inson huquqlari. 2019 yil sharhi p. 26
- Estoniya: Tinch yigʻilishlar erkinligi huquqi himoya qilinishi kerak (2006), Estoniyada lingvistik ozchiliklar: diskriminatsiyaga chek qoʻyilishi kerak (2007)
- Adliya kansleri
- Inson huquqlari boʻyicha huquqiy axborot markazi (Wayback Machine saytida 2022-05-28 sanasida arxivlangan)
- Estoniya Inson huquqlari instituti
- Estoniya Inson huquqlari markazi