English Vocabulary in Use Advanced

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
English Vocabulary in Use Advanced
Muallif(lar) Michael McCarthy
Felicity O'Dell
Til inglizcha
Janr(lar)i grammatika
Nashriyot Cambridge universiteti nashriyoti
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi 2002 (1-nashr)
2013 (2-nashr)
2017 (3-nashr)
Sahifalar soni 292 (1-nashr)
304 (2-nashr)
301 (3-nashr)
ISBN ISBN 978-0-521-65397-8 (1-nashr)
ISBN 978-1-107-63776-4 (2-nashr)
ISBN 978-1-316-63006-8 (3-nashr)

„English Vocabulary in Use Advanced“ („Amaldagi ingliz tili soʻz boyligi: Yetuk [darajadagi talablar uchun]“) — ingliz tili soʻz boyligi boʻyicha Michael McCarthy hamda Felicity O'Dell qalamiga mansub kitob. Ilk bor 2002-yil Cambridge shahrida Cambridge universiteti nashriyotida chop etilgan. 2013-yil va 2017-yillarda ayni nashriyotda asarning mos ravishda ikkinchi va uchinchi nashri bosilib chiqqan.

Qoʻllanma ingliz tilini yetuk darajada oʻzlashtirilgan va IELTS hamda TOEFL kabi standartlashtirilgan testlarga hozirlanayotganlar orasida keng qoʻllaniladi[manba kerak]. Asarning ingliz tilini boshlangʻich va yuqori-oʻrta darajada oʻzlashtirgan oʻquvchilar uchun yozilgan versiyalari ham mavjud. Oʻrtadan yuqori darajada oʻzlashtirgan til oʻrganuvchilari uchun moʻljallangan kitobni Clare Welch „Tefl“ nashri uchun yozgan taqrizida yuqori baholagan[1].

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Review: English Vocabulary in Use“ (inglizcha). Tefl (2012). Qaraldi: 10-aprel 2024-yil.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]