Tovar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Tovar — biron-bir naflilikka va qiymatga ega boʻlgan, ayirboshlash uchun yaratilgan mahsulotdir.


Tovar (rus.) — 1) ishlab chiqarish.

iqtisodiy faoliyatning moddiybuyum shaklidagi har qanday mahsuloti; 2) sotuvchilar va xaridorlar oʻrtasida oldisotdi, bozor munosabatlari obʼyekti. T. bozorda sotish, ayirboshlash uchun va shu orqali boshqalarning ehtiyojlarini qondirish uchun ishlab chiqariladigan mehnat mahsulotidir. T. faqat modsiy shaklga ega boʻlmay, u turli xizmatlar, maʼnaviy neʼmatlar va b. koʻrinishlarda ham boʻlishi mumkin. T. shaklini olgan mahsulot ikki yoqlama xususiyatga ega boʻlishi, yaʼni bir tomondan, u faqat sotish uchun ishlab chiqarilgan, ikkinchidan, kishilarning bironbir ehtiyojini qondira olishi kerak. Iqtisodiyotda T.ning bu ikki yoqlama xususiyati — isteʼmol qiymati, uning mehnat mahsuli ekanligi qiymat tarzida oʻrganiladi.

T.larning isteʼmol qiymati ularning boshqa tovarlar bilan almashtirish imkonini beradi. Shuning uchun tovar ishlab chiqaruvchilarni tovarning almashuv qiymati qiziqtiradi. Tovarlarni sotishdagi ularning narx koʻrsatkichi almashuv qiymatini koʻrsatadi. T.ning almashuv qiymati — biror turdagi isteʼmol qiymatning boshqa turdagi isteʼmol qiymatga ayirbosh qilinadigan mikdoriy nisbatdir. Tovarlarning almashuv qiymatiga qarashlarda turlicha taʼlimotlar mavjud boʻlib, ulardan biri "qiymatning mexnat nazariyasi" deb nom olgan. Bu nazariya asoschilari A.Smit, D. Rikardo, U.Petti va b. fikricha, tovarlarning tabiiy xususiyatlaridan birortasi — ogʻirligi, shakli, hajmi kabilar almashuv qiymatiga asos boʻla olmaydi, uning asosini tovarga sarflangan mexnat, almashishning zarur shartini esa ayirboshlanadigan tovarning har xil isteʼmol qiymatlari (xususiyatlari) tashkil etadi. Lekin har xil tovarlarning isteʼmol qiymati sifat jihatidan turlicha boʻlishi mumkin. Bu qarash tarafdorlarining fikricha, tovarlarni miqdor va sifat jihatlardan solishtirish, yaʼni barobarlashtirish asosi faqat unga sarflangan mehnat boʻlishi mumkin. T.da mujassamlashgan ijtimoiy mehnat uning qiymatini tashkil qiladi.

Avstriya iqtisodiyot maktabi namoyandalari fikricha, ayirboshlash mutanosib tovarlarning isteʼmol uchun qay darajada foydaliligi, yaʼni nafliligi (q. Naflshshk) bilan belgilanadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitlarida T.da gavdalangan mexnat va uning nafliligi T. qiymatini vujudga keltiradi.

Mutallib Yoʻldoshev.

Oldi-sotdi uchun yaratilgan maxsulot tovardir. Tovar oldi-sotdi jarayonida ishtirok etib, tovar ishlab chiqaruvchilarning ayriboshlash munosabatlarni amalga oshiradi. Tovar avvalo maxsulot, buyumdir. U uzining fizik, ximik, organik, estetik xususiyati bo’yicha xar qanday maxsulot buyumdan farq etmaydi. Tovarning bu xususiyatlari tovar ishlab chiqarruvchilar o’rtasidagi iqtisodiy munosabatlarda ifodalanadi. Aynan shu munosabatlarsiz maxsulot tovar bula olmaydi. Demak tovar oldi-sotdi ob’ekti bulib, ijtimoiy vazifani amalga oshiradi.