Enis Alushi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Enis Alushi
Fayl:Alushi, Enis FCSP 15—16 WP (cropped2).jpg
Alushi FC St. Pauli safida, 2015-yil
Shaxsiy maʼlumot
Tavallud sanasi 22-dekabr 1985-yil (1985-12-22) (38 yosh)
Tavallud joyi Mitrovica, SFR Yugoslaviya
Boʻyi 1.80 m
Ampluasi Yarim himoyachi
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
1992—1994 TV Oberhundem
1995—1998 Borussia Dortmund
1998—2003 Sportfreunde Siegen
2003—2004 1. FC Köln
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2004—2006 1. FC Köln II 70 (5)
2006—2007 1. FC Köln 1 (0)
2007SV Wehen Wiesbaden (ijara) 8 (0)
2007—2008 SV Wehen Wiesbaden 5 (0)
2007—2008SV Wehen Wiesbaden II 19 (4)
2008—2012 SC Paderborn 131 (5)
2012—2014 1. FC Kaiserslautern 18 (1)
20131. FC Kaiserslautern II 3 (0)
2014—2016 FC St. Pauli 44 (2)
2016—2018 1. FC Nürnberg 5 (0)
Milliy terma jamoa
2004 Germaniya U19 5 (1)
2005—2006 Germaniya U20 10 (0)
2014—2017 Kosovo 10 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Enis Alushi (talaffuzi: Enis Alushi; 1985-yil 22-dekabrda tugʻilgan) — kosoviyalik nafaqadagi professional futbolchi, yarim himoyachi sifatida oʻynagan.

Klublardagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

1. Nürnberg klubi[tahrir | manbasini tahrirlash]

2016-yil 28-iyulda Alushi 2. Bundesliga ligasi vakili 1.Nürnberg klubiga qoʻshildi[1]. Uning debyuti 1. Nürnberg klubida 6-avgust kuni 2016-2017-yilgi mavsumning 2-turida boʻldi[2].

Maccabi Haifaga ijara[tahrir | manbasini tahrirlash]

2017-yilning 17-yanvar kuni Alushi Isroil Premyer-ligasi vakili Maccabi Haifa klubiga besh oylik ijara asosida qo‘shildi[3]. 2017-yilning 30-yanvarida Makkabi Tel-Avivga qarshi o‘z uyida 2:2 hisobidagi durang o‘yinda asosiy tarkibda debyut qildi[4].

Ijaradan qaytish[tahrir | manbasini tahrirlash]

2017-yil 5-avgustda ijaradan qaytgan Alushi oʻrinbosarlar jamoasidagi debyutini oʻz maydonida FC Pipinsriedga qarshi (4:0) oʻtkazdi, 74-daqiqada Issaka Mouhaman oʻrniga almashtirildi[5]. 2018-yil 19-may kuni Alushi 1.Nürnberg klubini tark etganligi tasdiqlandi[6].

Isteʼfoga chiqish[tahrir | manbasini tahrirlash]

2019-yil 17-iyun kuni uning turmush oʻrtogʻi Fatmire Alushi o‘zining Instagramdagi rasmiy akkauntidagi surati orqali Enis Alushi faoliyatini yakunlagani va futbol agenti sifatida ish boshlaganini eʼlon qildi[7][8].

Xalqaro faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kosovo[tahrir | manbasini tahrirlash]

2014-yilning 2-martida Alushi Kosovodan Gaitiga qarshi FIFA tomonidan ruxsat etilgan birinchi o‘yinga chaqiruv oldi[9] va asosiy tarkibga kiritildi.

Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Alushi Mitrovitsa shahrida, SFR Yugoslaviyaning Kosovosida tugʻilgan. 2011-yil iyun oyida hamkasbi Fatmire Bajramaj bilan ishqiy munosabatlarini boshlagan va er-xotin keyingi yil unashtirilganligini eʼlon qildi. Koʻp oʻtmay, 2012-yil sentyabr oyida 72 soat oraliq farqi bilan ikkalasi ham tizzasidan jarohat oldilar[10]. Er-xotin 2013-yilning dekabrida turmush qurishdi[11].

