Teplovoz

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Teplovozichki yonuv dvigateli (dizel) oʻrnatilgan tortuvchi kuch mashinasi; lokomotiv. Issiklik dvigatelidan temir yoʻlda foydalanish yuyasi 19-asr oxirlarida oʻrtaga tashlangan. 20-asr 20-yillarigacha Teplovozning bir necha turi yaratildi. Korxona ichida yuk tashishda ishlatiladigan avtodrezina, motovozlar dastlabki Teplovozlardir. Birinchi Teplovoz Germaniyada 1912-yil sinab koʻrilgan. 1922-yil rus muhandisi A.N.Shelest Teplovozning mexanik uzatmasi konstruksiyasini yaratdi (lekin uning gʻoyasi 1950 yiil Shvetsiyada amalga oshdi). SSSR da Ya. M. Gakkel (ruscha: Яков Модестович Гаккель) konstruksiyasi boʻyicha dunyoda birinchi magistral Teplovoz 1924-yil yaratildi. Keyinchalik Teplovoz konstruksiyasi takomillashtirib borildi. 1932-yil birinchi magistral elektrovoz yasaldi.

Teplovozning asosiy qismlari: dvigatel, kuch qurilmasi, ekipaj qismi, yordamchi jihozlar. Mashina boʻlimiga oʻrnatilgan dvigatel yonilgʻi (dizel yonilgʻisi)ning issiklik energiyasini mexanik energiyaga aylantiradi va uni mexanik, gidravlik yoki elektr kuch qurilmasi orqali gʻildirak juftlariga uzatadi.

Elektr kuch qurilmali Teplovoz eng koʻp tarqaldi. Bunda asosiy dvigatelning tirsakli vali bosh elektr generator yakorini, tishli uzatma orqali esa gʻildirak juftlarini aylantiradi. Teplovozning magistral (yuk va yoʻlovchilar uchun moʻljallangan) va manyovrchi (vagonlarni saralash va poyezdlar tuzish uchun moʻljallangan) xillari bor. Magistral Teplovozlar dvigatelining quvvati 6000 kVt gacha, tezligi 160 km/soat ga yetadi, manyovr Teplovozlarining quvvati 300—1000 kVt. Dvigatelning quvvatiga qarab, 6—20 silindr 1—2 qator yoki Vsimon qilib joylashtiriladi. Porshen yulining silindr diametriga nisbati 0,9—1,4. Teplovoz dvigetalining ishi aylanish chastotasi va kuvvat rostlagichlari hamda suv, moy temperaturasi rostlagichlari yordamida avtomatlashtiriladi. Ekipaj qismi asosiy rama, gʻildirak juftlari, buksa (gupchak) va ressorali osmalar oʻrnatiladigan ikki, uch yoki toʻrt oʻqli telejkalardan iborat. Mashina qismida dvigateldan tashqari asosiy generator, kompressor, akkumulyatorlar batareyasi, filtr va boshqa joylashtiriladi. Teplovoz bir, ikki, uch va turt seksiyali (kuzovli) boʻladi. Barcha seksiyalar birinchi seksiyadagi pultdan boshqariladi. Parovoz Teplovozning oʻtmishdoshi, elektrovoz uning istiqboli. Hozir temir yoʻlda, asosan, Teplovoz va elektrovozdan foydalaniladi.