Esse (Finlandiya)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Esse

Esse — Ähtävä
Sobiq munitsipalitet
Skyline of Esse
Esse
Gerb
63°35′0″N 23°3′0″E / 63.58333°N 23.05000°E / 63.58333; 23.05000 G OKoordinatalari: 63°35′0″N 23°3′0″E / 63.58333°N 23.05000°E / 63.58333; 23.05000 G O
Mamlakat Finlandiya
Aholisi
 (1976-12-31[1])
2 281
Vaqt mintaqasi UTCEET
Esse xaritada
Esse
Esse

Esse (fin: Ähtävä) — Finlandiyaning sobiq munitsipaliteti, hozirda Pedersörening qishlogʻi. Qishloqning 3000 nafarga yaqin aholisi bor, ularning taxminan 94% qismi shved tilida soʻzlashuvchi finlar, qolganlari esa fin tilida soʻzlashuvchilardir. Qishloq Pedersöre munitsipalitetining shimoli-sharqiy qismida joylashgan.

Esse 1977-yilda Pedersörega birlashtirildi.

Qishloq boʻylab Esse daryosi oqib oʻtadi. Bu daryo chuchuk suvli marvarid midiya (Margaritifera margaritifera) topilishi mumkin boʻlgan oxirgi joylardan biridir.

Qishloqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Esse 4 ta kichik qishloqqa boʻlingan:

  • Överesse (bu yerda cherkov joylashgan)
  • Ytteresse
  • Bäckby
  • Lappfors

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Aholi punkti oʻz nomini Esse/Ähtävänjoki daryosi nomidan olgan. Bu nom Ähtäri bilan bogʻliq, chunki daryo dastlab Ähtärinjärvi koʻlidan boshlangan. Hozirgi vaqtda esa Evijärvi koʻlidan boshlanadi. Asl fin talaffuzida qishloq nomi Ätsävä edi, yaqin atrofdagi lahjalarda Ässävä deb talaffuz qilinadi, bu esa oʻz navbatida shvedcha Esse nomining kelib chiqishiga turtki boʻlgan. Hozirgi Finlandiya nomi XIX asr oxirida rasmiylashtirildi.

Esse kamida 1488-yildan beri mavjud. U Pedersöre cherkovining bir qismi boʻlib, 1732-yilda oʻz cherkoviga ega boʻldi va 1865-yilda alohida cherkov hamda munitsipalitetga aylandi. Qishloq 1977-yilgacha mustaqil boʻlib qoldi, keyinchalik u qoʻshni Purmo bilan birga yana Pedersöre tarkibiga kiritildi[2].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Structure of Population and Vital Statistics by Commune as of 31 Dekabr 1976“ (fi, sv). Official statistics of Finland. Qaraldi: 7 sentyabr 2021.
  2. „SuomalainenPaikannimikirja_e-kirja_kuvallinen.pdf“ (fi). kaino.kotus.fi. Qaraldi: 2022-yil 15-oktyabr.