Domagoj Antolić

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Domagoj Antolić
Shaxsiy maʼlumot
Tavallud sanasi 30-iyun 1990-yil (1990-06-30) (33 yosh)
Tavallud joyi Zagreb, SR Xorvatiya, Yugoslaviya
Boʻyi 1.80 m (5 ft 11 in)
Ampluasi Yarimhimoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Damac
Raqami 17
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
Ponikve
Dinamo Zagreb
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2007—2010 Dinamo Zagreb 16 (0)
2008—2009Lokomotiva (Ijara) 28 (7)
2010—2013 Lokomotiva 60 (12)
2013—2018 Dinamo Zagreb 101 (6)
2018—2021 Legia Warsaw 71 (4)
2021- Damac 17 (3)
Milliy terma jamoa
2005 Xorvatiya U15 1 (0)
2005—2006 Xorvatiya U16 11 (0)
2008 Xorvatiya U18 4 (1)
2008 Xorvatiya U19 11 (2)
2008 Xorvatiya U20 1 (0)
2011—2013 Xorvatiya U21 5 (0)
2014—2017 Xorvatiya 6 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2020-yil 10-mart uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (2016-yil 28-dekabr uchun)

Domagoj Antolić (talaffuzi: Domagoy Antolich(1990-yil 30-iyunda tugʻilgan) — xorvatiyalik futbolchi, "Damak" jamoasida yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.

Klubdagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Antolich 2008-yilning bahorida GNK Dinamo Zagreb asosiy jamoasiga koʻtarilb professional faoliyatini boshlagan. U 2008-yilning 8-martida oʻtkazilgan oʻyinning soʻnggi daqiqasida zaxiradan maydonga tushgan holda klub tarkibida debyut qilgan. Antolich oʻsha mavsumda yana toʻrtta oʻyinda maydonga tushgan[1].

Keyingi yili u oʻsha paytda ikkinchi divizionda boʻlgan „Dinamo“ning „Lokomotiv“ jamoasiga mavsumiy ijara asosida oʻtgan. Antolich „Lokomotiva“da muvaffaqiyatli mavsum oʻtkazgan, mavsum davomida jamoaning asosoiy oʻyinchisiga aylangan, „Lokomotiva“ tarkibida oʻsha mavsumda oltita gol urgan.

Antolich olti oylik ijara shartnomasi asosida „Lokomotiv“ga qaytgan va 2010-yilning yanvarida „Dinamo“ jamosiga qaytgunga qadar „Lokomotiva“ tarkibida 11 oʻyinda maydonga tushgan. „Dinamo“da u 09/10-yilgi mavsum oxirigacha 10 ta o‘yin o‘tkazib, jamoasining chempion bo‘lishiga yordam bergan.

Antolich „Dinamo“ va „Lokomotiva“ oʻrtasidagi munosabatlar yaxshi boʻlgani uchun 2010-yilning yozida „Lokomotiva“ tomonidan xarid qilingan. Antolich mavsum boshidayoq ogʻir jarohat olgan va shu sababli oʻsha mavsumda atigi oltita oʻyinda maydonga tushgan. Keyingi mavsumda Antolich sogʻayib maydonga qaytgan va oʻzining eng yaxshi mavsumlaridan birini oʻtkazgan. xususan 25 oʻyinda maydonga tushgan va toʻrtta gol urgan. Undan keyingi mavsum, yaʼni 12/13-yilgi mavsum bundan ham yaxshiroq oʻtgan. Antolich 29 ta o‘yinda maydonga tushib, 7 ta gol urgan va markaziy yarim himoyadan yana 5 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Aynan shu mavsumdan soʻng „Dinamo“ uni ortga qaytarishga qaror qilgan, ikki tomon oʻrtasidagi yaxshi munosabatlar tufayli Antolich Dinamoliklar safiga qaytgan.

„Dinamo“dagi birinchi mavsumida Antolich yarim himoyaning turli pozitsiyalarida 39 ta oʻyin oʻtkazgan.

Xalqaro faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

2014-yil 12-noyabrda u Xorvatiya terma jamoasi safida rasmiy debyut o‘yinini o‘tkazgan, Argentinaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida 90-daqiqada maydonga tushgan, 21-raqamli libosda harakat qilgan. U jami 6ta o‘yin o‘tkazib, birorta ham gol urmagan. Unin terma jamoadagi yakuniy oʻyini 2017-yil yanvar oyida Xitoy kubogi doirasida Xitoyga qarshi oʻyin boʻlgan[2].

Faoliyat statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub Mavsum Liga Kubok Yevropa Boshqa Jami
Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
Dinamo Zagreb 2007—08 5 0 2 0 - - 7 0
Lokomotiva (Ijara) 2008—09 17 6 - - - 17 6
2009—10 11 1 - - - 11 1
Dinamo Zagreb 2009—10 10 0 1 0 - - 11 0
2010—11 1 0 - - - 1 0
Lokomotiva 2010—11 6 1 2 1 - - 8 2
2011—12 25 4 - - - 25 4
2012—13 29 7 6 2 - - 35 9
Dinamo Zagreb 2013—14 26 2 7 2 6 0 1 0 40 4
2014—15 13 0 1 0 12 2 1 0 27 2
2015—16 24 0 4 0 9 0 - 37 0
2016—17 23 4 1 0 8 0 - 32 4
2017—18 15 0 2 0 2 0 - 19 0
Jami 205 25 26 5 37 2 2 0 270 32

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]