Edmond Kapllani

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Edmond Kapllani
Kapllani Karlsruhe bilan, 2007
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Edmond Kapllani
Tavallud sanasi 31-iyul 1982-yil (1982-07-31) (41 yosh)
Tavallud joyi Durrës, Albania
Boʻyi 1.84 m
Ampluasi Hujumchi
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
1990-1998 Teuta Durrës
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1998-1999 Teuta Durrës 0 (0)
1999-2001 Partizani Tirana 15 (1)
2001-2002 Orijent 7 (3)
2002-2003 Partizani Tirana 18 (5)
2003-2004 Besa Kavajë 35 (12)
2004-2009 Karlsruher SC 118 (26)
2009-2012 FC Augsburg 8 (1)
2010TuS Koblenz (ijara) 17 (5)
2010-2011SC Paderborn (ijara) 23 (8)
2012-2016 FSV Frankfurt 101 (36)
Milliy terma jamoa
2000-2001 Albaniya U18 2 (0)
2004-2014 Albaniya 41 (6)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2021-yil 21-avgust uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (2014-yil 8-iyun uchun)

Edmond Kapllani (1982-yil 31-iyulda tugʻilgan) — albaniyalik sobiq futbolchi.

Klublardagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Albaniyaning Durres shahrida tugʻilgan Kapllani faoliyatini Albaniya Superligasida KF Teuta Durrës, KF Partizani Tirana va KS Besa Kavajë jamoalarida boshlagan. Shuningdek, Xorvatiyada NK Orijent jamoasida bir yil oʻynab Albaniyaga qaytib kelgan.

Karlsruher SC[tahrir | manbasini tahrirlash]

2004-yil 1-iyulda Kapllani oʻsha paytdagi 2. Bundesliga vakili Karlsruher SC ga qoʻshildi. Kapllani Germaniya chempionatining oʻyin uslubiga moslashishi uchun vaqt kerak boʻldi va debyut mavsumida bor-yoʻgʻi 15 oʻyinda maydonga tushib, 1 gol urdi. 2005—2006-yilgi mavsumda Kapllani oʻsha mavsumda 25 liga oʻyinida maydonga tushib, 6 ta gol urdi.

FK Augsburg[tahrir | manbasini tahrirlash]

2009-yil 27-mayda Kapllani Karlsruedan Augsburgga tekinga oʻtdi, 2011-yilgacha shartnoma imzoladi[1].

TuS Koblenz[tahrir | manbasini tahrirlash]

2010-yilning 7-yanvarida Kapllani „TuS Koblenz“da mavsum oxirigacha ijarada oʻynadi[2][3]. Hammasi boʻlib Kapllani 17 ta oʻyinda 5 ta gol urdi va mavsumning ikkinchi yarmida klubning eng yaxshi toʻpurari boʻldi.

SC Paderborn[tahrir | manbasini tahrirlash]

Augsburgga qaytganidan soʻng, Kapllani DFB-Pokalning birinchi davrasida gol urdi. 2010-yilning 31-avgustida mavsum oxirigacha ijara asosida SC Paderborn 07 jamoasida oʻynadi[4]. 2010—2011-yilgi mavsumda klubning eng yaxshi toʻpurari boʻlgan[5].

FSV Frankfurt[tahrir | manbasini tahrirlash]

2012-yilning 1-iyulida, shartnomasi tugaganidan so‘ng, „Augsburg“ klubini tark etdi va Frankfurt FSV bilan 2014-yilning 30-iyuniga qadar ikki yillik shartnoma imzoladi[6].

Elversberg[tahrir | manbasini tahrirlash]

2016-yilning 12-iyulida Kapllani „Regionalliga“ning „SV Elversberg“ klubiga tekinga o‘tdi[7].

Xalqaro faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kapllani Albaniya terma jamoasi safida 2004-yil mart oyida Tiranada Islandiyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushgan va jami 41 ta o‘yin o‘tkazib, 6 ta gol urgan. Soʻnggi terma jamoadagi ishtiroki 2014-yil iyun oyida San-Marinoga qarshi oʻrtoqlik oʻyinda boʻlgan[8]. Kapllani Yevro-2008 saralashida mamlakatning eng yaxshi toʻpurari boʻlgan, oʻz mamlakati tarkibida Lyuksemburgga qarshi ikkita oʻyinda uchta gol urgan. Belarussiya va Ruminiyaga qarshi oʻyinlarda bittadan gol qayd etgan.

Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kapllani isteʼfodagi darvozaboni Xhevair Kapllanining ukasi[9]. Oilali, ikki farzandi bor. Vivien ismli qizi 2009-yilda va Noel ismli oʻgʻli 2012-yilda tugʻilgan[10][11].