Faoliyat statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub, mavsum va liga boʻyicha ishtirok va gollar[12]
Klub Mavsum Liga Kubok Boshqa Jami
Liga Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar
1. FC Köln II 2003—2004 Regionalliga Nord 3 0 0 0 3 0
2004—2005 23 1 1 0 24 1
2005—2006 29 3 1 0 30 3
2006—2007 Oberliga Nordrhein 15 1 0 0 15 1
Jami 70 5 2 0 72 5
1. FC Köln 2006—2007 2. Bundesliga 1 0 0 0 1 0
SV Wehen Wiesbaden 2006—2007 (ijara) Regionalliga Süd 8 0 0 0 8 0
SV Wehen Wiesbaden 2007—2008 2. Bundesliga 5 0 0 0 - 5 0
SV Wehen Wiesbaden II 2007—2008 Oberliga Hessen 19 4 - - 19 4
SC Paderborn 2008—2009 3. Liga 32 0 0 0 2 0 34 0
2009—2010 2. Bundesliga 33 3 0 0 33 3
2010—2011 34 0 1 0 35 0
2011—2012 32 2 2 2 34 4
Jami 131 5 3 2 2 0 136 7
1. FC Kaiserslautern 2012—2013 2. Bundesliga 7 0 1 0 8 0
2013—2014 11 1 2 0 - 13 1
Jami 18 1 3 0 0 0 21 1
1. FC Kaiserslautern II 2013—2014 Regionalliga Südwest 3 0 - - 3 0
FC St. Pauli 2014—2015 2. Bundesliga 18 1 0 0 18 1
2015—2016 26 1 1 0 27 1
Jami 44 2 1 0 45 2
1. FC Nürnberg 2016—2017 2. Bundesliga 5 0 1 0 6 0
2017—2018 0 0 0 0 1 0 1 0
Jami 5 0 1 0 1 0 7 0
1. FC Nürnberg II 2017—2018 Regionalliga Bayern 1 0 - - 1 0
Maccabi Haifa (ijara) 2016—2017 Israeli Premier League 12 0 0 0 12 0
Jami faoliyati 317 17 10 2 3 0 330 19

Xalqaro[tahrir | manbasini tahrirlash]

Terma jamoa va yil boʻyicha ishtirok va gollar[13]
Milliy terma jamoa Yil Ishtirok Gollar
Kosovo 2014-yil 3 0
2015-yil 1 0
2016-yil 3 0
2017-yil 3 0
Jami 10 0

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Club verstärkt sich mit Enis Alushi“ (German). 1. FC Nürnberg (2016-yil 28-iyul).
  2. „Spielanalyse/Dynamo Dresden–1. FC Nürnberg 1:1“ (German). Kicker (2016-yil 6-avgust). „Nürnbergs neuer Coach Alois Schwartz stellte mit Alushi nur einen externen Neuzugang in seine Startelf“.
  3. „Enis Alushi verlässt den Club auf Leihbasis“ (German). 1. FC Nürnberg (2017-yil 17-yanvar). „Der Mittelfeldspieler wechselt bis zum Sommer in die israelische Liga zu Maccabi Haifa“.
  4. „מכבי חיפה מול מכבי תל אביב“ (Hebrew). Maccabi Haifa F.C. (2017-yil 30-yanvar).
  5. „Aufstellung/1. FC Nürnberg II–FC Pipinsried 4:0“ (German). Sport.de (2017-yil 5-avgust).
  6. „Alushi wird Nürnberg verlassen“ (German). Kicker (2018-yil 19-may). „Enis Alushi und der 1. FC Nürnberg gehen ab der Spielzeit 2018/19 getrennte Wege. Wohin Alushi wechselt, ist noch unklar“.
  7. „After 15 years of professional football, you are now going a new way as a player agent of a major agency, the football you remain loyal because you love him very much“. Instagram. Fatmire Alushi (2019-yil 17-iyun).
  8. „Zyrtare: Pensionohet reprezentuesi i Kosovës, Enis Alushi“ (Albanian). Telegrafi (2019-yil 17-iyun). „Lajmin rreth pensionimit të lojtarit e ka dhënë bashkëshortja e saj, e cila ka qenë lojtare e futbollit, Fatmire Bajramaj, e njohur më mirë si Lira“.
  9. „Kosova shpall listën anti-Haiti“ (Albanian). Albeu (2014-yil 2-mart).
  10. Westhoff, Alex. „Gemeinsam leiden, alleine kämpfen“ (German). Frankfurter Allgemeine Zeitung (2013-yil 17-iyun).
  11. „Bajramaj, prej dje, Fatmire Alushi“ (Albanian). Albinfo (2013-yil 11-dekabr). 2019-yil 24-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 26-sentyabr.
  12. „Enis Alushi » Club matches“. worldfootball.net. Qaraldi: 2022-yil 7-yanvar.
  13. „Enis Alushi“. eu-football.info. Qaraldi: 2017-yil 5-sentyabr.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]