Eduard Danielyan

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

 

Eduard Danielyan
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Eduard Rafaelovich Danielyan
Tavallud sanasi 4-iyun 1963-yil (1963-06-04) (60 yosh)
Tavallud joyi SSSR
Ampluasi Darvozabon
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Faoliyatini yakunlagan
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1982 Amudaryo Nukus 27 (-57)
1985 Yangiyer 15
1986—1987 Yoshlik Jizzax 54
1988—1991 Arsax 61
1991 Kosonsaets 21 (-33)
1992 Saxalin 10 (-4)
1995—1999 SSKA Karabag 73 (-88)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Eduard Rafaelovich Danielyan (1963-yil 4-iyunda tugʻilgan) — sovet va arman futbolchisi, darvozabon pozitsiyasida toʻp surgan.

Futbolchilik faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Eduard oʻzbek futbol tarbiyalanuvchisi va faoliyatining asosiy qismini Oʻzbekiston SSR jamoalarida toʻp surdi. Faoliyatini 1992-yil Qoraqalpogʻistonda, Nukusning „Amudaryo“ jamoasida boshlagan. Nukus jamoasi tarkibida SSSR Ikkinchi ligasida jamoa tarkibida toʻp surdi va 27 ta oʻyinda ishtirok etdi. 1985-yilda Yangiyerning „Yangiyer“ jamoasi bilan shartnoma imzoladi. Yangiyerliklar tarkibida bir mavsum davomida toʻp surgan xolda 1986-yil qoʻshni viloyat jamoasi Jizzaxning „Yoshlik“ klubi tarkibiga oʻtdi. Jizzaxliklar tarkibida SSSR Ikkinchi ligasi oʻynadi. 1988-yil Armaniston SSRning SSSR Ikkinchi ligasida toʻp suruvchi jamoasi Arsax jamoasi tarkibiga oʻtdi. Armasniston jamoasini uch mavsum davomida himoya qildi[1]. 1991-yil Oʻzbekistonga qaytib SSSR ikkinchi B-ligasi vakili Kosonsoyning „Kosonsoy“ jamoasi tarkibiga oʻtdi. Kosonsoyliklar tarkibida SSSR musoboqalarida bir mavsum davomida 21 ta oʻyinda ishtirok etdi. 1992-yil Rossiya chempionatiga koʻchib oʻtdi va birinchi liga vakili „Saxalin“ jamoasi bilan shartnoma imzoladi. Saxalin jamoasi safida 10 ta uchrashuvda ishtirok etdi[2]. 1995-yil Armanistonning SSKA Karabag jamoasi safiga qoʻshildi va faoliyatini soʻngigacha shu jamoa tarkibida qoldi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Даниелян Эдуард, Danielyan Eduard - футболист, вратарь“. 2023-yil 21-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 21-iyun.
  2. „Даниелян Эдуард Рафаелович“. 2023-yil 21-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 21-iyun.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]