Inson huquqlari boʻyicha Yevropa sudi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Inson huquqlari bo'yicha Yevropa sudi
Tashkil topgan
  • 1959 (ilk marta)
  • 1998 (doimiy faoliyat)
Yurisdiksiya Yevropa Konsullgining 46 ta aʼzo davlati
Joylashuvi Strasburg, Fransiya
Coordinates 48°35′48″N 07°46′27″E / 48.59667°N 7.77417°E / 48.59667; 7.77417 G OKoordinatalari: 48°35′48″N 07°46′27″E / 48.59667°N 7.77417°E / 48.59667; 7.77417 G O
Composition method Aʼzo davlatlar tomonidan tayinlanadi va Yevropa Kengashi Parlament Assambleyasi tomonidan saylanadi
Authorized by Inson huquqlari bo'yicha Yevropa sudi
Appeals to Inson huquqlari bo'yicha Yevropa sudi Bosh palatasi
Number of positions 46 ta aʼzo davlatdan bittadan vakil tanlanib 46 ta sudyadan iborat
Website echr.coe.int
Prezident
Currently Síofra O'Leary
Since 2013-yil (sudya), 2020-yil (Prezident)

Inson huquqlari boʻyicha Yevropa sudi (Strasburg sudi sifatida ham barchaga maʼlum[1]) — Yevropa Kengashining xalqaro sudi boʻlib, Inson huquqlari boʻyicha Yevropa konvensiyasini amalda qoʻllaydi. Sud konvensiyaga aʼzo boʻlgan davlatlarning yoki uning huquqiy bayonnomalarida keltirib oʻtilgan bir yoki bir nechta inson huquqlari buzganligida arizalarni qabul qiladi va koʻrib chiqadi. Sud Fransiyaning Strasburg shahrida joylashgan.

Sud 1959-yilda tashkil etilgan va oʻzining birinchi ishini 1960-yilda Lawlessning Irlandiyaga qarshi sud ishida hal qilgan. Ariza jismoniy shaxs, bir guruh shaxslar yoki bir yoki bir nechta boshqa Ahdlashuvchi (yaʼni ushbu konvesiyani qabul qilgan) davlatlar tomonidan berilishi mumkin. Sud qarorlardan tashqari, tavsiyaviy xulosalari ham berishi mumkin. Konvensiya Yevropa Kengashi tomonida olib borilgan tashkiliy ishlari natijasida qabul qilingan va unga aʼzo 46 davlatning barchasi konvensiyaning ahdlashuvchi tomonlari hisoblanadi. Sudning sud talqinining asosiy vositasi ayni vaqtdagi hujjat doktrinasi boʻlib, Konvensiya bugungi kun sharoitlarini hisobga olgan holda talqin qilinadi.

Xalqaro huquqshunos olimlar Inson huquqlari boʻyicha Yevropa sudini dunyodagi eng samarali inson huquqlari boʻyicha xalqaro sud deb hisoblaydilar[2][3][4][5][6]. Shunga qaramay, aʼzo davlatlar tomonidan sud hukmlari bajarilmayapti va Yevropa sudi shu sababli bir qancha muammolarga duch kelmoqda.

Tarixi va tuzilishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

1948-yil 10-dekabrda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasini qabul qildi. Ushbu deklaratsiyaning maqsadi xalqaro miqyosda inson huquqlarini himoya qilishni kuchaytirish maqsadida unda belgilangan huquqlarning umumeʼtirof etilishiga koʻmaklashishdir. Birinchi marta xalqaro huquqiy normani oʻrnatishda juda muhim rol oʻynagan boʻlsa-da, deklaratsiya mohiyatan „kuchsiz“ hisoblangan va sudning ijro mexanizmi amalda boʻlmagan. 1949-yilda yangi tashkil etilgan Yevropa Kengashining oʻn ikki aʼzo davlati Deklaratsiyada belgilangan huquqlardan inobatga olib, Inson huquqlari boʻyicha Yevropa konvensiyasi ustida ishlashni boshladilar. Yevropa mamlakatlari uchun unga aʼzo boʻlish ular oʻz fuqarolarining asosiy huquqlarini hurmat qilishlarini taʼminlash va sud mexanizmi orqali ularning huquqlarini himoya qilishni anglatgan.

Sud 1959-yil 21-yanvarda Inson huquqlari boʻyicha Yevropa konvensiyasining 19-moddasi asosida tashkil etilgan boʻlib, uning birinchi aʼzolari Yevropa Kengashi Parlament Assambleyasi tomonidan saylangan. Dastlab, sudga kirish 1998-yilda bekor qilingan Inson huquqlari boʻyicha Yevropa komissiyasi tomonidan cheklangandi[7][8]. Sud oʻzining birinchi yillarida faol ish olib bormadi va koʻp sud amaliyoti bilan duch kelmadi. Birinchi sud ishi Neumeister Avstriyaga qarshi qilgan daʼvosi (1968-yil) ishida qoidabuzarlik topilishi bilan boshlandi[8]. Konvensiya sudga amaldagi konvensiya va uning protokollariga nisbatan shartnoma tuzuvchi davlatlar tomonidan qabul qilingan majburiyatlarga rioya etilishini taʼminlash, yaʼni Yevropa Kengashiga aʼzo davlatlarda Yevropa konvensiyasining bajarilishi va amalda qoʻllashini taʼminlash vazifasini yuklaydi.

Sudyalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Inson huquqlari boʻyicha Yevropa sudining sud zali

Sudyalar toʻqqiz yillik muddatga qayta saylanmaslik sharti bilan saylanadi[9]. Sudda doimiy faoliyat olib boradigan sudyalar soni Inson huquqlari boʻyicha Yevropa konvensiyasiga aʼzo davlatlar soniga teng miqdorda belgilanadi va hozirda 46 ta davlat aʼzo hisoblanadi. Konvensiya sudyalardan „yuqori darajada xolis“ boʻlishi va oliy sudyalik lavozimiga mos malakaga ega boʻlishi yoki talab darajasiga javob beruvchi malakaga ega huquqshunos boʻlishi shart.

Har bir sudya Yevropa Kengashi Parlament Assambleyasida har bir Ahdlashuvchi davlat tomonidan koʻrsatilgan uchta nomzod orasidan koʻpchilik ovoz bilan saylanadi[10]. Sudyalar ularning vakolat muddati tugaganda yoki konvensiyaga yangi davlat qoʻshilganda saylanadi. Sudyalarning nafaqaga chiqish yoshi 70 yoshni tashkil etadi. Biroq ular yangi sudya saylangunga qadar yoki ular boshlagan sud ishlari tugaguniga qadar sudyalik faoliyatini davom ettirishi mumkin.

Sudyalar oʻz vazifalarini individual ravishda bajaradilar va ular saylangan davlat bilan har qanday institutsional yoki shunga oʻxshash aloqalarga ega boʻlishlari taqiqlanadi. Sudning mustaqilligini taʼminlash maqsadida sudyalarning sudning mustaqilligiga putur yetkazishi mumkin boʻlgan faoliyatda ishtirok etishiga yoʻl qoʻyilmaydi. Agar sudyalar sud jarayonidagi taraflar (ulardan biri) bilan oilaviy yoki kasbiy munosabatlarga ega boʻlsa, ular ishni koʻrib chiqa olmaydi yoki hal qila olmaydi. Agar boshqa sudyalar koʻpchilikning uchdan ikki qismining ovozi bilan sudya talab qilingan shartlarni bajarishni toʻxtatganligi toʻgʻrisida qaror qabul qilgan taqdirdagina sudya lavozimidan ozod etilishi mumkin. Sudyalar sudyalik faoliyati davomida Yevropa Kengashi Nizomining 40-moddasida nazarda tutilgan imtiyoz va immunitetlardan foydalanadilar.

Yurisdiksiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sud Yevropa Kengashiga aʼzo davlatlar orasida yurisdiksiyaga ega boʻlib,Yevropaning deyarli barcha mamlakatlari kiradi. Biroq Vatikan, Belarus va Rossiya davlatlari ushbu sud yurisdiksiyasiga kirmaydi.Sudning yurisdiksiyasi odatda quyidagi uch guruhga: davlatlararo ishlarga, shaxslarning Ahdlashuvchi davlatlarga nisbatan arizalariga va 2-sonli bayonnomaga muvofiq maslahat xulosalariga boʻlinadi. Jismoniy shaxslarning arizalari sud tomonidan koʻrilgan ishlarning aksariyat qismini tashkil qiladi[11]. Qo'mita uchta sudyadan, palatalar yettita sudyadan va Katta palata 17 sudyadan iborat.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Anagnostou, Dia. European Court of Human Rights: Implementing Strasbourg's Judgments on Domestic Policy. Edinburgh University Press, 30 April 2013 — 27 bet. ISBN 978-0-7486-7058-1. 
  2. von Staden, Andreas. Strategies of Compliance with the European Court of Human Rights: Rational Choice Within Normative Constraints (en). University of Pennsylvania Press, 2018 — 1 bet. ISBN 978-0-8122-5028-2. 
  3. Ľalík, Tomáš (2011). "Understanding the Binding Effect of the Case-Law of the ECtHR in Domestic Legal Order". International Conference: Effectiveness of the European System of Protection of Human Rights. doi:10.2139/ssrn.1951830. 
  4. Helfer, L. R. (2008). "Redesigning the European Court of Human Rights: Embeddedness as a Deep Structural Principle of the European Human Rights Regime". European Journal of International Law 19 (1): 125–159. doi:10.1093/ejil/chn004. 
  5. Emmert, Frank; Carney, Chandler (2017). "The European Union Charter of Fundamental Rights vs. The Council of Europe Convention on Human Rights and Fundamental Freedoms - A Comparison" (en). Fordham International Law Journal 40 (4). https://ir.lawnet.fordham.edu/cgi/viewcontent.cgi?article=2674&context=ilj. 
  6. Goldhaber, Michael. A People's History of the European Court of Human Rights (en). Rutgers University Press, 2008 — 2 bet. ISBN 978-0-8135-4461-8. 
  7. „The court in brief“. European Court of Human Rights. 2022-yil 9-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 11-fevral.
  8. 8,0 8,1 Bates, Ed. The Evolution of the European Convention on Human Rights: From Its Inception to the Creation of a Permanent Court of Human Rights. Oxford University Press, 2010 — 179–180 bet. ISBN 978-0-19-920799-2. 
  9. „Protocol no.14 Factsheet: The reform of the European Court of Human Rights“. Council of Europe (2010-yil may). Qaraldi: 2011-yil 25-sentyabr.
  10. „Main“. Website-pace.net. Qaraldi: 2019-yil 23-may.
  11. Smith, Rhona K.M.. The essentials of Human Rights. Hodder Arnold, 2005 — 115 bet. ISBN 0-340-81574-4. 

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]