Faoliyat statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub Mavsum Liga Kubok Qitʼa Jami
Diviziya Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar
Teuta Durrës 1998—1999 Albaniya Superligasi 0 0 0 0
Jami 0 0 0 0
Partizani Tirana 1999—2000 Albaniya Superligasi 15 1 0 0 15 1
2000—2001 Albaniya birinchi divizioni 0 0 0 0 0 0
Jami 15 1 0 0 15 1
HNK Orijent 1919 2001—2002 2.HNL 7 3 0 0 7 3
Jami 7 3 0 0 7 3
Partizani Tirana 2002—2003 Albaniya Superligasi 18 5 0 0 1 0 19 5
Jami 18 5 0 0 1 0 19 5
Besa Kavajë 2003—2004 Albaniya Superligasi 35 12 0 0 35 12
Jami 35 12 0 0 35 12
Karlsruher SC 2004—2005 2. Bundesliga 15 1 2 0 17 1
2005—2006 25 6 2 1 27 7
2006—2007 30 17 1 1 31 18
2007—2008 Bundesliga 28 2 2 0 30 2
2008—2009 20 0 1 1 21 1
Jami 118 26 8 3 126 29
FC Augsburg 2009—2010 2. Bundesliga 2 0 1 0 3 0
2010—2011 0 0 1 1 1 1
2011—2012 Bundesliga 6 1 2 0 8 1
Jami 8 1 4 1 12 2
TuS Koblenz 2009—2010 2. Bundesliga 17 5 0 0 17 5
Jami 17 5 0 0 17 5
SC Paderborn 07 2010—2011 2. Bundesliga 23 8 0 0 23 8
Jami 23 8 0 0 23 8
FSV Frankfurt 2012—2013 2. Bundesliga 26 11 1 0 27 11
2013—2014 30 11 2 1 32 12
2014—2015 26 11 2 2 28 13
2015—2016 19 3 2 1 21 4
Jami 101 36 7 4 108 40
SV Elversberg 2016—2017 Regionalliga 30 15 0 0 30 15
2017—2018 4 0 0 0 4 0
Jami 34 15 0 0 34 15
SV Spielberg 2018—2019 Oberliga Baden-Württemberg 26 10 0 0 26 10
2019—2020 12 6 0 0 12 6
Jami 38 16 0 0 38 16
Jami 414 128 19 8 1 0 434 136

Xalqaro[tahrir | manbasini tahrirlash]

15-may, 2016-yil holatiga koʻra[12]
Albaniya terma jamoasi
Yil Ishtirok Gollar
2004 3 0
2005 5 0
2006 3 0
2007 9 5
2008 3 1
2009 3 0
2010 5 0
2011 5 0
2012 0 0
2013 1 0
2014 4 0
Jami 41 6

Xalqaro gollari[tahrir | manbasini tahrirlash]

T/r Sana Joy Kep Raqib Hisob Natija Musobaqa
1 2007-yil 2-iyun Qemal Stafa stadioni, Tirana, Albaniya 15 Lyuksemburg bayrogʻiLyuksenburg 1-0 2-0 UEFA Yevro-2008 saralashi
2 2007-yil 6-iyun Stade Josy Barthel, Route d’Arlon, Lyuksemburg 16 Lyuksemburg bayrogʻiLyuksenburg 2-0 3-0 UEFA Yevro-2008 saralashi
3 3-0
4 2007-yil 17-noyabr Qemal Stafa stadioni, Tirana, Albaniya 19  Belarus 2-1 2-4 UEFA Yevro-2008 saralashi
5 2007-yil 21-noyabr Stadionul National, Buxarest, Ruminiya 20  Ruminiya 1-3 1-6 UEFA Yevro-2008 saralashi
6 2008-yil 20-oktyabr Qemal Stafa stadioni, Tirana, Albaniya 22  Lixtenshteyn 2-0 2-0 Oʻrtoqlik uchrashuvi

Yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub[tahrir | manbasini tahrirlash]

Partizani Tirana

Individual[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „FCA verpflichtet Edmond Kapllani“ (de). FC Augsburg (Official website). 2019-yil 9-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 27-may.
  2. „Kapllani nach Koblenz“ (de). fcaugsburg.de (2010-yil 7-yanvar). 2016-yil 22-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 7-yanvar.
  3. „Koblenz leiht Edmond Kapllani aus“ (de). handelsblatt.de (2010-yil 7-yanvar). Qaraldi: 2011-yil 8-avgust. [sayt ishlamaydi]
  4. „Kapllani geht nach Paderborn“ (de). fcaugsburg.de (2010-yil 31-avgust). 2016-yil 17-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 31-avgust.
  5. „Kapllani erleidet Kreuzbandriss“ (de). kicker.de (2011-yil 7-fevral). Qaraldi: 2011-yil 8-avgust.
  6. „Edmond Kapllani, te FSV Frankfurt në Bundesliga 2“ (sq). Gazeta Tema (2012-yil 24-may). Qaraldi: 2012-yil 24-may.
  7. „STÜRMER EDMOND KAPLLANI SCHLIESST SICH DER SVE AN“ (de). SV07 Elversberg (2016-yil 12-iyul). Qaraldi: 2016-yil 13-iyul.
  8. „Player Database“. eu-football.info. Qaraldi: 2019-yil 5-may.
  9. „Vëllezërit e kombëtares, nga Ballgjinët te Bashat“ (sq). Telegraf.al (2013-yil 30-may). Qaraldi: 2016-yil 13-iyul.
  10. „Vaterstolz soll Kapllani zum ersten Saisontreffer führen“ (de). Ka-news.de (2009-yil 3-aprel). Qaraldi: 2016-yil 13-iyul.
  11. „Aufatmen beim FSV: Kapllani ist Vater geworden“ (de). FNP.de (2012-yil 7-noyabr). 2016-yil 11-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 13-iyul.
  12. „Edmond Kapllani - national football team player“. EU-Football.info (2016-yil 30-mart). Qaraldi: 2016-yil 30-mart.
  13. „UEFA EURO 2008 - History - Albania“. UEFA.com (2016-yil 15-may). Qaraldi: 2016-yil 15-may.