English Grammar in Use

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
English Grammar in Use: A Self-study Reference and Practice Book for Intermediate Learners of English
Muallif Raymond Murphy
Janr grammatika
Til ingliz
Nashriyot Cambridge universiteti nashriyoti
Nashr etilgan 1985

„English Grammar in Use“ („Ingliz tilining amaliy grammatikasi“), toʻliq nomi „English Grammar in Use: A Self-study Reference and Practice Book for Intermediate Learners of English“ („Ingliz tilining amaliy grammatikasi: Ingliz tilini oʻrta darajada oʻzlashtirgan oʻrganuvchilar uchun mustaqil oʻrganish uchun spravochnik va mashq kitobi“) — Raymond Murphy qalamiga mansub ingliz tili grammatikasi boʻyicha kitob. Ilk bor 1985-yil Cambridge shahrida Cambridge universiteti nashriyotida chop etilgan.

„English Grammar in Use“ bir necha marta qayta nashr qilingan. Kitob ingliz tilini oʻrganishda eng keng qoʻllaniladigan asarlar qatoriga kiradi. Muallif mazkur kitob muvaffaqiyati ortidan ingliz tilini boshlangʻich darajada oʻzlashtirganlar uchun „Essential Grammar in Use“ kitobini ham yozgan.

Nashrlari[tahrir]

Birinchi nashr[tahrir]

„English Grammar in Use“ kitobining ilk nashri 1985-yil chop etilgan. Birinchi nashrning oʻzi bir necha marta chop etilgan. 1986-yil kichik oʻzgartirishlar kiritilgan nusxasi chop etilgan. Mazkur nashrning toʻliq nomi „English Grammar in Use: A Self-study Reference and Practice Book for Intermediate Students“dir („Ingliz tilining amaliy grammatikasi: Tilni oʻrta darajada oʻzlashtirgan oʻquvchilar uchun mustaqil oʻrganish uchun spravochnik va mashq kitobi“).

Ikkinchi nashr[tahrir]

„English Grammar in Use“ kitobining ikkinchi nashri 1994-yil chop etilgan. Ikkinchi nashrning oʻzi bir necha marta chop etilgan. Mazkur nashrning toʻliq nomi „English Grammar in Use: A Self-study Reference and Practice Book for Intermediate Students“dir („Ingliz tilining amaliy grammatikasi: Tilni oʻrta darajada oʻzlashtirgan oʻquvchilar uchun mustaqil oʻrganish uchun spravochnik va mashq kitobi“).

Uchinchi nashr[tahrir]

„English Grammar in Use“ kitobining uchinchi nashri 2004-yil chop etilgan. Mazkur nashrning mashqlar javoblari bor, mashqlar javoblari yoʻq, CD-ROM diskli, qattiq jildli va CD-ROMli hamda CD-ROMli va CD-ROMsiz Klett versiyalari mavjud. Mazkur nashrning toʻliq nomi „English Grammar in Use: A Self-study Reference and Practice Book for Intermediate Students“dir („Ingliz tilining amaliy grammatikasi: Tilni oʻrta darajada oʻzlashtirgan oʻquvchilar uchun mustaqil oʻrganish uchun spravochnik va mashq kitobi“).

Toʻrtinchi nashr[tahrir]

„English Grammar in Use“ kitobining toʻrtinchi nashri 2012-yil chop etilgan. Mazkur nashrning mashqlar javoblari bor, mashqlar javoblari yoʻq, mashqlar javoblari hamda CD-ROMi bor, onlayn qoʻllanish kodlari toʻplamidan iborat hamda onlayn qoʻllanish kodlari toʻplami va mashqlar javoblari bor versiyalari mavjud. Mazkur nashrning toʻliq nomi „English Grammar in Use: A Self-study Reference and Practice Book for Intermediate Learners of English“dir („Ingliz tilining amaliy grammatikasi: Ingliz tilini oʻrta darajada oʻzlashtirgan oʻrganuvchilar uchun mustaqil oʻrganish uchun spravochnik va mashq kitobi“).

Shuningdek qarang[tahrir]

Havolalar[tahrir]