Doniyor Aʼzamov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Doniyor A'zamov
Tavalludi 1981-yil 7-noyabr (41-yosh)
Toshkent, O'zbekiston SSR
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Kasbi Prodyuser, kino kom

Doniyor Aʼzamov (1981-yil 7-noyabr, Toshkent, Oʻzbekiston SSR) – oʻzbek kinokompozitori va prodyuseri.

Hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Aʼzamov Doniyor 1981-yil 7-noyabrda Toshkent shahrida tugʻilgan. Doniyor Aʼzamov 2001-yilda oʻrta maktabni tugatib Oʻzbekiston konservatoriyasiga ovoz rejessiyorligi boʻyicha oʻqishga kirgan va 2008-yilda u yerni tugatib Uspenskiy nomidagi musiqa kollejida oʻqituvchilik faoliyatini boshlagan[1]. 2005-yildan buyon Oʻzbekiston konservatoriyasida ishlab kelmoqda va hozirda yosh isteʼdod egalariga ovoz rejessiyorligi sohasidan saboq bermoqda[2].

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bastakorlik faoliyati

Aʼzamov ijodiy faoliyatini 2000-yillarda boshlagan. Shu kungacha 300 dan ortiq filmlarga musiqa yozgan, ijodiy faoliyatining boshida bastakor, keyinroq esa kino prodyuseri sifatida ishlagan. 2002-yilda Muhabbat sinovlari filmida bastakor sifatida ishlagan. Bastakor ushbu film uchun yozgan saundtrek va musiqa filmni tubdan oʻzgacha koʻrinish yaratgan. Aʼzamov 2004-yilda Sevgi sinovlari 2 filmida ham oʻz mahoratini koʻrsatganligi tufayli filmning musiqasi va saundtreki oʻsha yilning eng yaxshi musiqasi va saundtreki deb topilgan[3].

Aʼzamov 2016-yilgi Baron filmi uchun ham saundtrek ishlagan[4]. U har bir bosh qahramon uchun musiqa bastalagan va bosh qahramonlarning shaxsiyatiga qarab musiqa yozgan. Bu Aʼzamov ijodidagi eng murakkab saundtreklar va musiqalardan biri boʻlgan[5]. 2020-yilda rejissyor Jahongir Ahmedov tomonidan suratga olingan Ilhaq filmi musiqasi ustida ham ishlagan. Ilhaq Ikkinchi jahon urushi haqidagi film boʻlgani uchun u oʻsha davrdagi vaziyatni oʻz filmlarida aks ettira olgan. Ilhaq bir qancha festivallarda yuqori mukofotlarga sazovor boʻlgan. Jumladan, Belorussiyadagi Listopad[6] va Turkiyadagi Korkut ATA kinofestivallari gʻolibi boʻlgan. Oʻzbekistonda Oltin humo mukofotini topshirish marosimida Ilhaq filmi yilning eng yaxshi filmi deb topilgan[7].

Prodyurserlik faoliyati

Aʼzamov bastakorlik faoliyatidan tashqari kino loyihalarda prodyuser sifatida ham ishtirok etgan. Aʼzamov 50 dan ortiq filmlarda prodyuser sifatida qatnashgan. Shulardan Tilim qursin 2 va boshqa bir qancha festivallarda gʻolib boʻlgan Faridaning ikki ming qo‘shig‘i filmida prodyuser va bastakor ham boʻlgan. Shuningdek, u Markaziy Osiyodan Oskarga[12] nomzod boʻlgan kam sonli shaxslardan biri hisoblanadi[8][9].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Дониёр Агзамов — «Сўзсиз севги»maydey.uz“.
  2. „Machinebuluteka.com“.
  3. „Muhabbat Sinovlari 2 (2004)“.
  4. „«Baron» — o‘zbek superagenti haqida film“.
  5. „«Барон» "Сотқин"нинг муваффақиятини такрорлармикин?qalampir.uz“.
  6. „Победителем фестиваля «Лістапад» стал фильм « узбекского режиссера Джахонгира Ахмедова“.
  7. „„Oltin Humo“ milliy kinomukofotini tantanali topshirish marosimi“.
  8. „«Faridaning ikki ming qo‘shig‘i» yana "Oskar"ga nomzod bo‘ldiQalampir.uz“.
  9. „"Faridaning ikki ming qo‘shig‘i" filmi Los-Anjelesda «Oltin qoplon» mukofotiga sazovor bo‘ldi gazeta.uz“. [sayt ishlamaydi]