Teyshebaini
Teyshebaini — Urartu davlatining yirik markazi (mil. av. 7—6-asr). Yerevan shahridagi Karmir Blur tepaligida qalʼa xarobalari saklangan. Mahobatli inshoot qoldiqlari (150 ga yaqin xona — ustaxonalar, omborxonalar, don omborxonalari, vino saqlanadigan yertoʻlalar va boshqalar) aniklangan. Qalʼa atrofida toʻgʻri rejalashtirilgan shahar joylashgan. T.dan koʻplab qurolaslahalar (jumladan, Urartu shoxlariga tegishli serbezak dubulgʻalar, sadoqlar, qalqrnlar, qilichlar va boshqalar), sanʼat buyumlari, taqinchoqlar, mixxat yozuvlari topilgan. Mil. av. 585-yil T. mahalliy va skif kabilalari tomonidan vayron etilgan....TEKA (yun. theke — ombor; idish, yashik) — oʻzlashma qoʻshma soʻzlarning ikkinchi qismi; bir turdagi narsalarning toʻplamini hamda shu toʻplamlar saqlanadigan bino, xona maʼnolarini bildiradi (mas., biblioteka, kartoteka, fonoteka, diskoteka kabi).
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |