Karbonatlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish

Karbonatlar (lot. carbonis -koʻmir) — karbonat kislota (N2SO3) tuzlari. Normal, yaʼni SO, anionli oʻrta (mas, K2SO3), NSO3 anionli nordon (gidrokarbonatlar, mas, KNSO,) va asos (mas, Si2(ON)2SO3 — malaxit) K.ga boʻlinadi. Ishqoriy metallar, ammoniy va talliyning normal K.i suvda yaxshi eriydi. Ularning suvdagi eritmasi ishqoriy reaksiyali. Bariy, kalsiy, stronsiy va qoʻrgʻoshin (2 valentli) K.i suvda juda oz eriydi. Nordon K. suvda yaxshi eriydi. K. qizdirilganda parchalanadi (mas, Sa— SO3 = SaO + SO2). Gidrokarbonatlar qizdirilganda parchalanib normal K.ga aylanadi (mas, 2NaHCO3= Na2CO3 + + N2O + SO2). Kuchli kislotalar taʼsirida K. SO2 ni chiqaradi. K. tabiatda kalsit, dolomit, ohaktosh, malaxit, magnezit va b. tabiiy minerallar holida keng tarqalgan.

Baʼzi K. (mas, rux, temir, marganets, qoʻrgoshin, mis karbonatlari) kimmatbaho metall rudalaridir. Ohaktosh, magnezit, viterit qurilishda, olovbardosh materiallar i.ch.da, kimyo sanoatida va b.da xom ashyo sifatida qoʻllaniladi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil