Elektrovoz

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Locomotive ChS4-109 2012 G1.jpg

Elektrovoz (elektro... va ruscha: воз/voz(it) — tashimo) — asosan, kontakt tarmogʻi, baʼzan oʻziga oʻrnatilgan akkumulyatorlar yoki faqat akkumulyatorlardan energiya oladigan lokomotiv. Vazifasiga koʻra, magistral (yuk, yoʻlovchi va yukyoʻlovchilarga moʻljallangan), manyovrchi, sanoat va konlarda ishlatiladigan, foydalaniladigan tok turiga koʻra, oʻzgarmas va oʻzgaruvchan tokda ishlaydigan turlarga boʻlinadi. Elektrovozga mexanik va elektr jihozlar oʻrnatiladi. Mexanik qismiga kuzov, ramalar, gʻildiraklar, tortish yuritmasi, ressoralar, tormoz qurilmalari, elektr qismiga dvigatellar va boshqalar apparatlar kiradi. Magistral yoʻlovchi Elektrovozlarning tezligi soatiga 200 km va undan yuqori, yuk Elektrovozlariniki 110—120 km, Elektrovozlar dvigatelining quvvati 6500 kVt ga yetadi. Oʻzgarmas tok Elektrovozining f.i.k. 86 — 87%. Birinchi magistral Elektrovoz 1932-yilda Rossiyada yasalgan, keyinchalik takomillashtirib borilgan. Elektrovozning tortish kuchini oshirish uchun bir-biriga ulangan bir necha Elektrovozdan foydalanish mumkin. Ular bitta (odatda, oldindagi) Elektrovozdan boshqariladi. Oʻzbekiston temir yoʻllarida ham teplovozlar bilan bir qatorda Elektrovozlar ham qatnaydi.